17-Ma’ruza Mavzu: Ommaviy ochiq onlayn kurslar


Download 30.77 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi30.77 Kb.
#1589886
1   2   3   4
Bog'liq
17-ma\'ruza

Integrasiya. An'anaviy ta'limda shunga o'xshash innovasiyani legalizasiyalash tez sur'atlar bilan amalga oshmoqda. 2013 yil fevralda The American Council on Education va Coursera platformalar shuni ma'lum
qildiki, Coursera platformaning beshta kurslari universitetda o'qitishga aynan o'xshash bo'ladi, demak, alternativa sifatida hisobga olishi mumkin. Bunday kurslarni o'qishni istaydigan AQSh talabalari Coursera platformasiga to'lov to'lashi kerak. Natijada ular AQShdagi 2000ga yaqin kollej ap universitetlar tan oladigan tasdiqlovchi hujjat (transkript) olishadi (misol uchun, ular ish beruvchilar o'z xodimlari uchun tashkil etadigan bir qator kurslarni tan olishgan). Bundan keyin 33ta universitetlarga - Coursera platformasining sheriklariga 29ta universitetlar, bunda ko'p qismi AQSh chegarasidan tashqarisida, qo'shilgan.
ACE ta'minoti Udacity platformani qidiradi, bugungi kunda hali turli ta'lim muassasalari ushbu tavsiyaga rioya qilishga tayorligi noaniq hisoblanadi. Xodimlari Coursera platformasi uchun kursni ishlab chiqadigan universitetlar «real» kurslarga alternativa sifatida ularni hisobga olish uchun xali tayyor emas.
Boshqa universitetlar bir qator topshiriqlarni talablar tomonidan bajarilganda oliy o'quv yurtlar talabalari hisoblanishidan qat'i nazar tinglangan kurslarni talabalarga kam haq uchun to'lovni amalga oshirishga tayyorligini hisobga oladi. Xususan, Kaliforniya shtatning Universitetining (klaster prinsipi bo'yicha o'rnatilgan universitet tizimi) bir qismi bo'lib hisoblanadigan San Jose State University shunday yo'l tutdi.
Afzalligi va kamchiligi. MOOS yaratuvchilari Pandor qutisini ochishdi. MOOS kursini yaratilishi va kursning sifatini tez sur'atlar bilan yaxshilash dunyoda ta'limning mavjud tizimini shubhaga qo'ydi va million AQSh dollari miqdorida ehson yig'gan holda, ta'lim tizimiga qarshi chiqadi. Onlayn-ta'limning entuziastlari va evangelistlari yaqin kunda talabalar internetga joylashtirilgan MOOS kurslardan o'z bosqichini to'liq «yig'ish»i mumkin, an'anaviy ta'lim tizimi bir necha qismga bo'linadi (yoki tanib bo'lmaydigan darajada transformasiyalanadi).
Bular MOOS kursini rivojlantirishning juda kechikkan bosqichlariga taalluqlidir, bugungi kunda innovasion kurslar dunyoviy ta'lim jarayonida o'rnatilishi uchun tayyor emas. Lekin ta'limning yangi bosqichlari ta'limdan ilmiy hamjamiyat, universitetlar, talabalar va mansabdorlar oldiga, shunga o'xshash kurslarni sertifikasiyalaydimi (va umuman tan oladimi) va shunga o'xshash ta'lim metodikasi qanchalik «sifatli» bo'lishi to'g'risidagi muhim masalalarni qo'yadi. Shubha bilan qaraydiganlar, masalan, MOOS kurs engillashtirilgan versiyani («murakkab» kurslardan talabalardan 97 foizi chiqariladi) bozorga qo'ygan holda, siyosiy elitni ta'limga moliyalashtirishni kamaytirishni oqlash
imkonini ega bo'lgan holda va kam moliyalashtirilgan o'quv muassasalarni yo'q qilgan holda ta'lim «emiriladi».
MOOS kurslar talabaga professorga emas, balki bilim oluvchiga qachon va qaerda o'qishga imkon bergan holda, ta'lim jarayonini nazorat qilish topshiriladi. Talabalarga ma'ruzaga, mustaqil ishga va topshiriqqa vaqt sarflanadi, lekin boshlangan ishni oxirgacha ishlashga majbur qiladigan ijtimoiy «dastak» talabada yo'q. Talabaning mustaqil ishni baholash tizimi sust – ko'plab MOOS mualliflari talabalarga avtomatik tarzda baholanadigan testlarni va boshqa talabalar tomonidan baholanadigan loyihalar (essedan firma startegiyasini tahlil qilishgacha) taklif etiladi.
MOOS kurslarini olib boruvchi professorlar dunyoda bir vaqtda o'z bilimlarini o'rtoqlashadigan va o'z bilimlarini o'rtoqlashmaydigan o'qituvchilar hisoblanadi, ularning ma'ruzalarini millionlar ko'rishi, ular bilan materialni muhokama qilishi mumkin. Interaktivning kamchiliklari – jiddiy muammo hisoblanadi, va provayderlar MOOS kurslarini yaratuvchilar bilan birga gibrid model (talabalar MOOS kurslarni ko'radi va ularni mustaqil tarzda guruhlarda muhoqama qiladi) kabi diskussiya moderatorlar rolida o'zlashtiruvchi o'quvchilarning banal naym ham taklif etgan holda muammoni hal etishga intiladi. Bugungi kunda seminar mashg'ulotni to'la almashtirish imkonini baradigan qaror topilmagan – MOOS provayderlar real guruhlarda virtual tarzda muhokama qilishni almashtirishga urinadi, lekin g'oyalar almashinuvi kam samaralidir.
Ko'pgina universitetlar MOOS kursining real boyligi ta'limni demokratlashtirishdan iborat deb o'ylashdi (yoki bu haqda oshkora ma'lum qilishadi). Tanqidchilar bunday «demokratlashtirish»ni xavfli deb bilishadi. Ko'pgina talabalar turli bosqichlarda asosiy universitetlardan zerikish hisobiga MOOS kursini tugata olmaydi. Lekin talabalar o'z fanlarini qiziqarli o'tkazishga harakat qiladigan kam daromadli professorlarda o'qishga tayyorlar. Bunday jarayon paradigmaning almashishiga olib kelishi mumkin, ya'ni ilmiy jurnallarda ko'p miqdorda ilmiy ishlarni nashr qiladigan professorlar emas, balki eng ko'p daromadli professorlar eng ommaviy bo'lishadi. Keyinchalik bunga o'xshash tendensiyalar ta'limda professor karerasi musiqa yulduzlariga o'xshab qolishadi va bu ta'lim tizimini portlashiga olib keladi va ta'limning eskicha o'qitadiganlarni chetga chiqarib qo'yadi.
Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki:
- dunyoda elektron ta'limni rivojlantirishning istiqbollik yo'nalishlardan biri bo'lib dunyoning istalgan mamlakatidan har bir shaxsga sifatli ta'limni olish imkonini beradigan ommaviy onlayn kurslarni (MOOS kurslarni) yaratish hisoblanadi;
- MOOS kurslarni rivojlantirish Coursera ta'lim platformasida juda tez sur'atlar bilan amalga oshiriladi, uch yil davomida kurslar soni besh martaga, tinglovchilar soni esa, o'n besh martaga ortdi.
- onlayn kurslarning yanada rivojlanishi an'anaviy ta'limning rivojlanishiga sezilarli darajada ta'sir etadi, bunda tinglovchilar MOOS kurslardan foydalangan holda, o'z darajalarini yig'ishi mumkin
Download 30.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling