17. Mavzu: Katta va tayyorlov guruhlarda ertalabki badantarbiya mashqlarini tuzish va o’tkazish


semestr 9 .Mavzu: Jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish


Download 383.26 Kb.
bet8/9
Sana20.01.2023
Hajmi383.26 Kb.
#1104398
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Katta va tayyorlov guruhlarda ertalabki badantarbiyani

2 semestr 9 .Mavzu: Jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish
Sport jihozlari, inventarlari, qo‘llanmalar, atributlar va o‘yinchoqlardan foydalanish bolalarning jismoniy tarbiyasi samaradorligini oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining rahbarlari pedagogik, gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda ularni guruh xonalariga, jismoniy tarbiya zaliga, guruhlarning maydonlariga va sport maydonchasiga to‘g‘ri tanlab qo‘yishni va joylashtirishni ta’minlashlari lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiyaning dastur vazifalariga muvofiq tarzda barcha asosiy harakatlarning rivojlanishiga yordam beradigan jihozlar tanlanadi. Masalan, bolalarni sakrashga o‘rgatish mashg‘ulotlarida qator maxsus qo‘llanmalar: sakrab o‘tish uchun zarur narsalar (arqonlar, kubiklar, to‘siqlar); sakrab o‘tish paytida o‘yinchoqlarni osib qo‘yishga kerak bo‘ladigan ustunlar; gimnastika yashigi - qutisi (tepalikkairg‘ib chiqish, balanddan sakrab tushish); sakrash bilan bajariladigan harakatli o‘yinlar uchun atributlar talab etiladi. Bolalar harakatlari rivojlanishining yosh xususiyatlari va ularning jismoniy tayyorgarligiga oid bilimlarga asoslangan holda, topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtira borish muhimdir. Masalan, tirmashib chiqishga mo‘ljallangan mashqlar dastlab qiyaroq narvonchalarda, uncha baland bo‘lmagan tik narvonlarda, keyinroq gimnastik devorlarda, zinali arqonlarda, langar cho‘p, arqon, piramida va boshqalarda o‘tkaziladi. Muvozanatni saqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashqlar uchun uzun arqonlar, har xil uzunlik va kenglikda taxtalar, taxtachalar, g‘ishtlar, qiya taxtalar, qiya maydonchalar, har xil balandlikdagi gimnastik skameykalar, maydonchadagi o‘rnatilgan har xil shakldagi to‘nkalar bo‘lishi zarur.
Har xil maqsadlar uchun foydalaniladigan jihozlar alohida qiziqish uyg‘otadi: tebranma kursilar, qirra yuzasidan yurish, tirmashib chiqish, emaklab tagidan o‘tish, tebranish; gardish aylantirish umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish, uloqtirish (tik osilganida yoki polga qo‘yilganida); qarama-qarshi devorlarga mustahkamlangan reykalar, voleybol to‘rlarini, sakrab ushlash uchun shnurlarni osib qo‘yishga; hatlab o‘tish, tagidan o‘tib yurish uchun arqonlarni osish qulaydir.Jismoniy tarbiya inventarlari mashqlar doirasini kengaytirish, o‘ziga xos harakat malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Masalan, har xil vertikal, aylanma, gorizontal, harakatlanayotgan, harakatli tebranma nishonga irg‘itish; halqa tashlash (har xil balandlikda joylashgan qiya joylarga, arg‘imchoqlarga halqa tashlash); juft bo‘lib, kichik guruh bilan mashqlar bajarish (tayoqchalar, langar cho‘plar shnurlar, katta halqa). Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar to‘plamiga tuzilishi bo‘yicha har xil harakatlarda foydalaniladigan inventarlar (lentalar, pirpiraklar, ro‘molchalar, bruslar, tayoqchalar va boshqalar) kiradi. Ular umumrivojlantiruvchi mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi.Maxsus tanlangan inventarlar va o‘yinchoqlar muskulning ayrim bo‘limlarini maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ta’sir etish imkonini beradi. Masalan, panja va barmoq muskullarining rivojlanishiga yig‘ma o‘yinchoqlar, mayda o‘ynichoqlar, yirik munchoqlarni terib chiqish yordam beradi. Bu o‘yinlar bolalarga ilk yoshdanoq tavsiya etiladi. Kattaroq yoshdagi bolalarga mozaykalar (yassi, qo‘ziqorinsimon, hajmli), konstruktorlar, qoqib kiritadigan o‘yinlar) “O‘z rangini topib qo‘y”, “Epchil kalavachilar va boshqalar) bilan o‘tkaziladigan mashqlar ham foydalidir. Oyoq muskullarini mustahkamlash uchun g‘o‘lacha va tayoqchalar (o‘ngga va chapga qadam tashlash), chizimchalar, halqachalar, sharchalar (barmoqlar bilan ushlash uchun), to‘pchalar (irg‘itish uchun), har xil konstruksiyadagi qirrali taxtachalarni qo‘llaydilar, maydonda yuzi har xil (qum, chim, shag‘al, qipiqlar bilan) yo‘llar quradilar.Jismoniy inventarlar bilan mashq o‘tkazish jismoniy sifatlar- ni rivojlantirishga yordam beradi. Chaqqonlikni – kublar, keg- li orasidan “ilon izi” bo‘lib yugurish; ko‘z chamasini – soqqa o‘yini, halqa tashlash; kuchni – to‘g‘ri qo‘llarda chalvir yoki kokilchalarni tarang tortish: bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga tortib o‘tkazishorqali rivojlantirish mumkin.

Download 383.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling