17-Mavzu: Koʻprik va quvurlarni tekshirish va sinash ishlarida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari


Download 29.31 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi29.31 Kb.
#1471187
1   2   3   4
Bog'liq
17-mavzu

Xavfsizlik texnikasi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; i.ch.dagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar va ularni yaratish va i.ch.da qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, i. ch. sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va i.ch.ga tatbiq qilish.
Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang , gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqlagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsiydan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi.
Inshootlarni tekshirishda injenerlik geodeziya usullari keng qo‘llaniladi. Ular yordamida binoning cho‘kishi, siljishi, yoriq va deformatsiya choklari parametrlari, elementlar salqiligi o‘lchanadi.
Tayyorlanayotgan qurilish konstruksiyalari sifatini nazorat qilish buzib va buzmasdan sinash usullarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Buzib sinashda konstruksiya o‘zini yuklama ostida qanday tutishi va uning kuchlanganlik-deformatsiyalangan holati to‘g‘risida to‘la ma’lumotga ega bo‘lamiz. Lekin har bir tayyorlayotgan mahsulotni buzib sinab mustahkamligini aniqlaydigan bo‘lsak, barcha mahsulot yaroqsiz holga kelgan bo‘lur edi. Buzmasdan sinash esa sinalayotgan tuzilma to‘g‘risida doimo ham to‘la ma’lumot bera olmaydi. Hisoblash texnikasini qo‘llagan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda ham real tizimlarning haqiqiy ishchi holati to‘g‘risida to‘laqonli ma’lumot olib bo‘lmaydi. Shuning uchun amaliyotda nazariy tadqiqotlar, buzib va buzmasdan sinash usullarini birgalikda olib borish lozim.
Demak, bino va inshootlar tuzilmalarini sinash tekshirishning ajralmas bir qismi bo‘lib, o‘zining apparat ta’minoti va qayta ishlash usullari bilan eksperimental mexanikaning alohida yo‘nalishi hisoblanadi.
Inshootlarni tekshirish va sinashning bosh vazifalaridan biri, ularni haqiqiy holatini va kelgusida ekspluatatsiya qilishga yaroqligini aniqlashdan iborat. Bu muammo qaralayotgan tizimning ishonchliligini baholash bilan bevosita bog‘langan.
Ishonchlilik deganda ma’lum bir vaqt oralig‘ida, muayyan ekspluatatsiya sharoitida tizim oldiga qo‘yilgan funksiyani bajarish xususiyati tushiniladi. Ishonchlilik kompleks xususiyatlardan iborat bo‘lib, beto‘xtovlik, uzoq muddatga chidamlilik va ta’mirtalablik kabilarni o‘z ichiga oladi.
Beto‘xtovlik - ob’ektning ma’lum vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlash xususiyati.
Uzoq muddatga chidamlilik - ob’ektning uzoq muddat chegaraviy holatga yetguncha ishga yaroqliligini saqlash xususiyati.
Ta’mirtalablilik - ob’ektda buzilish bo‘lish sababini aniqlash va ogohlantirishga moslashish, ularni ta’mirlab tuzatish xususiyati.

Download 29.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling