17-Ma’ruza. Mеhnаtgа hаq to’lаshning shаkllari va usullаri


Download 44.19 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi44.19 Kb.
#1557580
  1   2
Bog'liq
Ma\'ruza-17


17-Ma’ruza. Mеhnаtgа hаq to’lаshning shаkllari va usullаri
Reja

  1. Mehnatga haq to’lashning shakli va tizimi

  2. Mehnatga haq to’lashning vaqtbay va ishbay shakllari

  3. Mehnatga haq to’lashning shartnoma usuli

  4. Mehnatni rag’batlantirish shakllari

Mehnatga haq to’lashning asosini mehnatni me’yorlash, tarif tizimlari va mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari tashkil etadi.


Mehnatga haq to’lashning tarif tizimi bajariladigan ishlarning hamma turlari uchun ish haqi miqdorini me’yoriy ko’rsatkichlar orqali ishning malakasi bo’yicha aniqlashga yordam beradi. Lekin ishchilarning ish haqini hisoblash uchun ishning malakasini belgilovchi sifat ko’rsatkichlardan tashqari, bajariladigan ishning hajmini ko’rsatuvchi miqdor ko’rsatkichlaridan ham foydalanish zarur. Mehnatga haq to’lashda sarflangan mehnatning miqdori va sifatiga qarab ishchilarga qarab ish haqi hisoblash mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari orqali amalga oshiriladi. Korxonalarda mehnatga haq to’lashning ikki shakli: ishbay va vaqtbay shakli qo’llaniladi.
Mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari har bir guruh va toifadagi ishchilarning sarflagan mehnatining soni va sifatini hisobga olgan holda ish haqining miqdorini aniqlaydi.
Sarflangan mehnatning miqdor o’lchov birligi ishlab chiqarilgan mahsulotning soni yoki sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Shunga ko’ra, ishchilarning sarflangan vatqlari uchun belgilangan tarif stavkalari bo’yicha ish haqlarini hisoblashni mehnatga haq to’lashning vaqtbay shakli, ishchilarning ishlab chiqargan mahsulot miqdorlari uchun ish haqini hisoblashni mehnatga haq to’lashning ishbay shakli deb ataladi.
Ishchilarning ish haqlarini hisoblash usulini mehnatga haq to’lashni tizimi deyiladi.
Mehnatga haq to’lashning muhim ko’rinishlaridan bo’lgan ish haqining shakllari va tizimlari 3.1-rasmda ko’rsatilgan.
Ish haqining vaqtbay ko’rinishining mazmuni shundan iboratki, unda ishchi kuchining bahosi mahsulot ishlab chiqarilgan yoki ish bajarilgan vaqtning miqdoriga qarab belgilanadi.
Ko’p asrlik bozor iqtisodiyotining qonuniyatlariga ko’ra, ish haqi - bu xodimning mehnatidan foydalanilganligining narxidir. Uning kattaligi mehnat bozori, ya’ni ish kuchiga bo’lgan talab va taklif bilan o’lchanadi. Aniq ish kuchiga bo’lgan talab katta, taklif esa kam bo’lsa, xodimlarning ish haqi shunchalik yuqori bo’ladi. Bunda ish haqi miqdori bajarilgan ishning sifati, miqdori va iste’molchilar tomonidan sotib olinish darajasiga ko’ra belgilanadi.


Download 44.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling