17-mavzu. Kommunal infratuzilmaining asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari
ASSOSIY FONDNI BOSHLANG ‘ICH QIYMATI
Download 53.96 Kb.
|
17-МАВЗУ
ASSOSIY FONDNI BOSHLANG ‘ICH QIYMATI
To’liq qiymati Eskirishni hisobga olgan holda qiymati Buxgalteriya balansida asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati bilan birgalikda eskirish qiymati (F-1 shakli 010 qator) aks ettiriladi. Asosiy fondlarning eskirishi ikki turga jismoniy va ma'naviy eskirishga bo’linadi. Asosiy fondlarning jismoniy (mexanik) eskirishi asosiy fondlarning boshlang’ich holatini ishlab chiqarishda foydalanish va mexanik emirilish natijasida yuzaga keladi. Jismoniy eskirish ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonidagi ko’pgina faktorlarga bog’liq bo’lib, bir xil darajada kechmaydi. Kommunal xo’jaligi korxonalarida asosiy fondlarning eskirishi ko’p jihatdan iqlimning ta'siriga, asosiy fondlarga xizmat ko’rsatishning tashkil etilganligiga, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning malakasiga va iste'molchilarning ulardan foydalanish munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Jismoniy eskirishni (JE) quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin: Bu Yerda: Tafxm - asosiy fondlarning haqiqiy xizmat qilgan muddati; Tafmm - asosiy fondlar xizmat qilishi kerak bo’lgan me'yoriy muddati; Shuningdek, asosiy fondlarning jismoniy eskirishini ularning amortizatsiya summasiga nisbatan ham hisoblash mumkin. Bu usulda quyidagi formuladan foydalanamiz: AS - hisoblangan amortizatsiya summasi (eskirish summasi); Qb - asosiy fondlarning boshlang’ich (qayta tashkil qilish) qiymati. Asosiy fondlarning ma'naviy eskirishi ularning qadrsizlanishi yoki texnik jihatdan zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob bera olmasligini bildiradi. Asosiy fondlar ikki shaklda ma'naviy eskiradi: birinchi shaklda asosiy fondlar ko’rsatgan xizmat va ishlab chiqargan mahsulotga iste'molchilarda talab yo’qolishi natijasida ro’y beradi; ikkinchi shaklda asosiy fondlarning o’rniga fan-texnika taraqqiyoti natijasida yanada samaraliroq fondlarning paydo bo’lishi natijasida yuzaga keladi. Asosiy fondlar yuqorida keltirilgan ma'naviy eskirishilari quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi: Bu erda: Kb - asosiy fondlarning to’liq boshlang’ich qiymati; TK - asosiy fondlarning tiklanish qiymati; Yya- yangi texnikaning unumdorligi; Ye -eski texnikaning unumdorligi. Asosiy fondlarni qayta tiklash, ya'ni jismoniy va ma'naviy eskirgan asosiy fondlarning o’rnini iqtisodiy to’ldirish uchun korxona bu vositalar qiymatidan amortizatsiya ajratmalarni ayirib tashlaydi hamda bu ajratmalar keyinchalik xarajatlar sifatida mahsulot tannarxiga kiritiladi. Amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya me'yorlari asosida hisoblanadi va bu me'yorlar (Am) quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bu yerda: A - amortizatsiya ajratmalari; TBK - asosiy fondlarning to’liq boshlang’ich qiymati. Yillik amortizatsiya ajratmalari (Ayil) miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi: Bu yerda: Xkt - asosiy fondlar xizmat qilgan muddat davomida kapital ta'mirlashga sarflangan xarajatlar; M - uskuna, mashina va qurilmalarni, ular xizmat qilgan davr mobaynida modernizatsiya qilishga sarflangan xarajatlar; Kqoldiq - asosiy fondlarning qoldiq (likvidatsion) qiymati; T - asosiy fondlarning xizmat qilish muddati, yil. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida asosiy fondlar asta-sekinlik bilan eskirib boradi va ularning ish qobiliyati ta'mirlash orqali qayta tiklanadi. Asosiy fondlarni o’z vaqtida ta'mirlash, ularni muddatidan oldin ishdan chiqishining oldini oladi, ularning xizmat qilish muddatini uzaytiradi va unumdorligini oshiradi. Kommunal xo’jaligi korxonalarida asosiy fondlarni ta'mirlash uch shaklda: kapital ta'mirlash, qisman kapital ta'mirlash va joriy ta'mirlash turlariga bo’linadi. Kommunal xo’jaligi inshootlarini ta'mirlash o’z xususiyati, talab qilinuvchi muddat va mablag’larga ko’ra, mashina va uskunalarni ta'mirlashdan farq qiladi. Masalan, mashina va asbob-uskunalarni kapital ta'mirlashda ular to’liq qismlarga bo’linadi va eskirgan qismlar almashtiriladi. Asosiy vositalarni birinchi kapital ta'mirlash bilan ikkinchi kapital ta'mirlash oralig’idagi muddat ta'mirlash tsikli deb ataladi. Kommunal xo’jaligi inshootlari kattaligi, ma'lum vaqtda to’liq kapital ta'mirlash imkoni mavjud bo’lmaganligi sababli qisman kapital ta'mirlanadi. Qisman ta'mirlashda kommunal xo’jaligi inshooti yoki uskunasining ma'lum bir qismi (reja asosida) kapital ta'mirlanadi. Kommunal xo’jaligi korxonalarida asosiy fondlarni kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirishda katta miqdorda moliyaviy mablag’ talab etiladi. Kommunal xo’jaligi asosiy fondlarini qurish va kapital ta'mirlash ishlari turli moliyaviy manbalar (korxonalar, byudjet, mahalliy byudjet, xalqaro moliyaviy tashkilotlar kreditlari, grantlar va boshqalar) tomonidan moliyalashtiriladi. Shu sababli kommunal xo’jaligida yangi inshootlarni qurib ishga tushurish va mavjudlarni kapital ta'mirlash ishlarini moliyalashtirish jarayonini tashkil etishda amalga oshiriladigan ishlar uchun sarflanadigan mablag’ miqdorini aniq hisob- kitob qilish muhim ahamiyatga ega. Navbatdagi kalendar yilida amalga oshiriladigan (davlat kapital qurilish dasturiga kiritilmagan) kapital qurilish va kapital ta'mirlash ishlarini moliyalashtirishni rejalashtirish ishlari hisobot yilining oxirgi kvartalida amalga oshiriladi. Moliyalashtirish rejasi ikki qismdan, yangi qurilayotgan hamda kapital ta'mirlanadigan bino va inshootlarni moliyalashtirish ko’rsatkichlaridan tashkil topadi. Download 53.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling