17-mavzu. Differensial kuchaytirgichlar


Differensial kuchaytirgich va uning ekvivalent sxemalari


Download 86.62 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi86.62 Kb.
#1276161
1   2   3   4
Bog'liq
17-MAVZU

Differensial kuchaytirgich va uning ekvivalent sxemalari

  • Bu talablarga differensial kuchaytirgich (DK) javob beradi. DKda chiqish kuchlanishi har bir kaskad chiqish kuchlanishlarining ayirmasi sifatida shakllanib, ko‘prik sxema ko‘rinishida bo‘ladi. Ko‘prik sxemalar o‘lchashlarning turli xatoliklarini kompensasiyalash uchun qo‘llaniladi. Bu xatoliklar barqarorlikni buzuvchi omillar hisobiga hosil bo‘ladi.
  • Differensial kuchaytirgich (DK) deb ikki kirishga ega bo‘lgan kuchaytirgichga aytiladi. Uning chiqishidagi signal kirish signallari farqiga proporsional bo‘ladi.
  • 17.1 – rasmda sodda simmetrik DK sxemasi keltirilgan. Kuchaytirgich ikkita simmetrik yelkaga ega bo‘lib, birinchi yelka VT1 tranzistor va RK1 rezistordan, ikkinchi yelka esa VT2 tranzistor va RK2 rezistordan tashkil topgan. Sxemaning dastlabki ish rejimi IE toki yordamida ta’minlanadi. Bu tokning barqarorligi esa barqaror tok generatori (BTG) tomonidan ta’minlanadi.

Mazkur sxema 17.1 – rasmdagi sxemaga aynan o‘xshashligini kuzatish mumkin. Buning uchun R2 va R3 rezistorlarni VT1 va VT2 tranzistorlar bilan almashtirish va R1= RK1, R4= RK2 deb hisoblash kerak. Agar RK1 va RK2 qarshiliklar bir – biriga teng bo‘lsa va VT1 tranzistor parametrlari VT2 niki bilan bir xil bo‘lsa, u holda bu sxema simmetrik bo‘ladi.
Amaliyotda to‘rtta ulanish sxemalardan ixtiyoriy biridan foydalanish mumkin: simmetrik kirish va chiqish, simmetrik kirish va nosimmetrik chiqish, nosimmetrik kirish va simmetrik chiqish, nosimmetrik kirish va chiqish. Simmetrik kirishda kirish signali manbai DK kirishlari orasiga (tranzistorlarning bazalari orasiga) ulanadi. Simmetrik chiqishda yuklama qarshiligi DK chiqishlari oralig‘iga (tranzistorlarning kollektorlari orasiga) ulanadi.
17.1 – rasm.

DK elementlari ko‘prik sxema hosil qiladi (7.2, b - rasm). Sxema diagonallaridan biriga ikki qutbli kuchlanish manbai ± YeM, ikkinchisiga esa - yuklama qarshiligi Rbj ulangan. Sxemadan foydalanilgan holda, ko‘prik balansi sharti, ya’ni uning chiqish kuchlanishi ichiK = UA - UV nolga teng bo‘ladi:

  • DK elementlari ko‘prik sxema hosil qiladi (7.2, b - rasm). Sxema diagonallaridan biriga ikki qutbli kuchlanish manbai ± YeM, ikkinchisiga esa - yuklama qarshiligi Rbj ulangan. Sxemadan foydalanilgan holda, ko‘prik balansi sharti, ya’ni uning chiqish kuchlanishi ichiK = UA - UV nolga teng bo‘ladi:
  • Shart bajarilganda, ya’ni YeM kuchlanishlar va ko‘prik yelkalari qarshiliklari o‘zgarsa ham, balans buzilmaydi.
  • VT1 va VT2 tranzistorlar parametrlari bir xil ( Rvt 1 = Rvt2), RK1 = Rk2 bo‘lgan ideal DK xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
  • Ukhp1= UKHP2 bo‘lganda kollektorlar potensiallari Uki va UK2 bir xil, natijada, yuklamadagi chiqish kuchlanishi UmK = UKl - UK2 = 0 bo‘ladi. Sxema simmetrik bo‘lgani uchun, kuchlanish manbai va temperatura bir vaqtda o‘zgarganda, chiqish kuchlanishi iCHIq =0 qiymati saqlanib qoladi, ya’ni ideal DKda nolning dreyfi bo‘lmaydi.

Download 86.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling