17-mavzu. Kommunal infratuzilmaining asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari


Download 53.96 Kb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi53.96 Kb.
#1302575
1   2   3   4
Bog'liq
17-МАВЗУ

M r = ∑М k k + М k t
Bu Yerda:
Mkk- davlat kapital qurilishi dasturiga kiritilmagan kapital qurilish ishlari;
Mkt kapital ta'mirlash ishlari.
Kapital qurilish ishlarini amalga oshirishga sarflanadigan moliyaviy mablag’lar hajmi mazkur obyektlar loyiha-smeta hujjatlaridan kelib chiqib jamlanadi. Agar, kapital qurilish ishlari uzoq muddat bir necha yil davom etayotgan bo’lsa tugallanmagan qurilishning rejalashtirilayotgan yilga tegishli qismi ajratib olinadi. Bunday obyektlarda joriy yilda amalga oshirilgan ish va uning moliyalashtirish darajasini hisobga olish zarur bo’ladi. Joriy yilda bajarilgan qurilish ishlarini moliyalashtirishdan (Chm) chekinishlar quyidagicha aniqlanadi:
Chm = Chu+Mj-Chj
bu Yerda:
Chu- o’tgan yilda amalga oshirilgan kapital qurilish ishlarini moliyalashtirishdan yil yakunidagi chekinish miqdori (moliyalashtirilishi rejalashtirilgan ish hajmining to’lanmagan qismi yoki o’tkazilgan avans);
M-joriy yilda moliyalashtirilishi rejalashtirilgan kapital qurilish ishlari hajmi;
Chj- joriy yilda moliyalashtirishdan chekinish.
Kommunal xo’jaligi tashkilotlarida kapital ta'mirlash va rekonstruktsiya ishlarini moliyalashtirishni rejalashtirish bo’yicha ishlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Asosiy fondlarni texnik holati bo’yicha taftishdan o’tkazish;

  2. Ishlab chiqarish jarayonidagi xizmat muddatiga ko’ra jismoniy eskirgan asosiy fondlar ro’yxatini tuzish;

3) Moliyaviy xarajatlar hajmini hisoblash.
Asosiy fondlarni texnik holati bo’yicha ko’rikdan o’tkazish uchun korxona (zarur hollarda yuqori tashkilotlar va tegishli soha vakillari ishtirokida) tomonidan komissiya tuziladi. Asosiy vositani ko’rikdan o’tkazish jarayonida ishga tushirilganidan buyon o’tgan vaqt davomida amalga oshirilgan ta'mirlash va o’zgartirishlar to’g’risidagi ma'lumotni har bir inshoot va jihozning texnik holatini qayd etish kitobidan o’rganiladi. Shuningdek, asosiy fondni ekspluatatsiya qiluvchi smena navbatchiligi daftarida qayd etilgan texnik nuqsonlar o’rganib chiqiladi.
Mazkur komissiya kapital ta'mirlashni kechiktirib bo’lmaydigan asosiy vositalar ro’yxatini tayyorlaydi va moliyaviy xarajatlar hajmini aniqlash uchun taqdim etadi.
Uzatish quvurlari hamda yirik inshootlar va kommunikatsiyalar texnik holatiga ko’ra qisman (tegishli qismi) kapital ta'mirlanadi. Bunday obyektlarning har bir qismi (bo’limi)ning texnik holati bo’yicha alohida hisob olib boriladi.
Ishlab chiqarish jarayonidagi xizmat muddatiga ko’ra jismoniy eskirgan asosiy fondlar ro’yxatini korxona buxgalteriyasi tomonidan tayyorlanadi va yuqorida keltirilgan komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi. Komissiya texnik tasnifi bo’yicha xizmat muddati tugagan har bir asosiy vositani ko’rikdan o’tkazib, xizmat muddatini uzaytirish, kapital ta'mirlash yoki hisobdan chiqarish va tugatish to’g’risida xulosa chiqaradi. Bunda asosiy fondning ma'naviy eskirishi ham inobatga olinadi. Xizmat muddatiga ko’ra eskirgan asosiy vositalar komissiya xulosasiga ko’ra uch guruhga ajratiladi:

  1. Xizmat muddati uzaytirilgan, ekspluatatsiyaga yaroqli;

  2. Kapital ta'mirlash ro’yxatiga kiritilgan;

  3. Hisobdan chiqariladigan va tugatiladigan asosiy vositalar.

Iqtisodiyotning boshqa sohalaridan farqli ravishda kommunal xo’jaligi
sohasida asosiy fondlarning texnik holatiga va foydalanish muddatiga alohida e'tibor qaratiladi. Bu asosiy fondlar bevosita uy-joy xo’jaligiga xizmat qilgani sababli ularda ro’y beruvchi nosozliklar bevosita aholining hayotiga xavf soladi.
Komissiya texnik holati va xizmat muddatiga ko’ra kapital ta'mirlash va yangilash zarur deb topilgan asosiy fondlar ro’yxati tuzilganidan so’ng moliyaviy xarajatlar hajmini hisoblash ishlari boshlanadi. Bunda har bir asosiy fondni kapital ta'mirlash bo’yicha smeta-loyiha hujjatlari tayyorlanadi. Har bir asosiy vositani kapital ta'mirlash smeta qiymati, joriy narxlardagi eskirish qiymati va qoldiq qiymati aniqlanadi.
Korxonada rejalashtirilayotgan yilda kapital ta'mirlashga ajratiladigan mablag’ quyidagicha aniqlanadi:
М r =
Download 53.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling