17– mavzu. Beda zararkunandalari va ularga qarshi kurash reja


Download 26.68 Kb.
bet10/10
Sana29.03.2023
Hajmi26.68 Kb.
#1305348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
17-ma`ruza

Kurash choralari. Beda urug‘xo‘riga qarshi kurashdagi asosiy tadbir beda urug‘ini tozalashdir. Bu ish urug‘ tozalash punktlarida bajarilib, urug‘lik ekish konditsiyasiga yetkaziladi. Shuningdek, urug‘lik omborlarda kimyoviy usulda tozalanadi, shu bilan birga urug‘lik ekishdan bir yarim ikki oy oldin naftalinga bulg‘ab olinib, pishiq qoplarga solib qo‘yiladi. Bunda 1 tonna urug‘likka Z kg naftalin sarflanadi.
Ekishdan oldin urug‘lik yana (agar zaruriyat bo‘lsa) suvga osh tuzi yoki ammiakli selitra qo‘shib tayyorlangan 15 foizli namakobga 2—3 minut solib qo‘yib tozalanadi. Bunda sog‘lom urug‘lar namakobga botib ketadi, shikastlangan urug‘lar esa namakobning yuziga chiqadi. Sog‘lom urug‘lar ajratib olinib, darhol suvda yuviladi va soya joyga yupqa qilib yoyilib quritiladi, shikastlangan urug‘lar yo‘qotiladi.
Bedani yanchish va xillash vaqtida hosil bo‘lgan chiqitlar hamda puch urug‘lar martning yarmidan kechiktirilmay mollarga yegiziladi, hech narsaga yaramaydigan chiqitlar esa shu ondayoq yo‘qotiladi. Urug‘ hosilini o‘rib-yig‘ib olishda urug‘lar mumkin qadar kam to‘kilishiga e’tibor beriladi.
Bedadan bo‘shagan dalalar kuzda chuqur qilib shudgorlanadi. Urug‘lik bedapoyalar ikkinchi yildan boshlab erta ko‘klamda chimqirqarli plug bilan 23—25 sm chuqurlikda qayta haydab turiladi.


BEDA ZARARKUNANDALARI KOMPLEKSIGA QARSHI KURASHGA DOIR TADBIRLAR TIZIMI
Ayrim zararkunandalarga qarshi kurashish muddatlarini belgilash hamda kurash olib boriladigan joylarni aniqlash uchun bedapoyani fevralda—beda ko‘kara boshlagan davrda hamda bedaning har qaysi o‘rimi gullay boshlaganida tekshirib turish kerak. Bedapoyani erta bahorda tekshirishda dalaning diagonaliga har 100 metridagi 1 kvadrat metr maydoncha tuprog‘i, keyinroq esa dalaning har 100 metridagi 10 ta poya ko‘zdan kechiriladi. Urug‘lik beda gullay boshlagan davrda zararkunandalar hisobga olinadi; buning uchun dalada burchakma-burchak yurilib, entomologik matrap poyalar ustiga 50 marta tashlanadi va matrabga tushgan zararkunandalar sanab chiqiladi. Beda zararkunandalariga qarshi kurashda quyidagi tadbirlar ko‘riladi:
1. Ombor binolari shamollatib turiladi va quruq holatda saqlanadi.
2. Omborlarda kalamush va sichqonlar paydo bo‘lib qolganida ular biologik usul bilan yoki zaharli yemlar sochib yo‘qotiladi. Omborlarga kalamush va sichqonlarni yo‘latmaslik uchun, ombor polini va devorlarining 1 m balandlikkacha qismini sement bilan suvash hamda eshiklarning 1 m balandlikkacha qismiga tunuka qoqish tavsiya qilinadi.
3. Urug‘lar, beda urug‘xo‘ridan tozalash uchun, ekishdan bir yarim—ikki oy oldin naftalinga bulg‘ab olinib, pishiq qoplarda saqlanadi; bunda 1 t urug‘ni dorilashga 3 kg naftalin sarflanadi.
4. Ekishdan oldin beda urug‘lari suv, osh tuzi yoki ammiakli selitra aralash 15 foizli namakobga solinib urug‘xo‘rdan tozalanadi, so‘ngra suvda yuviladi va soya joyda quritiladi.
5. Faqat konditsion urug‘lar ekiladi.
6. Tugunak uzunburunlari va boshqa kemiruvchi zararkunandalar tushgan beda ruxsat tilgan insektitsidlar purkaladi.
7. Zararkunandalar ko‘p to‘planadigan eski bedapoyalarda kech kuzda, yoki qishda beda ang‘izlariga o‘t qo‘yish tavsiya qilinadi.
8. Ikkinchi yil va uzoqroq vaqt o‘stirilayotgan urug‘lik bedalar kuzda chimqirqarsiz plug bilan 23—25 sm chuqurlikda qayta haydaladi; bunda haydashdan oldin bedapoyaning har gektariga 200 kg superfosfat solinadi.
9. Bedaning o‘sishini kuchaytirish hamda fitonomus, tugunak uzunburuni, bit va qandalalarga chidamini oshirish uchun eski bedapoyalar erta ko‘klamda (beda ko‘karib o‘sa boshlaguncha) disklanadi, biroq bu tadbir agrotexnika qoidalariga xilof hamda dalalarda beda oltin qo‘ng‘izi ancha ko‘p bo‘lmasligi shart.
10. O‘rgimchakkana, bit, tugunak uzunburuni, karadrina, beda tunlami va boshqa zararkunandalar begona o‘tlardan bedapoyaga o‘tishning oldini olish uchun, begona o‘tlar mudom yo‘qotib turiladi. Begona o‘tlarda bit va o‘rgimchakkana borligi aniqlanganda, bu o‘tlarni yo‘qotishdan oldin kimyoviy preparatlar bilan dorilash kerak.
11. Dalalarda yoki ularning yaqinida ko‘rsichqon inlari bo‘lganida, bu inlar har ikkala tomonidan 1 g sianplav yoki 1—1,5 g xlorpikrin bilan zaharlanib, inlar og‘zi ko‘mib qo‘yiladi.
12. Kirish-chiqish yo‘llari ko‘p bo‘lgan yassi tishli kalamush inlari borligi aniqlanganda, bu inlarga zaharli yem qo‘yiladi; kirish-chiqish yo‘li bittagina bo‘lgan inlar xlorpikrin bilan zaharlanadi; bunday inlarning har biriga 5 g hisobidan xlorpikrin qo‘yilib og‘zi darhol ko‘miladi.
13. Urug‘lik beda eng qulay muddatlarda, kunning salqin paytlarida va mumkin qadar yerga to‘kmasdan yig‘ishtirib olinadi.
14. Beda urug‘ini yanchganda va xillaganda hosil bo‘lgan chiqitlar mart oyining yarmigacha molga yegiziladi, xo‘jalikda iste’mol qilishga yaramaydigan chiqitlar esa shu ondayoq yo‘q qilinadi.
15. Bedapoyalarda zararkunandalar ko‘plab to‘planib qolmasligi uchun, bedani, iloji bo‘lganida, bir dalada uch yildan uzoq vaqt o‘stirmaslik kerak.
16. Bedadan bo‘shagan dalalar kuzda chimqirqarli plug bilan chuqur qilib shudgorlab tuproqdagi zararkunandalarning, shuningdek, fitonomus, gul chivini, beda tunlami, karadrina va beda urug‘xo‘rining ko‘pchiligini qirishga erishish kerak.
Beda zararkunadalari ko‘plab urchishining oldini olish va ular zararini kamaytirish uchun tashkiliy – xo‘jalik va agrotexnologik tadbirlari ham ko‘riladi.
Beda zararkunandalari kopleksiga qarshi kurash tadbirlarini g‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlari bilan birlashtirib, g‘o‘za-beda almashlab ekishdagi ekinlar zararkunandalariga qarshi umumiy kurash olib borish lozim. Beda zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlari bedaning zamburug‘ va bakterial kasalliklariga qarshi kurash choralari bilan ham bog‘lab olib borish zarur.
Download 26.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling