17-Maruza. Impuls generatorlari va shakllantirgichlari Taymerlar va tanlab olish saqlash (uvx) qurilmalari
Sakrash va cho’qqi ko’rinishidagi signallar
Download 83.15 Kb.
|
17-Maruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy sathlar.
- Signal manbalari.
- (Sinusoidal) signallar generatorlari.
Sakrash va cho’qqi ko’rinishidagi signallar. Sakrash va cho’qqi ko’rinishidagi signallar ko’proq eslanadi, ammo ulardan keng foydalanilmaydi. Ularni yordamiga sxemalar ishini bayon qilganda e’tibor beriladi. Agar ularni chizib olmoqchi bo’lsak, ular rasm 1.26 ko’rinishida bo’ladi. Sakrash to’g’ri burchakli signalni qismidan iborat bo’ladi, cho’qqi esa bu ikkita sakrash, ular juda kichik interval bilan ketma – ket keladi.
Rasm 1.26. Mantiqiy sathlar. Impulslar va to’g’ri burchakli signallardan raqamli elektronikada keng foydalaniladi. Raqamli sxemalarda har qanday nuqtani har qanday vaqt moment kuchlanishni oldindan ma’lum sathlari bilan aniqlanadi. Bu sathlar oddiygina “yuqori” va “pastki” deyiladi. Ular “yolg’on” (0) va “chin” (1) qiymatlarga mos keladi, bull algebrasi mantiqi bo’yicha, ular shu o’zgaruvchi qiymatlarga ega bo’ladigan qiymatlar bilan ish yuritadi. Raqamli elektronikada kuchlanishlarni aniq qiymatlari ro’l o’ynamaydi. Masala shundan iboratki, faqat kuchlanish sathlarini saqlashdan iborat. Shunga bog’liq ravishda har bir raqamli mantiqiiy element oilasi uchun kuchlanish sathini pastki va yuqorigi ruhsat etish qiymatlari aniqlangan. Masalan “74HC” mantiqiy raqamli elementlar oilasi +5V kuchlanishdan ishlaydi, shu vaqtda chiqish sathlari 0V (pastki sath) va 5V (yuqori sath) tashkil qiladi, ishlash ostonasi esa kirishda 2,5V gat eng. Chiqish kuchlanishini real qiymati “yerga” nisbatan 1V ni tashkil qilishi mumkin yoki +5 V ni. Ammo bunda yolg’on ishlab ketish hisobga olinmaydi. Mantiqiy sathlar haqida so’z 8 – 9 boblarda boradi. Signal manbalari. Ko’pincha sxemani o’ziga signal manbai ajralmas qism bo’lib kiradi. Ammo sinov ishlash rejimi uchun alohida mustaqil signal manbai qulay. Bunday manbaa sifatida asboblarni uchta turi ishtirok etishi mumkin: sinusoidal signallar generator, impuls generatorlari va funksiya generatorlari (mahsus shakldagi signallar). (Sinusoidal) signallar generatorlari. Signal generatorlari deb sinusoidal tebranishlar generatorlariga aytiladi, ular odatda keng chastota diopazonini ta’minlaydi (qoidaga ko’ra 50kGs dan 50MGs) va ular amplitudani “yuqa” sozlanishi uchun mo’ljallangan (bu maqsad uchun rezistorli bo’lgich sxemasidan foydalaniladi va u attenyuator). Ba’zi generatorlarda chiqish signalini modulyatsiyalash imkoniyati ko’zda tutilgan (13 bobga qarang). Signal generatorni turlaridan biri svip – generator hisoblanadi (chayqaluvchi chastota generator), u davriy ravishda chiqish chastotasini ba’zi chastota diopazonida yoyilishini amalga oshiriladi. Asbobni bu sifati sxemalarni sinashda juda foydali, ularni xossasi ma’lum ko’rinishda chastotaga bog’liq bo’ladi (masalan, rezonans sxemalar yoki filtrlar). Bizni pullarda bu va boshqa ko’plab asboblar shunday ishlab chiqarilmoqdaki, ular chastotani berish (dasturlash), amplitudalash va boshqa parametrlarni hisoblash mashinalari yoki boshqa raqamli qurilmalar yordamida bera oladi. Generatorlarni yana bir turlaridan bo’lib, chastota sintezatori hisoblanadi – bu qurilma sinusoidal tebranishlarni hosil qilayotgan chastotalarni aniq o’rnatish imkonini beradi. Chastota raqamli yo’l bilan beriladi, ko’pincha verguldan keyin 8 va undan ko’p belgigacha, ular kvarts generator etoloni yordamida raqamli usul bilan aniq sintezlanadi. Ular haqida so’z keyinroq (9.27 – 9.31 bo’limlarda) boradi. Agar sizni oldingizda absalyut ishonchli signalni olish vazifasi qo’yilsa, chastotani aniq qiymatini sintezatorsiz olib bo’lmaydi. Download 83.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling