17-ma’ruza mavzu: arifmetik masalalar yechishga o’rgatish metodikasi. Reja
Download 89 Kb.
|
17-MA\'RUZA
Sodda masalalar turlari. Sodda masalalarning asosiy turlarini quyidagicha taqsimlash boshlang’ich maktabda qo’llanish uchun qulay:
1. Arifmetik masalalar mazmunini ochishga doir masalalar: yig’indini, qoldiqni topishga doir masalalar, bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga doir masalalar, bo’lishga doir masalalar. 2. Amalning noma`lum komponentlarini (qo’shiluvchi, kamayuvchi, ayriluvchi, ko’paytuvchi, bo’linuvchi, bo’luvchi) topishga doir masalalar. 3. Bir necha birlik (yoki bir necha marta) “ortiq” (yoki “kam”) munosabati bilan bog’liq masalalar; sonni bir necha birlik (yoki bir necha marta) orttirish (yoki kamaytirish)ga doir bevosita (yoki bilvosita) ifodalangan masalalar; sonlarni ayirmali (yoki karrali) taqqoslashga doir masalalar. 4. Kattaliklarning proporsional bog’lanishlariga doir masalalar. Hamma turdagi sodda masalalar o’quvchi uchun quyidagi maqsadlarda kerak bo’ladi: 1) Matematik masalaning strukturasi (tarkibi) bilan tanishish, ya`ni uning sharti, berilganlari, savoli, izlanayotgan miqdori, masalaning yechimi, savoli, javobi, amal bilan, shuningdek “ortiq, kam, qancha bo’lsa, shuncha, teng, orasida va h. k.” atamalari bilan (bular matematik munosabatlarni ifodalaydi) tanishish; 2) Bolalarda masala savoliga javob berish uchun bajarish kerak bo’ladigan amallarni tanlashga ongli munosabatda bo’lishni tarbiyalash (masalalar amallar mazmunini ochishga yordam beradi); 3) Shartga kirgan kattaliklar orasidagi elementlar funksional munosabatlarni birinchi marta ko’rish, amallar komponentlari orasidagi bog’lanishlarni tushunish; 4) Har xil matematik mashqlarni hayot bilan bog’lash, bu bolalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi, ko’nikmalarini egallash jarayonini jonlantiradi; 5) Sodda masala matnini o’zgartirish ustida ishlash o’quvchiga ko’proq sodda matematik tushunchalarni egallashga yordam beradi. Masalan, ushbu “Shahlo 5ta qalam sotib oldi. Qalam 2000 so’m turadi. Shahlo qancha pul to’lagan?” Masalaning turini, masalan, “Qalamning bahosi 2000 so’m. 5 ta qalam qancha turishini biling” kabi ancha sodda tushunchalarni kiritish bilan o’zgartirish mumkin; 6) O’quvchini har xil murakkab masalarni yechishga tayyorlash; 7) Bola ongiga matematika asoslarini joylash, uning bilim doirasini kengaytirish, tafakkurini rivojlantirish va tartibga solish, iroda va talabchanlikni tarbiyalash. Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling