X =F(x1.x2.x3……xn)
x1.x2.x3……xn - bevosita o‘lchash bilan olingan kattaliklar qiymati.
Masalan: R – rezistorning qarshiligi ushbu
tenglamadan topiladi.
Rx=Ux/ I x
O’lchashlar asosan 2 ga bo’linadi:
Absolyut o’lchash
Nisbiy o’lchash
Bitta yoki bir nеcha asosiy kattaliklarni fizik konstantalar qiymatlaridan foydalanib yoki foydalanmasdan bеvosita o’lchash absolyut o’lchash dеb ataladi.
Biror kattalikning shu ismli birlik rolini o’ynayotgan kattalikka nisbatini o’lchash yoki kattalikni shu ismli birlik kattalik dеb qabul qilingan kattalik bo’yicha o’lchash nisbiy o’lchash dеb ataladi.
123. Qanday o’lchash vositasi etalon deb yuritiladi?
Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi etalonga solishtiriladi. Etalon birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat etalonlari, etalon guvoh, solishtirma etalon, ishchi etalon, etalon nusxalarga boʻlinadi.
O‘lchash ob’ekti bu yerda o‘lchanishi lozim bo‘lgan kattalikni ifodalaydi. Qiymat oldindan mavjud bo‘lgan massa, uzunlik, vaqt va shu kabi etalonlar bilan taqqoslanib natijani xosil qiladi. Turli qiymatlarni (o‘lchov birliklarini) ifodalash uchun etalonlar ishlab chiqilgan bo‘lib, Parij yaqinidagi Sevr shahrida ”O‘lchov va Tarozilar” xalqaro byurosida saqlanadi.
O‘lchov birliklarining etalonlari quyidagi sinflarga bo‘linadi:
- Xalqaro etalonlar
- Birlamchi etalonlar
- Ikkilamchi etalonlar
- Ishchi etalonlar
Xalqaro etalonlar - xalqaro o‘zaro kelishuvni ifodalaydi.Ular doimiy ravishda rivojlanib boradi va absolyut fizik o‘lchov birliklari orqali tekshirilib turiladi. Ushbu xalqaro etalonlar o‘lchash va kalibrlash kabi oddiy metrologik tadbirlarni bajarilishda ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |