17-mavzu. Kommunal infratuzilmaining asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari
Download 53.96 Kb.
|
17-МАВЗУ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Kommunal infratuzilma korxonalarini ishlab chiqarish quvvatlari bilan taminlash va ulardan foydalanishni tashkil etish
- 3.Asosiy fondlar eskirishini hisoblash va kapital tamirlash ishlarining moliyaviy taminoti
17-mavzu. Kommunal infratuzilmaining asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja 1.Asosiy fondlarning korxona faoliyatidagi o’rni va tarkibiy xususiyatlari 2. Kommunal infratuzilma korxonalarini ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta'minlash va ulardan foydalanishni tashkil etish 3.Asosiy fondlar eskirishini hisoblash va kapital ta'mirlash ishlarining moliyaviy ta'minoti Asosiy fondlar korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini belgilovchi ishlab chiqarish quvvatlarining asosini shakllantiradi. Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining asosiy qismini tashkil etib, ular ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt davomida xizmat qiladi. O’z moddiy salohiyatini va o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlar tannarxiga qismlab o’tkazib boradi. Asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida eskirishi hisobidan o’z qiymatining ma'lum bir qismini tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga o’tkazishi amortizatsiya deb atalib, eskirish qiymati yig’indisi amortizatsiya ajratmalarini tashkil etadi. Asosiy fondlar korxona faoliyatidagi ishtirokiga ko’ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga bo’linadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari korxonaning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bevosita ishtirok etib, korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini tashkil etadi. Kommunal xo’jaligi korxonalarida asosiy fondlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: ishlab chiqarish binolari va inshootlari; uzatish quvurlari va tizimlari; kuch beruvchi mashinalar va mexanizmlar; ishlab chiqarish mashinalari va uskunalar; transport vositalari; o’lchov va hisobga olish asboblari va qurilmalari; ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi, xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan turli ishlab chiqarish inventarlari va asboblari. Aholining doimiy yashashi va hayotiy faoliyatini ta'minlash uchun foydalaniladigan uy-joy fondlari kommunal xo’jaligi korxonalari asosiy fondlari tarkibiga kirmaydi va uy-joy fondidan foydalanish, texnik xizmat ko’rsatish, ta'mirlash va qayta tiklash bilan bog’liq savollar alohida bobda ko’rib chiqiladi. Kommunal infratuzilma korxonalarining asosiy fondlari ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish xarakteridan kelib chiqib iqtisodiyotning boshqa sohalaridagidan tubdan farqlanadi. Ularning farqlanuvchi jihatlari asosan quyidagilardan iborat: kommunal xo’jaligi korxonalarida asosiy fondlarning katta qismini uzatish quvurlari va tizimlari tashkil etib, ular maxsus loyiha-smeta hujjatlari asosida uzoq muddat davomida qurib ishga tushiriladi; asosiy fondlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida yagona tizim shaklida faoliyat ko’rsatadi va tizimda ishtirok etayotgan asosiy vositalardan biri yoki bir nechtasini to’xtatib qo’yish, chetlashtirish imkoni mavjud emas (avariya holatlari bundan mustasno); ishlab chiqarish quvvatlarini bir vaqtning o’zida to’liq almashtirib, yangilab bo’lmaydi va bu jarayon tizimda doimiy ravishda amalga oshirib boriladi; asosiy fondlarning eskirish muddatiga va mehnat unumdorligiga tabiiy iqlim va ob-havo katta ta' sir ko’rsatadi. Kommunal infratuzilma sohasidagi korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish xususiyatidan kelib chiqib asosiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish fondlarining asosiy qismi tubdan farqlanadi. Masalan: elektr energiyasi ta'minoti korxonalarida yuqori kuchlanishli elektr magistrallari, elektr energiyasi uzatuvchi podstantsiyalar, taqsimlovchi transformatorlar, elektr uzatish liniyalari; issiq suv va issiqlik energiyasi korxonalarida qozonxonalar, issiqlik uzatish magistrallari, quvurlar, taqsimlash elevator uzellari; suv ta'minoti korxonalarida suv havzalari, suvni tindirish va tozalash inshootlari, nasos stantsiyalari, suv uzatish magistrallari va quvurlari; gaz ta'minoti korxonalarida gaz magistrallari, yuqori, o’rta va past bosimli gaz quvurlari, gaz taqsimlash punktlari; maishiy chiqindilarni tashish va qayta ishlash korxonalarida maxsus transport vositalari va chiqindini qayta ishlash uskunalari asosiy ishlab chiqarish quvvatlarni tashkil etadi. Kommunal infratuzilma korxonalarida asosiy ishlab chiqarish quvvatlarining tarkibiy xususiyatiga ko’ra bunday farqlanishi ushbu korxonalar faoliyatini tashkil etish va rejalashtirishda o’ziga xos yondashishni talab etadi. Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyatida bevosita ishtirok etmaydi. Ularning eskirish qiymati ko’rsatilgan xizmat va ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga bevosita qo’shilmaydi. Noishlab chiqarish asosiy fondlari tarkibiga korxona balansidagi boshqarish va asosiy ishlab chiqarish jarayoniga, ishchi xodimlarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan ma'muriy, xo’jalik binolar, oshxona, profilaktoriya, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uchun xizmat qiluvchi binolar, bolalar bog’chalari, sport-sog’lomlashtirish va boshqa obyektlar va ulardagi asosiy vositalar kiritiladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida ishtirokidan kelib chiqib aktiv va passiv guruhlarga bo’linadi. Kommunal xo’jaligi korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv guruhiga yuqori kuchlanishli elektr magistrallari, elektr energiyasi uzatuvchi podstantsiyalar, taqsimlovchi transformatorlar, elektr uzatish liniyalari, qozonxonalar, issiqlik uzatish magestrallari, quvurlar, suvni tindirish va tozalash inshootlari, nasos stantsiyalari, suv uzatish magistrallari va quvurlari, gaz magistrallari va quvurlari, gaz taqsimlash punktlari, maxsus transport vositalari, kuch beruvchi mashinalar va uskunalari, ishchi mashina va mexanizmlar, transport vositalari, texnologik liniyalar kabi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi asosiy vositalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv guruhiga ishlab chiqarish jarayonida bilvosita ishtirok etuvchi asosiy vositalar, bino va inshootlar, yo’llar, xizmat ko’rsatish maydonchalari va boshqalar kiradi. Asosiy fondlarning umumiy hajmida aktiv va passiv guruhlarining miqdori bo’yicha o’zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo’yicha tarkibini ko’rsatib uning ulushi foizlarda o’lchanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasida, aktiv fondlar muhim ahamiyatga ega bo’lib ular ulushini ko’paytirish va tarkibini yangilab borish korxona faoliyati samaradorligiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p jihatdan kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va qayta ta'mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kontsentratsiya qilish darajasi ham katta ta'sir ko’rsatadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta'minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o’rta korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo’lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi. Korxona faoliyatiga asosiy fondlarning ekspluatatsiyasi muddati va eskirish darajasi katta ta'sir ko’rsatadi. Asosiy vositalarning (ayniqsa aktiv guruhdagi) ekspluatatsiya muddati qanchalik katta bo’lsa, korxonaning ishlab chiqarish samaradorligi shunchalik pasayadi. Asosiy fondlar xizmat muddatlarining ortib borishi ularning ekspluatatsiya xarajatlarining ham ortib borishiga olib keladi. 2. Kommunal infratuzilma korxonalarini ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta'minlash va ulardan foydalanishni tashkil etish Kommunal infratuzilma korxonalarida asosiy fondlar tarkibi ishlab chiqarish korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlaridan keskin farqlanadi. Kommunal xizmatlar ko’rsatishda asosiy fondlarning asosiy, katta qismini uzatuvchi tizimlar (elektr energiyasi, gaz, suv, issiqlik va boshqa energiya uzatish tizimlari) tashkil etadi. Asosiy fondlarning hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvatini belgilaydi. Asosiy fondlar korxona xizmat ko’rsatish faoliyatini asoslashda katta rol o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklaturada va sifatli xizmat ko’rsatishi va mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi. Ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta'minlanish darajasi korxonada ma'lum bir davrda zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish natijasida xizmat ko’rsatish yoki ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal hajmi bilan belgilanadi. Kommunal xo’jaligi sohasida ma'lum tizimlar (quvurlar, uzatish liniyalari) orqali xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning aksariyati monopol hisoblanadi. Bunga sabab xizmat ko’rsatiladigan hududda xizmat ko’rsatuvchi tarmoq yagona bo’lib undan boshqa korxona yoki tashkilot foydalanish imkoniyatigi ega bo’lmaydi. Kommunal xizmatning bunday turlarini ko’rsatuvchi korxonalar belgilangan (ular xizmat ko’rsatayotgan) hududda ko’rsatiladigan xizmatga bo’lgan talabning to’liq qondirishlari zarur bo’ladi. Shundan kelib chiqib, mazkur korxonaning quvvati mazkur xizmatga bo’lgan talabni to’liq qondirish uchun etarli bo’lishi lozim. Kommunal xo’jaligida korxonaning ishlab chiqarish quvvati yagona tizim quvvati bilan aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarish bo’limlari quvvati bosh uchastkalar (qozonxona, nasos stantsiyalari, taqsimlash markazlari va boshqalar) quvvati bilan, uzatish tizimlari quvvati esa o’rnatilgan uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati hajmini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: inshootlar quvvati va hajmi; uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha miqdori; inshoot, uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik- iqtisodiy norma (normativ)lari; uskunalar ish vaqti fondi (xizmat muddati); ishchi va xizmatchilar soni; ko’rsatilgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi). Shuningdek, kommunal xo’jaligida asosiy hisoblanuvchi barcha turdagi xizmatlar ko’rsatishda (elektr, issiqlik energiya, suv ta'minotida va boshqalar) uzilish bo’lishi mumkin emas. Bu esa o’z navbatida korxonalarda favqulotda holatlarni bartaraf etish va to’xtalishlar bo’lmasligini ta'minlash uchun qo’shimcha, zahira quvvatlar bo’lishini talab etadi. Korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlari tendentsiyali ko’rsatkichlarda, ya'ni boshlang’ich (yil boshida) ko’rsatkich, yakuniy (yil oxirida) ko’rsatkich, o’rtacha yillik ko’rsatkich shaklida o’rganiladi. Shuningdek, kommunal xo’jaligida korxonaning absolyut ko’rsatkichi - loyiha quvvati hisoblanadi. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Ammo loyiha quvvatiga asoslanish uchun korxonada to’liq loyihadagi quvvat ishga tushirilgan bo’lishi shart. Quvvatlarni qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish orqali korxonada ishlab chiqarish fondlarining loyiha quvvatini oshirish mumkin. Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda o’rnatilgan uskunalardan tashqari, zahiradagi uskunalar ham hisobga olinadi. Kommunal xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarish quvvati uzatish tizimi quvvatiga asosan hisoblanadi. Kommunal xo’jaligi korxonasining umumiy quvvati ishlab chiqarish quvvatidan zahira quvvatlar hisobiga farqlanadi. Кumum = К e.i.ch. + Кzax Kumum - korxonaning umumiy quvvatlari; Ke.i.ch. - ekspluatatsiya dagi ishlab chiqarish quvvatlari; Kzax - me'yor bo’yicha zahira quvvatlari. Suv xo’jaligi, issiqlik ta'minoti korxonalarida zahira fondlari 30%ga qadar bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda etkazib beriladigan mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt me'yori yoki har bir uskunaning unumdorlik me'yorlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Korxonaning xizmat ko’rsatuvchi bosh bo’g’ini (qozonxona, nasos stantsiyasi va boshqalarning) ishlab chiqarish quvvati har bir uskunalar bo’yicha alohida-alohida, quyidagi formula asosida hisoblanadi: KJami = К1 + к2 + Кз +...+ Кn K1= Bu yerda: Kjami- xizmat ko’rsatish tizimining ishlab chiqarish quvvati; K1- 1-guruh uskunalarning qabul qilingan o’lchov birligidagi quvvati; n - tizimdagi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uskunalari soni; Tmaks - uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat, soat; Mm- uskunada ko’rsatiladigan xizmat yoki mahsulot birligini tayyorlash uchun progressiv mehnat sig’imi, soat. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishni mumkin bo’lgan maksimal darajasini tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishini hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini ko’rsatadi. Demak, birinchi holatda korxona ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa, ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi aniqlanadi. Ishlab chiqarish uskunalarining korxonada mavjud bo’lgan quvvatlarga mos kelishini aniqlash uchun, o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab topiladi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: o'r.tyil Bu yerda: K0’rt.yii - korxonaning o’rtacha yillik quvvati; Ky.b. - korxonaning yil boshidagi quvvati; Ky.d.k. - yil mobaynida kiritilgan quvvatlar; Kyd.ch. - yil davomida ishlab chiqarishdan chiqarilgan (tugatilgan) quvvatlar; n1 , n2 - ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil oxirigacha o’tgan to’liq oylar soni. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan mazkur chora-tadbirlar, ko’pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish yo’li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ta'minlash manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi. Kommunal xo’jaligida ko’rsatilayotgan xizmatlarni belgilangan me'yorlarda bo’lishini ta'minlash korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari balansini o’rganib borishni taqozo etadi. O’rganish jarayonida ba'zis ko’rsatkich bo’lib korxonaning (inshoot, uzatish tizimi, kuch beruvchi uskuna va boshqalarning) loyiha quvvati hisoblanadi. Bunga sabab, istalgan vaqtda xizmat ko’rsatish tizimiga qo’shimcha iste'molchilarning ulanishi bir tomondan xizmat ko’rsatuvchi fondlarga me'yordan ortiq quvvat berishni talab etsa, ikkinchi tomondan ko’rsatilayotgan xizmat sifatining pasayishiga olib keladi. Agar, xizmat ko’rsatish tarmoqlari to’la quvvatda (belgilangan texnik me'yorga nisbatan) ishlayotgan bo’lsa qo’shimcha iste'molchilarning ulanishiga yo’l qo’yilmaydi yoki talab darajasida qo’shimcha quvvatlar ishga tushirilishi zarur bo’ladi. 3.Asosiy fondlar eskirishini hisoblash va kapital ta'mirlash ishlarining moliyaviy ta'minoti Kommunal xo’jaligi korxonalarida asosiy fondlarning hisobi natura va qiymat ko’rinishida olib boriladi. Asosiy fondlarni natural baholash - reja asosida asosiy fondlarni yangilab borish, korxonani texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish, asosiy vositalarni joriy va kapital ta'mirlash ishlarining hisobini olib borish, ularning guruh va turlari bo’yicha grafiklar tuzish, ehtiyot qismlar va ta'mirlash materiallariga ehtiyojni aniqlash kabi vazifalarni echish imkonini beradi. Asosiy fondlarning qiymat ko’rinishida baholash - ularni qayta tiklashni rejalashtirish, mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish kabi iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’rganish imkonini beradi. Asosiy fondlar boshlang’ich qiymat bo’yicha, tiklanish qiymati bo’yicha va qoldiq qiymati bo’yicha baholanadi. Asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati - asosiy vositalarni qurish, sotib olish va ishga tushurish xarajatlari qiymati yig’indisidan tashkil topadi. Asosiy fondning boshlang’ich qiymati korxonaning mazkur mashina yoki inshootni ishga tushurgan (sotib olgan) kunda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan qiymatidir. Asosiy fondlarning tiklanish qiymati - asosiy fondlarni real vaqtda inflyatsiya, ma'naviy eskirish va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Tiklash qiymatida baholash obyektning real vaqtdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko’rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati Moliya vazirligi tomonidan asosiy fondlarni qayta baholash koeffitsientlari e'lon qilinganda, auditorlik tekshiruvi va inventarizatsiya o’tkazish jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy fondlarning qoldiq qiymati - asosiy fondlarning boshlang’ich qiymatidan ularning eskirish summasi ayirmasidan iborat bo’ladi. Asosiy fondlarning qoldiq qiymati ularning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida boshlang’ich qiymatini mahsulot tannarxiga o’tkazilmagan qismidir. Asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi (ishga tushurish davridagi boshlang’ich va qayta baholash koeffitsentlari e'lon qilinganda, qayta baholashdan keyingi, tiklanish), qiymati balans qiymati deb ataladi. Asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini ayirish orqali topiladi. Download 53.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling