17-ma’ruza. Simsiz sensor tarmoqlari. Ularni qurishda qo’llaniladigan texnologiyalar, sensor tarmoqlariga qo’yiladigna talablar, sensor tarmoqlarining standartlari sst tipik arxitekturalari va topologiyalari


Download 97.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi97.62 Kb.
#1820155
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17-MA\'RUZA (2)



17-MA’RUZA. Simsiz sensor tarmoqlari. Ularni qurishda qo’llaniladigan 
texnologiyalar, sensor tarmoqlariga qo’yiladigna talablar, sensor 
tarmoqlarining standartlari 
SST tipik arxitekturalari va topologiyalari. SST arxitekturasi ikki turga 
ajraladi: bir turdagi (bir rangli) ierarxik (klasterli). Tarmoqning birdek turda bo„lishi 
shundaki, unda barcha tugunlar xabarni yig„ishda, qayta ishlashda va uzatishda bir 
hildagi vazifani bajaradi. Ushbu uslub optimal marshrutizasiyaning bajarilishini 
ta‟minlaydi. Ma‟lumotlarni etkazib berish marshrutning ba‟zi kriteriyalari bo„yicha 
eng samarali yo„li bilan bajariladi, va bu holat tejamkorlikni ta‟minlash bilan birga 
energiya (uzatish marshrut bo„yicha, energiyaning yuqori zapasi bilan bajariladi) va 
vaqt (uzatish eng qisqa marshrut bo„yicha yuz beradi) kabi muhim resurslarni 
tejaydi. Kritik ahamiyatdagi ma‟lumotlar uchun uzatish eng ishonchli yo„l bilan 
tashkil etiladi. Ma‟lumotlarni agregatlash, agar zarur bo„lsa, xabarning 
muvofiqlashtiruvchiga yo„nalishi bo„yicha yuz beradi. Agar tarmoq bunday tarzda 
tashkil etilsa, tugunlar orasidagi aloqaning tuzilishi spontan holatda yuz beradi, va bu 
paketlarning bir biriga to„qnashishi va uzatishning tanlangan yo„lida joylashgan, 
tinch holatdan chiquvchi tugunlar bilan bog„liq bo„lgan to„siqlarning yuzaga 
kelishiga olib keladi. 
Ierarxik marshrutizasiya (daraxtsimon) alternativ usul hisoblanadi. Ushbu 
tuzilishda tarmoq klaster deb nomlanuvchi sohalarga ajraladi. Klaster marshrutizatorni 
va oqirgi tugunni yuzaga keltiradi va ulardan sensor ma‟lumotlarni so„rov qiladi (25.1-
rasm). Har bir klaster ichida marshrutizator o„z klasteridan xabarni to„planishiga, 
o„ning qayta ishlanishiga va kelasi uzatilishiga javob beradi. Klasterning boshqa 
tugunlari faqat ma‟lumotlarni yig„ish va o„larni marshrutizatorga uzatishni amalga 
oshiradi. 
24.1-rasm. SST klaster tuzilishi 
Shu tariqa, ierarxik tarmoqda tugunlar birdek emas. Birinchidan, 
ma‟lumotlarni agregirlash marshrutizatorlarda yuz beradi, ikkinchidan,
agregirlangan ma‟lumotlarni uzatish faqat marshrutizatorlarda bajariladi. Shu 
bilan, marshrutizatorlarni doimiy ravishda ishlatish mumkin bo„lganlikdan, 
uzatishning to„xtab qolish holatlari minimallashadi. Paketlarning bir biriga qarama 
qarshi kelishi, ssilkalarni yaratishning markazlashtirilgan uslubiga ko„ra yuz 
bermaydi. Lekin bunday marshrutizasiya ma‟lumotlarni uzatishning samarali 
yo„lini taqdim etmaydi. Shu bilan birga, marshrutizator vazifasini bajaradigan, 
sensor tugun, ancha ko„p energiyani sarflaydi, va bu o„ndagi batareyaning tezda 
sarflanishiga olib keladi. Shu bilan birga, energiyaning katta miqdoriga ega va 
kuchli hisoblash imkoniyatiga ega, fizik ajratilgan sensorlarni marshrutizator 
sifatida qo„llaydigan arxitekturalar ham mavjud, ammo ushbu usul tor ma‟nodagi 
`ˆÌi`Ê܈̅Ê̅iÊ`i“œÊÛiÀȜ˜ÊœvÊ
˜vˆÝÊ*ÀœÊ* Ê `ˆÌœÀÊ
/œÊÀi“œÛiÊ̅ˆÃʘœÌˆVi]ÊۈÈÌ\Ê
ÜÜÜ°ˆVi˜ˆ°Vœ“É՘œVŽ°…Ì“


ilovalar uchun qo„llaniladi. Klaster marshrutizatorlari ma‟lumotlarni bir biriga 
uzatadi, natijada, ma‟lumotlar koordinatorga uzatiladi. Koordinator IP-tarmoq 
bilan aloqada bo„ladi, va ma‟lumotlar oqirgi bor qayta ishlanishi uchun unga 
yo„naltiriladi. Har bir tarmoqda, koordinator sifatida ishlash uchun kamida bitta 
butun FFD funksional qurilmasi bo„lishi kerak. Yana bir rangli yacheykali 
tarmoqlarni yaratish ham mumkin (25.2-rasm). Bunday tarmoqlarda har bir sensor 
tugunning funksional imkoniyatlari birdek. Yacheykali topologiya tarmoqlarning 
o„zini o„zi yaratish va o„zini o„zi qayta tiklash imkoniyati, tuzilishdagi seknsorlar 
qismi ishdan chiqsa tarmoqning yangi tuzilishini spontan tarzda yaratish imkonini 
beradi. Aniqrog„i, har qayday holatda, barcha ma‟lumotlarni qabul qiladigan va 
qayta ishlaydigan, markaziy funksional koordinator tugun, yoki ma‟lumotlarni 
tashqi tugunga qayta ishlash uchun uzatishga beradigan shlyuz zarur. Spontan 
yaratiladigan tarmoqlarni AdHoc nomi bilan yuritadi, va bu termin «aniq holat 
uchun» ma‟nosini beradi. 
24 
24.2-rasm. SST yacheykali tuzilishi 
Sensor tarmoqning mumkin bo„lgan topoplogiyalari 24.2-rasmda berilgan. 
Bir rangli tarmoqlar, tugunlarning har bir juftligi orasida faqat masofa bilan 
cheklangan, erkli topologik tuzilishni (nuqta-nuqta, yulduz) yaratishi mumkin. 
Yacheykali topologiya – bazaviy butun tarzda bog„langan topologiya, unda 
tarmoqning har bir marshrutizatori ushbu tarmoqning boshqa bir nechta 
marshrutizatorlari bilan bog„lanishi mumkin. Ishdan chiqishga qarshi tura olish 
imkoniyati yuqori, lekin murakkab sozlanish imkoniyati hisobidan. 
24.3-rasm. Sensor tarmoqning mumkin bo„lgan topoplogiyalari
Bir rangli yoki piring tarmog„iga (ingl. peer-to-peer, P2P) klasterli daraxt 
misol bo„la oladi. Klasterli daraxt turidagi tarmoq R2R tarmog„ining odatiy holati, 
Nuqta-nuqta 
Yulduzcha 
Yacheykali 
(uyali) topologiya 


undagi ko„plab qurilmalar FFD hisoblanadi. RFD qurilmalari klasterga oqirgi 
tugun sifatida ulanadi. Tarmoqga koordinatordan uzoqlikda joylashgan yangi 
tarmoq qurilmalarini biriktirish uchun, koordinator rejimidagi tarmoqga ulangan 
FFD qo„llanilishi mumkin. Ushbu rejimda ular, PAN koordinator sifatida, 
tarmoqga mayak bilan yangi tarmoq qurilmalarini chaqiradi. Natijada, o„z 
koordinatorini eshitib turgan, tarmoq qurilmalaridan klasterlar hosil bo„ladi. 
Bundan tashqari, klaster haqidagi barcha ma‟lumot PAN koordinatorga tegishli. 
Shu tarzda tarmoq qurilmalaridan multiklasterlar yaratilishi mumkin. 

Download 97.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling