O‘zbek matnshunosligida badiiy-tarixiy nasr Ogahiydan boy ijodiy meros qoldi


Download 27.32 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi27.32 Kb.
#1225830
Bog'liq
Reja - копия


Reja:

  1. O‘zbek matnshunosligida badiiy-tarixiy nasr

  2. Ogahiydan boy ijodiy meros qoldi

  3. Ogaxiyning tarixiy asarlari daliliy manbalarning boyligi

O‘zbek matnshunosligida badiiy-tarixiy nasr namunalarining eng saralari shubhasiz Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan yaratildi. Ularning tarixiy ahamiyatidan kam bo‘lmagan badiiy qiymatiga baho berish keyingi yillarda ortib borayapti. Ulardagi badiiy ta‘sirning ta‘sirchanligi ular matniga she‘riy asar yoki parchalarning mahorat va o‘rinli kiritilishi bilan ham belgilanadi. Ularni o‘rganish asar ta‘sirchanligini aniqlash bilan birga kiritilgan she‘riy asarlar matn tarixiga doir muhim ma‘lumotlar berdi. Shuning uchun ham Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” asarini nashrga tayyorlab unga so‘zboshi sifatida kattagina tadqiqot yozgan professor Nurboy Jabborov shunday yozadi “Muhim tarixiy ma‘lumotlar berilgan bo‘lishiga qaramay, uslubi, janr xususiyatlari, ifoda tarzi va boshqa belgilariga ko‘ra “Zubdat ut-tavorix”ni ham Ogahiy badiiy-tarixiy nasrining boshqa namunalarini tarixiy-ilmiy asarlar sifatida baholab bo‘lmaydi. Bu asararni adabiy manba sifatida o‘rganish esa adabiyotahunoslik hamda uning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan manbashunoslik va matnshunoslik uchun muhim ilmiy nazariy xulosalar berishi aniq”¹ Ulug‘ mutafakkirning adabiy tarixiy asarlarini tarixiy manba sifatida tadqiq etgan rus olimi akademik V.V.Bartold bunday yozgan edi “Munis va Ogahiy tomonidan yaratilgan adabiy-tarixiy asarlar qanchalik kamchilikga ega bo‘lmasinlar, tarixiy voqealarni bayon etish va ularda keltirilgan faktik materiallarning ko‘pligi Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli – Ogahiy XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirik siymolaridan biri boʻlib, Navoiydan keyin eng “koʻp va xoʻb” sheʼr aytgan shoirlardandir. jihatidan bizgacha yetib kelgan Qo‘qon va Buxoro xonliklari tarixi bo‘yicha yozilgan hamma asarlarni o‘zidan ancha orqada qoldiradi²”. Shu paytga qadar asosan tarixiy asarlar sifatida baholanib kelgan Ogahiy badiiytarixiy nasrini maxsus o‘rgangan akademik Vohid Abdullayev bu asarlarni “tarixiy badiiy proza”³ deb atasa, manbashunos olimlarimiz G‘ulom Karimov va Subutoy Dolimov ularning “badiiy-tarixiy asar tarzida qimmatli” ⁴ ekanligiga urg‘u beradilar. Professor Najmiddin Komilov va Ogahiyning tarjima asarlari tahlili misolida milliy adabiyotimiz tarixida yaratilgan “qissa hikoyalar (povest)⁵larga e‘tibor qaratadi. Binobarin Ogahiyning tarixiy mavzudagi barcha nasriy asarlari, jumladan “Zubdat uttavorix” asari ham birinchi navbatda badiiy, undan keyingina tarixiy asar hisoblanadi.
Ogahiy 1809 yil 17 dekabrda Xiva atrofidagi Qiyot qishlogʻida (Hozirgi Ogahiy nomli jamoa xoʻjaligi) dunyoga kelgan.
Otasi Erniyozbek vafot etgach, yosh qolgan Ogahiyni togʻasi munis oʻz tarbiyasiga oldi. Munis atrofiga toʻplangan ijodkorlar boʻlgʻusi shoir Ogahiy ijodiga katta taʼsir qildi. Ogahiy dastlabki bilimni Munis Xorazmiydan oldi, keyichalik Xiva madrasalarida tahsil koʻrdi. 1829 yil Munis vafot qilgandan keyin Ollohqulixon uning oʻrniga Ogahiyni bosh miroblik vazifasiga tayinlaydi. Shoir xizmat yuzasidan Xorazm vohasining koʻp joylarida boʻlib, dehqonlarni, hunarmandlarni ayanchli hayotini oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Bu Ogahiy ijodiga taʼsir etmay qolmadi.
Ogahiydan boy ijodiy meros qoldi. U madrasada oʻqib yurgan paytlaridayoq “Bayozi mutafarriqai forsiy” nomli bayoz tuzdi. Bu bayozga Jomiy, Navoiy, Hofiz, Sheroziy, Bedil, Fuzuliy gʻazallarini kiritish bilan bir qatorda ularga ergashib yozgan oʻzining oʻn besh gʻazali va ikki muxammasini qoʻshdi. Ogahiy ustozi Munis boshlab qoʻygan, ammo, tamomlay olmagan tarixiy “Firdavs ul-iqbol” asarini yozib tugatdi. Bundan tashqari Xiva xonligi tarixiga oid “Riyoz ud-davla”, “Jome ul-voqeoti Sultoniy”, “Zubdat ut-tavorix”, “Gulshani davlat”, “Shohidi iqbol” nomli tarixiy asarlar yozdi. Ogahiy jahon madaniyatini nodir durdonalari hisoblangan Saʼdiy Sheroziyning “Guliston”, Nizomiyning “Haft paykar”, Hiloliyning “Shoh va gado”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, Jomiyning “Yusuf va Zulayho” kabi badiiy, tarixiy, axloqiy, falsafiy, didaktik asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi.
Ogahiy 1872 yilda parokanda boʻlgan badiiy merosini jamlab “Taʼviz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) nomli devon tuzib qoldirdi. Madaniyatimizning durdonasi boʻlgan bu devon oʻzbek mumtoz sheʼriyatining 22 janrini oʻz ichiga qamrab olgan.
Ogahiy ijodida XIX asr Xiva xonligidagi ijtimoiy hayot oʻz ifodasini topgan. Bu davrga kelib, Turkiston Rusiya tomonidan bosib olingandi, xalq ikki yoqdan zulm ostida qolgandi. Ogahiy bundan qattiq qaygʻurardi, xalq hur, ozod yashashini orzu qilardi.
Ogahiy dunyoga, insonga tuganmas muhabbat, hayotga cheksiz mehr bilan qaraydi, ijtimoiy jarayonlarga qattiq qiziqadi. Shoir insonni hayot goʻzalliklarini, muhabbat shavq zavqini toʻlib toshib tarannum etadi. Mutafakkir oʻz asarlariga ijtimoiy fikrlarni mahorat bilan singdirib yuboradi. Misol uchun mashhur “Feruz” ashulasidagi quyidagi satrlarni eslaylik:
Ey shoh, karam aylar chogʻi teng tut yomonu yaxshini,
Kim, mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina.
Xoki taning barbod oʻlur, oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurib bod ustina.
Ogahiyning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan gʻoyalari xon va shoir Feruzning siyosiy-maʼrifiy tarbiyasiga taʼsirqiladi. U tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bagʻishlab qasidalar yozgan. Shoirning “Qasidai nasihat” degan qasidasi bunga yaqqol misol boʻladi. Asar Feruzga bagʻishlangan. Ogahiy oʻz nasihatlarida saltanatni boshqarishning yoʻlyoʻriqlarini koʻrsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yoʻllarini belgilab beradi. Bu qasida masnaviy janrida yozilgan boʻlib, shoirning siyosiy-maʼrifiy qarashlarini yorqin ifoda qiladi. Shoir fikricha, har qanday davlat boshligʻi hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega boʻlishi lozim. Podshohi himmatli, shijoatli, adolatli, gʻayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli kambagʻalparvar boʻlishi zarur. Hukmdor shu fazilatlarga ega boʻlsa hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon boʻladi, degan fikrni ilgari suradi.
Ogahiy davlatni boshqarishning yoʻllarini ham koʻrsatib oʻtgan. Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmogʻi darkor. Aysh ishratdan, fitna va gʻiybatdan, gʻaflatdan, yalqovlikdan, zulmrazolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq boʻlishi kerak. Xiva xoni Feruz Ogaxiyning davlatni boshqarish toʻgʻrisidagi maslahatlariga quloq tutgan, uning hikmatali baytlarini marmar toshlarga yozdirib arzxonalariga qoʻydirgan, koʻp ezgu ishlarni amalga oshirgan.
Bu davrda Xorazm xalqi mahalliy boylar va rus bosqinchilari zulmi ostida qolgandi. Lekin shunga qaramay xonlikda madaniy-maʼrifiy ishlar rivoj topdi. Bunda Ogahiyning maʼrifiy hissasi katta boʻldi. Ogahiyning Feruzga bergan siyosiy saboqlari bugun ham oʻz qiymatini yoʻqotgan emas.
Mutafakkir shoir jamiyatning insonparvarlik imkoniyatlarini oshirishning barcha yoʻllaridan foydalanishga harakat qildi, hukmdorlarni adolatga, rahmshafqatga daʼvat etdi. Ogahiy Sayid muhammadxon iltimosiga binoan 1857 yilda qasida yozdi.
Bas, endi raiyatga qil imdod,
Topay desang ikki jahonda murod.
Ilohe, bu qasr ichra qilyun makon,
Bu manzilni fahm etmagil jovidon.
Vafosiz durur dahr iqboli bil,
Baqosiz durur mulk ila moli bil.
Koʻngil qoʻymagil mulk bunyodigʻa,
Yet, albatga, mazlumlar dodigʻa!
Qasida koʻhna Arkda xonning arzxonasidagi marmar ustunga oʻyib yozildi. Shoir oʻz qasidasida insonparvarlik gʻoyalarini olgʻa surdi, adolatparvar, maʼrifatparvar davlat rahbarlarini orzu qildi va xonni shunga daʼvat etdi.
Ogahiy Xiva xonligining 1813 yildan 1873 yilgacha boʻlgan tarixini izchillik bilan boy manbalar asosida yozib qoddirgan. Ogahiyning tarixiy asarlariga akademik V. V. Bartold yuqori baho bergan: “Munis va Ogahiy tomonidan yaratilgan adabiy va tarixiy asarlar… voqealarni bayon etish va ularda keltirilgan daliliy manbalarning koʻpligi jihatidan bizgacha yetib kelgan Qoʻqon va Buxoro xonliklari tarixi boʻyicha boʻlgan hamma asarlarni oʻzidan ancha orqada qoldiradi”.
Ogaxiyning tarixiy asarlari daliliy manbalarning boyligi va ishonchli boʻlishi bilan ajralib turadi. Ogaxiyning tarixiy asarlari qoʻshni qardosh xalqlarning tarixini oʻrganishda birinchi manba hisoblanadi. Uning tarjima asarlari Xorazm ijodkorlarini arab, fors-tojik adabiyotining noyob durdonalari bilan tanishtirdi, xalqning maʼnaviy saviyasini bir pogʻona balandga qoʻtardi, oʻzbek adabiyoti xazinasini yangi asarlar bilan boyitdi, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va madaniy aloqalarni mustahkamladi.
“Zubdat ut-tavorix” — Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning badiiy tarixiy nasrining “Firdavs ul-iqbol” va “Riyoz ud-davla”dan keyingi uchinchi kitobi hisoblanadi. Asarda Xiva xonlaridan bo‘lgan Rahimqulixon davri (1843-1846) voqealari betakror badiiy shaklda tasvirlangan. Ogahiyning ushbu memuar qissasi asosan sa‘jli nasrda bitilgan bo‘lsa ham unda qasida, masnaviy, g‘azal, ruboiy, qit‘a, ta‘rix va fard singari mumtoz she‘riy janrlar namunalari ham ko‘plab uchraydi. Bu janrlar asar tilining badiiyati va tasvirning jozibadorligini oshirishga xizmat qilgan. Muhim tarixiy ma‘lumotlar berilishiga qaramay uslubi, janr xususiyatlari, ifoda tarzi va boshqa belgilariga ko‘ra “Zubdat ut-tavorix”ni ham Ogahiy badiy tarixiy nasrining boshqa namunalarini ham tarixiy ilmiy asarlar sifatida baholab bo‘lmaydi. Bu asarlarni adabiy manba sifatida o‘rganish esa adabiyotshunoslik hamda uning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan manbashunoslik va matnshunoslik uchun muhim ilmiy-nazariy xulosalar berishi aniq. Ogahiy badiiy tarixiy asarlari haqida amerikalik olim E.Ollvorsning “O‘zbek adabiy siyosati” asarida tahliliy fikrlar berilgan bo‘lsa⁶, oradan ko‘p yillar o‘tib yana bir amerikalik olim Yuriy Breygel shoir, tarixchi va tarjimon Shermuhammad Munis va Muhammad Rizo Ogahiy qalamiga mansub “Firdavs ul-iqbol” asarining dastlab ilmiy-tanqidiy matnini, keyin esa asarni ingliz tiliga tarjima qilib ikki jild holida nashr ettirdi. Ogahiy badiiy tarixiy nasri yuzasidan rossiyalik mutaxasislar V.V.Bartold, shuningdek o‘zbek olimlarining G‘ulomov.Y, Munirov.Q , Yo‘ldoshev.M kabi olimlarning tadqiqotlari e‘lon qilingan. Shuningdek asr haqidagi turli maqolalar chop qilinib kelinmoqda. Zubdat ut-tavorix ikki qismdan iborat bo‘lib, asarning birinchi qismida Rahimqulixonning tug‘ilishi, ilm o‘rganish va harbiy mahorat egallash yo‘lidagi sa‘y harakatlari, shuningdek bo‘lg‘usi xonning Hazorasp hokimi sifatida olib borganfaoliyati sa‘jli nasrda (nasri mujassada) go‘zal badiiy shaklda mufassal bayon qilinadi. Asarning ikkinchi qismi Rahimqulixonning saltanat taxtiga o‘tirgan kunidan to vafotiga qadar sodir bo‘lgan voqealar tasviriga bag‘ishlangan. Asar ta‘kidlanganidek sa‘jli nasrda ijod etilgan. Unda Xiva hukmdori Rahimqulixon ezgu fazilatlar sohibi sifatida ulug‘lanadi. Uning ko‘plab ilmlarni egallagani, fuqaro va raoyaga shavqat va marhamat, karam va sahovat ko‘rsatishda tengsiz ekani vasf etiladi. Xiva xonlarining ma‘rifatli bo‘lganini adabiyot va san‘at, ilm-u hunar rivojiga alohida e‘tibor berganini e‘tirof etgan holda, ta‘kidlash kerakki, bu singari tavsiflar tarixiy haqiqatga to‘liq mutanosib bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq shu narsa aniqki, bu tavsiflar zamirida Muhammad Rizo Ogahiyning odil shoh haqidagi orzu ideallari oxorli poetik tashbehlar bilan ifodalangan. Ogahiy fikriga ko‘ra hukmdor uch fazilatli egasi bo‘lishi shart: oliy nasab, ilm-u ma‘rifat va harbiy mahorat. Ogahiy xonning nasabi haqida bunday yozadi: Kelib zoti sariroyi ijlol, Sharof topib boshidin toji iqbol. Musallamdur anga mulki maoniy, Bo‘lub davlati eshigi posbon... Nasabda uyla oliydir unga zot, Ki aylab fahr andin oli qo‘ngrot Anga chun umboy xalqi topdi nisbat, Topib anvo‘i qo‘ngrot ichra rif‘at. Hukmdor uchun ilm-u ma‘rifatga ega bo‘lish zarur bo‘lgan amallardandir. Ogahiyning quyidagi so‘zlarida shunga ishora qilingan. “Chun ul hazrat tufuliyat ayyomi shabistonidin xuruj qilib, shabob hangomi gulistoniga uruj etdi, ilm-u kamol iztikobi va fazlu afzol iqtibosig‘a sa‘yi tamom bilan ishtig‘ol ko‘rguzub, oz muddatda ulumi shar‘iya vaqtida ilayx va masoili diniya muhofazatida ma‘tamadun alayx bo‘ldi... Xususan, tavorix va qasoid va masnaviyat va g‘azaliyot va jame‘ she‘r ulumining qavoidig‘a mahorati tamom hosil qilib, daqiqfahmlik va nazokatshunoslig‘ va latifgo‘ylik fununida ul miqdor avji e‘tiborg‘a chiqtikim, jahonfozillari va zamon komillari o‘z ajzigor qoyil bo‘lub, ul xazrat suhbatida ho‘yolig‘ tilin xomushlig‘ tamoqig‘a tiqdilar”. Hukmdorning harbiy mahoratni egallashi hayotiy zarurat ekani asarda shoironaa bayon etiladi. Jumladan shoir bu boradagi orzusini Rustam doston, shoh Bahrom singari adabiy obrazlar vositasida quyidagicha ifodalaydi:
Ko‘rguzsa masof aro shijoat,
Rustamni suv etgusi hijolat.
Gar olsa qilich, bo‘lub g‘azabnok,
Bahromg‘a zuhra bo‘lg‘usi chok.
Ogahiy Xiva xoni Rahimqulixonni “Shahanshohu forsunda xislat, humoyun e‘tiqod-u pok niyat” hukmdor sifatida madh etadi. Buni “Hamisha komi mulk obod qilmak” – xonning hayotiy amali ekani bilan izohlaydi. Bunda ham Ogahiyning odil hukmdor haqidagi orzu umidlari ifodalangan. Asarda Rahimqulixonning mazlumlarga yordam bergani haqida ham bir qancha fvaktlar keltirilgan.
Mashhurligiga ko‘ra, uch toifa shoirlar bor. Birinchisi hayot davrida mashhur bo‘lib, keyin unutilgan. Ikkinchisi hayotligida nomi chiqmasa-da, vafotidan so‘ng dovrug‘ qozongan. Uchinchisi foniy hayotidayoq boqiy nom qozongan. Muhammadrizo Ogahiy (1809 – 1874) so‘nggi toifaga mansub shoirdir. Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, Turkiy til tarjimonlik maktabining Zahiriddin Muhammad Bobur lafzi bilan aytganda “eng ko‘b va eng xo‘b” ijodkori va peshqadami edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 may kuni “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi chog‘ida adabiyot tarixida munosib o‘rin tutgan ijodkorlar asarlarini o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarning ongiga singdirish vazifalari bo‘yicha Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasiga “Ogahiy hayoti va ijodi – yoshlar tarbiyasi uchun namuna” yo‘nalishi berildi. Mumtoz shoir, sermahsul tarjimon, xassos muarrix, davlat arbobi – mirob, Xiva shahri Ichan-qal’a devoriy naqshin binolarining so‘z bunyodkori – bosh epigrafi Muhammadrizo Ogahiy
“Bu yil mohi mazbur, ya’ni zu-l-qa’daning o‘nunda shanba kuni Erniyoz bekg‘akim, faqirning inisidur, hazrat vohibilatoyo bir farzandi arjumand va valadi saodat payvand ato qildi. Va ul nuri hadiqai jalol va navvari hadiqai kamol Muhammadrizobekka mavsum bo‘ldi. “Anbatuhulloh nabotan hasanan”. Bu jumlada biz Shermuhammad Munisning “Firdavs ul-iqbol” asarida Muhammadrizo Ogahiy haqidagi ilk ma’lumotni, ya’ni 1224 yil 10-zu-l-qa’da/1809 yil 17 dekabrda Munisning inisi Erniyozbekning o‘g‘li Muhammad Rizobek – Ogahiy tug‘ilgani haqida ma’lumot olamiz. Va Qur’oni karim, 3-sura Al-Imronning “Ollohi taolo uni ko‘rkam o‘stirdi” 37-oyatidagi ishorani ko‘ramiz.
Bilamizki, sharq mumtoz she’riyatida har bir shoir devon tartib beradi. Devonning kirish qismida, ya’ni debochada shoir o‘z hayoti va ijodi haqida ma’lumot berib,Ogahiy ham birlamchi manbalarni devoni “Ta’viz ul-oshiqin”(Oshiqlar tumori) da keltiradi.Sayyid Muxammadxon hukmronligi davrida, uning shogirdi, taxt vorisi Muhammad Rahim II – Feruz (1864-1910) farmoniga ko‘ra tuzilgan. Devon 1288 / 1872-1873 oldin tuzilgan bo‘lib, 810 ta forsiy va turkiy she’r – 18000 misradan tarkib topgan. Hozirda devonning 10 ta qo‘lyozmasi va 2 ta toshbosma nashrlari mavjud. Bugungi ko‘rsatuvimiz, bobomiz Ogahiy o‘z hayot, faoliyat va ijodlarini o‘zlari devonda tavsif qilgan yo‘ldan boramiz:
Ogahiy o‘zbek elining qiyot urug‘idan bo‘lib, uning hayotida Shermuhammad Munis katta rol o‘ynagan. Birinchi navbatda, shoir devonida yoshlik chog‘idan ilmga chanqoqligini, shoiru olimlar davrasida bo‘lishga intilganini yozgan. U maktabni tugatgandan so‘ng, madrasanishinlik, zamonaviy til bilan aytganda Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirib, ilm olishni davom ettirganini yozadi.Ogahiy odatdagi 7-8, 10-11 yoki 12-13 baytlik g‘azallar yozish tartibini buzib, mazmun talabi bilan 20 baytlik va 23 baytlik g‘azallar yozdi. Rahnamosi, maslakdoshi, shogirdining – davr hukmdorlari bo‘lgani, ularga so‘z qadrini bildira olgani, turkiy nazmni davlat siyosati darajasiga ko‘targani sohibiqalamning katta yutug‘idir. Ogahiyning pusht-u kamari bo‘lmasa-da, bir necha yuz yillardirki, ijodlarining sadoqatli izdoshlari bor. “Ogahiy Feruz shohning ijodga rag‘batlantirganini, natijada “ko‘ngliga quvvat va tab’iga jur’at” bilan ko‘pdan-ko‘p she’rlar yozganini so‘zlaydi, bu ham Navoiy debochalari mazmun-ruhini eslatadi. Ogahiy debochasidan quyidagi parcha ham Navoiyga “etishgan hukm”ning bir ko‘rinishi darajasida:
“… dilnavozlik yuzidin xitob qilib dedikim: – Barcha musavvadalardagi va bayozlardagi va o‘zga yerlardagi parishon bo‘lgan she’rlaringni jam’ etib, devon suvratida tartib bergil va anga debocha ham yozib so‘ngra aytilgan ash’oringni dag‘i hamul devonda o‘z mahalida raqam silkiga gavhar yanglig‘ tergil!” Qo‘ng‘irotlar sulolasining Alisher Navoiyga ergashish adabiy prosopografiyasining boshida Shermuhammad Munis (1778 – 1829) turgan edi. Shoir Navoiyni ma’nan ustoz va piri deb biladi. Aynan Munis ijodi Ogahiyni Navoiy ijodiga bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajargan. Chunki Munis Muhammadrizo Ogahiyning ustozigina emas, rahnamosi ham bo‘lgan. Ogahiy Navoiy singari otadan erta yetim qolgan. Hazrat Alisher tarbiyasiga tog‘alari – yetuk shoirlar Mirsaid Kobuliy va Muhammadali G‘aribiylarning ta’siri kuchli bo‘lganidek, Munis ham Muhammadrizoning tog‘asi sifatida uning hayoti va ijodida yetakchi shaxs edi. U “dastparvardai Munis” ekanligini, tog‘asining devoniga o‘xshatib debocha yozganidan bilsa bo‘ladi. Muhammadrahimxon I Munisga, Husayn Boyqaro (1469-1506) Alisher Navoiyga homiylik qilganidek, Muhammadrahimxon II Ogahiyga rahnamolik qilgan. Shuning natijasida Munis saroy mushoiralariga jiyani, amakizodasi Muhammadrizo Ogahiyni jalb qila olgan. Ogahiy iqtidori va fenomenal mehnatkashligi bilan MuhammadrahimxonII davriga kelib, sadrnishin martabasida erishadi: “Mirobliq mansab-i oliysig‘a mansub va sadrnishinlik martaba-yi mutolisig‘a mansubdurman”.
Adabiyotshunoslar ikki shoirning lirikasi bilan yaqindan tanishgach, Alisher Navoiy ijodidan so‘ng barakali ijod qilgan sa’natkor sifatida haqli ravishda Muhammadrizo Ogahiyni qo‘yadilar O‘rta asrlarda tarixiy Xuroson, Movarounnahr va Xorazm hududlarda hukmronlik qilgan sulolalar so‘z sehrini va undagi kamol zavqini davlat siyosatiga ko‘targanlar. Alisher Navoiy chig‘atoy turkiy adabiyotining bunyodkori edi. Uning devonlari debochasini ko‘rganimizda, rus matnshunos olimi D.S. Lixachevning “yagona adabiyot binosi yaratuvchilari” degan teoriyasini eslaymiz. Arab adabiyotining nazariyotchisi Ibn Roshiq (XII asr) “qadimgi va yangi davr shoirlari ikki inson kabidir, birinchisi adabiyot binokori, uni mustahkam va yaxshi quradi. Ikkinchisi binoga naqsh va bezaklar beradi. O‘rta asr shoiri adabiyotga yaxlit bino sifatida qaragan. Ogahiy lirikasi yangi davrning “qayta quruvchisi” edi, uning so‘zlaridan foydalanib, Muhammadrahimxon II Feruz (1864 – 1910) Xorazm adabiy muhitini yaratgan.
Navoiyning purhikmat so‘zlari Xuroson va Movarounnahr, jumladan, Qo‘qon xonligi hudularida joylashgan me’moriy yodgorliklarida hali-hanuz aks-sado bermoqda. Ichan-Qa’la majmuasidagi eng ko‘p epigrafik yozuvlar Ogahiy qalamiga mansub. Shoirning so‘zlari vositasida Feruz, devorlarda ham insonlarni ilmga targ‘ib qilgan. Vengriya olim A.Vamberi shunday deb yozgandi: Istalgan ma’rifatli millatga nisbatan O‘rta Osiyolik ko‘chmanchining musiqa va xalq turkiy she’riyatiga berilishi nisbatan kuchlidir. Qo‘qon, Buxoro va Qashqarga nisbatan Xiva xonligida bunday ehtiros yanada yuksakroqdir.

  1. Sermahsul va serqirra tarjimon

Ogahiy Xiva xonligi Qo‘ng‘irotlar sulolasining fors tilidan turkiy tilga tarjima qiluvchi tarjimonlar maktabining peshqadami edi. Uning tarjimonlik faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u ijodining ilk yillarida fors tilidan tarixiy asarlarni tarjima qilishdan boshlagan va mahorati oshib borgan sayin badiiy asarlarni nazmdan nazmga o‘girgan. Bugungi kunga kelib, Ogahiyning hayoti va ijodining salmoqli qismi yaxshi o‘rganilgan. Ammo adibning tarjima asarlarini zamonaviy talablar asosida tadqiq qilishga ehtiyoj sezilmoqda. Muhammadrizo Ogahiyning tarjimon ekani haqidagi ilk ma’lumot vengriyalik olim Arminiy Vamberi (1832-1913) tadqiqotida keltirilgan. Arminiy Vamberi Xorazmda she’riyatga bo‘lgan katta qiziqish to‘g‘risida gapira turib, shunday yozadi: “Xivada men ikki aka‑uka bilan tanishdim. Biri Munis bo‘lib, u ajoyib she’rlar yozgan; men ularning ayrimlarini keyinchalik nashr qildirmoqchiman. Ikkinchisi Mirob. U ulkan sabr bilan Mirxondning katta tarixiy asarini o‘g‘li uchun, garchi o‘g‘lining o‘zi ham fors tilidan xabardor bo‘lsa‑da, o‘zbek‑turkiy lahjasiga o‘girmoqda. Bu ish 20 yil davom etgan, lekin u buni biron kimsa oldida e’tirof etishdan uyalardi, zero diniy ilmlardan boshqasi bilan shug‘ullanish yuzakichilik hisoblanadi”. Ushbu iqtibosda keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo‘ladiki, Ogahiy Mirxondning “Ravzat al-safo” asarini ko‘p yillar davomida tarjima qilgan va boshqa tarjimonlarga ham bosh-qosh bo‘lgan. Ogahiy fors tilidan o‘n sakkizta va usmoniy turkchasidan bitta asar tarjima qilgan[1]. Xivashunos olim Yu. Bregel tarjima asarlarning yillar ketma-ketligini aniqlashga qiynalgan edi[2]. Ammo, ogahiyshunos olim N. Toshev bu xronologiyani shoir o‘z devonida ketma-ketlikda berganligini aniqlagan Ogahiy davlat arbobi miroblik kasbida rasman faoliyat yuritganiga qaramay, Qo‘ng‘irot xonlari uni o‘tkir qalam sohibi, tarjimon, shoir va muarrix sifatida qadrlashgan. Adibning salmoqli ijodini tarjimonlik faoliyati tashkil qilganiga qaramasdan, uning ushbu qirrasi hali to‘laligicha yoritilmagan. Bu esa o‘z navbatida, O‘rta Osiyo turkiy tiliga “eng ko‘b va eng xo‘b” tarjima qilgan mutarjimning faoliyati chuqur tadqiqotlarga tortilishi lozimligini ko‘rsatadi. Fors va arab tilidagi asarlari tarjimalariga berilgan buyurtmalar mavzusini davom ettirib, ba’zi qo‘shimchalar qilib o‘tishni o‘rinli deb bildik. Hamma gap shundaki, ayrim tarjimalar hukmdorlar ko‘rsatmasi asosida emas, ba’zi amaldorlar tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilgan. Mazkur holat elita o‘rtasida kamida tarixni, xususan, islom mamlakatlari tarixini bilishga ehtiyoj mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Tarjima qilish tendensiyasi yoki modasi (tabiiyki, o‘quvchilar ehtiyojiga asoslangan) deyarli barcha hukmdorlar saroylarida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Misol uchun tarjimalar xon saroyi ayonlari (adabiy) majlislarida o‘qilgan. Tarixiy va boshqa turdagi manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘ng‘irotlar sulolasi namoyondalari muttasil diniy va adabiy majlislar uyushtirib turganlar. Ularda zamondosh yoki o‘tmishda yashab o‘tgan, yo boshqa xalqlarga tegishli mualliflarning, masalan, tarixiy asarlari o‘qilgan va muhokama qilingan. Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra Qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligi davrida 120 asar tarjima qilingan bo‘lib, buning natijasida Xorazm bir qator manbalarni turkiy tilga tarjima qilish bo‘yicha yetakchilik qilgan. O‘tgan tarixni bunday “turkiylashtirish”” madaniy jihatdan olib qaraganda, muhim ahamiyatga ega. Ayni madaniy hodisa yangi sulola davrida mafkuraning shakllanishi jarayon murakkabliklarini ettirib, uni sulolalarning barchaga ma’lum tarixi bilan bog‘lashga urinish hamda uni xonlikdagi kitobxonlarga yaqinlashtirish istagidan kelib chiqqan. Ogahiyning tarjimonlik mahoratiga Najmiddin Komilov ta’rif bergandek, asliyatdagi mukammallik va ravshanlikni, tarjimada sodda, aniq va tushunarli bera olgan. Bayt bar bayt tarjima jarayonida ham, muallifning tilini turkiylashtirgan. Uning tarjima maktabi Xorazm tarjimonlariga ma’shala edi. 15 ta asarining 38 ta qo‘lyozmasi mavjud bo‘lib, ulardan 7 tasi yagona nusxada saqlanadi.

XULOSA
Xulosa sifatida shuni ta‘kidlash joizki Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” asari birinchidan, Ogahiy ushbu asarni sof tarixiy asar sifatida talqin etishdan saqlangan hamda ularni adabiyotga daxldor ekanligini e‘tirof etganligi ushbu asarning adabiy tarixiy asar sifatida mukammal va g‘azallardagi so‘zlar jozibador qo‘llanilib asarning ham tarixiy, ham badiiy qimmatini oshirib boshqa asarlardan tamomila farq etadi. Ikkinchidan, Ogahiy asarlarida “tarixiy voqealarni bayon etish va ularda keltirilgan faktik materiallarning ko‘pligi” masalasiga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek bu asarlarda tarixiy voqealar tasvirlanganini hamda faktik materiallar ko‘p bo‘lsa ham ularni bayon etish usuli adabiy ekanini alohida ta‘kidlash kerak. Uchinchidan, mazkur asar ya‘ni Ogahiy qalamiga mansub uchinchi tarixiy asari bo‘lmish “Zubdat ut-tavorix” Xiva xonlarining ilm-ma‘rifat ahliga bo‘lgan munosabatlarini o‘rganish yuzasidan ham qimmatli manba hisoblanadi.



Foydalanilgan adabiyotlar
1. Jabbarov.N. O‘zbek badiiy tarixiy nasrining sara namunnasi/Ogahiy Muhammad Rizo, “Zubdat ut-tavorix”. —T.: O‘zbekiston 2013._B.4.
2. Бартольд В.В. История культурной жизны Туркестана.Л, 1927.стр, 113
3. Abdullayev.V O‘zbek adabiyoti tarixi —T.: O‘qituvchi 1967, 380b
4. Karimov.G‘, Dolimov.S. Ogahiy — tarixchi / Ogahiy. Asarlar, VI jildlik, Vjild. — T.: 1978, 80-bet
5. Komilov.N Ogahiyning mahorati// Atoqli shoir, tarixnavis, tarjimon(Ogahiy haqida maqolalar) —T.: Abdulla Qodiriy nomidagixalq merosi nashriyoti, 1999, 80- bet.
6. Edward Allworth. Uzbek literary polities. London-Paris, 1964.
7. D.Y.Yusupova va R.P.Jalilova tuzgan “Собрание восточных рукописей Академии наук Республики Узбекистан. История” ( Ташкент, Изд-во “ФАН” Акалеми наук Республики Узбекистан, 1998, стр.199)
Download 27.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling