17– mavzu. Beda zararkunandalari va ularga qarshi kurash reja
Download 26.68 Kb.
|
17-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aphidiidae
Hayot kechirishi. No‘xat va xoldor bitlar beda barglarining pastki tomonida hamda bedaning poyalarida galalashib yashaydi. Bitlarning so‘rishi natijasida barglar qovjiraydi va ba’zan to‘kiladi, beda o‘sish va rivojlanishdan qoladi.
No‘xat biti Markaziy Osiyoda bedadan tashqari no‘xat va xushbo‘y chirmov gulga ham tushganligi aniqlandi. Aftidan, bu bit ba’zi kapalakgulli begona o‘simliklarda ham oziqlansa kerak. No‘xat biti migratsiya qilmaydigan turlarga kiradi. Markaziy Osiyoda bu bit qanday stadiyada va qayerda qishlashi hozircha aniqlangan emas. No‘xat biti bedada sovuqlar tushguncha uchraganligidan (Nevskiy), uning bedapoyalarda voyaga yetgan hamda lichinkalik stadiyalarida qishlashi ehtimol tutiladi. Bu hasharot shimoliy mintaqalarda kapalakgulli o‘simliklarga joylashib tuxumlik stadiyasida, ancha janubroq mintaqalarda esa tuxum va voyaga yetgan partenogenetik urg‘ochi bitlik stadiyasida qishlaydi; nihoyat eng janubiy mintaqalarda no‘xat bitining tuxumi va erkaklari ko‘rinmaydi, butun yil bo‘yi partenogenetik urg‘ochilarigina uchraydi. Xoldor bit bedadan tashqari kapalakgulli yovvoyi o‘simliklarda hamda sebergada yashaydi. Bu hasharotning beda va sebarga dalalari yonidagi g‘o‘za ekinlariga o‘tganligi ham aniqlanadi, lekin u g‘o‘zaga jiddiy zarar yetkazmaydi. Xoldor bit ko‘chmanchilik qilmaydigan turlarga kiradi. Bu bitning ikki jinsli bo‘g‘ini oktabr-noyabrda paydo bo‘ladi. U bedapoya betidagi o‘simlik qoldiqlarida, qisman bedaning barg yonliklari va barg bandlarida tuxumlik stadiyasida qishlaydi. Manina tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan kuzatish natijalariga qaraganda, bahorgi bitlar martning uchinchi dekadasida tuxumdan chiqadi. Bitlarning rivojlanishi erta ko‘klam va kuz davrlarida 16—17 kun, yozgi issiq davrlarda esa 5—6 kun davom etadi. Beda gullay boshlagan davrdan e’tiboran xoldor bit galalaridagi qanotsiz bitlar orasida qanotlilari ham paydo bo‘ladi va ular tezda uchib boshqa yerlardagi bedapoyalarga tushadi. Qanotsiz bitlar qanotlilariga nisbatan ancha serpusht bo‘ladi. Qanotsiz bitlar o‘z umrida o‘rta hisobda 103 (eng ko‘pi 229) lichinka, qanotli bitlar esa—62 (eng ko‘pi 79) lichinka tug‘adi. Voyaga yetgan qanotsiz bitlar o‘rta hisobda 35 sutka, qanotli bitlar esa—22 sutka yashaydi (Manina). Xoldor bit yil davomida kamida 11 bo‘g‘in beradi. Beda bitlari ham, Markaziy Osiyodagi deyarli hamma bitlar singari, yoz o‘rtasida yuqori haroratdan ancha jabrlanadi hamda ularni parazit va yirtqichlar (xususan tugmacha qo‘ng‘izlar) ko‘plab qiradi. Ana shu sababli, yilning issiq vaqtida bedapoyalardagi bitlarning soni juda kamayib qoladi. Toshkent viloyatida xoldor bitlarni Aphidiidae oilasiga qarashli Prаоn voluere Hal nomli parazit ham qirishi aniqlandi. Download 26.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling