17-Maruza. Issiqlik uzatish; issiqlik oʹtkazuvchanlik. Issiqlik uzatish; konvektsiya. Issiqlik uzatish; nurlanish. Reja
Download 1.13 Mb.
|
3e313b9badf12632cdae5452d20e1af6
Stefan-Bol tsman qonuni
bu yerda Rr-nurlanish quvvati, A- sirt yuzasi, –universal doimiy Stefan konstantasi deb ataliB. Uning qiymati (11) ga teng, ye-o’lchamsiz son bo’lib, kattaligi 0 va 1 oralig’ida yotadi. U nurlanuvchi qobiliyat deb atalib, moddaning o’zining xossalarini xarakterlaydi. Agar elektromagnit nurlanish noshaffof ob`ektga tushsa, nurlanishning bir qismi qaytadi va bir qismi yutiladi. Yorug’ ob`ektlar ko’zga ko’proq ko’rinadigan nurlarni qaytaradi, qora ob`ektlar esa uning katta qismini yutadi. Ob`ekt tomonidan yutiladigan nurlanish miqdori (12) bilan berilib, bu yerda T0-nurlanish manbai temperaturasi bo’lib, ye-absorbtsiyalanuvchi ob`ektning nurlatuvchi sirti xisoblanadi. Aytaylik T temaperaturali ob`ekt T0 temperaturali ob`ekt bilan o’ralgan bo’lsin. Agar ob`ekt nurlanish energiyasini yutishdan ko’ra ko’proq chiqarayotgan bo’lsa va bunda ob`ekt sovisa, ob`ektni o’rab turgan atrf muhit yutgan nurlanish evaziga issiqroq bo’lib qoladi. Agar ob`ekt nurlanish energiyasini chiqarishdan ko’ra ko’proq yutsa, u xolda ob`ekt qiziydi va uning atrofi esa soviydi. T0 temperaturali muhitda T temperaturali ob`ektning nurlagan natijaviy issiqlik oqimi (13) ga teng bo’ladi. Ob`ekt atrof muhit bilan issiqlik muvozanatida T=T0 bo’lsa, uning chiqarayotgan va yutayotgan issiqlik miqdorlari bir xil bo’ladi. O’ziga tushayotgan nurlanishning hammasini yutuvchi bo’lib, nurlanish koeffitsienti 1 ga teng bo’lsa, bunday jism absolyut qora jism deb atalib, ideal radiator xisoblanadi. Bunday ideal absolyut qora jism (AQJ) chiqarayotgan nurlanish xarakteristikasi nazariy xisoblab topilishi mumkinligidan AQJ tushunchasi muhim ahamiyatga egadir. Qora duxoba kabi materiallar ideal qora jism bo’la oladi. Ideal qora jismga eng yaxshi misol bo’shliqqa olib kiruvchi kichik tirqish bo’la oladi. Masalan, shkaf eshigidagi kalit teshigi (6- rasm).
Tirqishga tushayotgan nurlanishning tirqishdan qaytishi ehtimolligi ancha kam. Bo’shliq oldidagi devor uni yutadi. Shunday qilib, tirqishdan chiqadigan nurlanish bo’shliq devorlari temperaturasiga bog’liqdir. 600 0 C dan kichik temperaturalarda ob`ekt chiqarayotgan nurlanishni oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi. Xona temperaturasida ob`ektlarning nurlanishi ko’zga ko’rinuvchi yorug’likka nisbatan ancha kattaroq to’lqin uzunliklariga bog’liqdir. Ixtiyoriy issiq ob`ekt kabi yorug’lik nurlagan energiya miqdori oshadi, nurlanish yuqori chastotaga ko’tariladi (yoki kichik to’lqin uzunligiga). 600 0C va 700 0C oralig’ida xira qizil ob`ektlar uchun ko’rish spektrida yetarlicha miqdorda energiya nurlanadi. Yuqoriroq temperaturalarda u ochiq qizil rangda yoki xatto “toblangan oq” bo’lib qolishi ham mumkin. 7- rasmda uchta turli temperaturalar uchun qora jismning to’lqin uzunligiga bog’liq bo’lgan nurlanish energiyasi ko’rsatilgan.
Maksimal energiyaga to’g’ri keluvchi to’lqin uzunlik temperaturaga teskari proportsional o’zgaradi, Vin siljishi nomi bilan taniqli natija esa (14) Vinning siljish qonuni ko’rinishga ega. Bu qonundan yulduzlar nurlanishini analiz qilib, uning sirti temperaturasini aniqlashda foydalaniladi. Undan yana, ob`ekt sirtining turli sohalari temperaturaning o’zgarishi xaritasini tuzishda ham qo’llaniladi. Bunday xaritalar termograflar deb ataladi. Termograflardan teri temperaturasining bir muncha oshishi bilan sirkulyatsiyaning oshishi natijasi sifatida yuzaga kelgan rak kletkalarini topishda foydalaniladi. 7- rasma ko’rsatilgan spektral taqsimot egri chizig’i fizika tarixida muhim rol o’ynadi. Bu qora jism spektral taqsimotini yaratilishida qo’llanilgan (klassik termoldinamikani birgalikda qo’llab) nazariy xisoblashlarning bir-biri bilan mos kelmasligi va spektral taqsimotlarni eksperimental o’lchashlar 1900 yilda Maks Plankning energiyaning kvantlanishi haqidagi birinchi g’oyasining yuzaga kelishiga olib keldi.
Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling