17-Mavzu: Koʻprik va quvurlarni tekshirish va sinash ishlarida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari


Download 29.31 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi29.31 Kb.
#1471187
1   2   3   4
Bog'liq
17-mavzu

Sinash usullari va vositalari
Yuklamani qo‘yish usuli sinov oldiga qo‘yilgan maqsadga muvofiq tanlanadi. Sinov o‘tkazishdan asosiy maqsad bino, inshoot va tuzilmalarning yuk ko‘tarish qobiliyati, bikrligi va yoriqbardoshliligini aniqlashdan iboratdir. Sinov real tuzilmalarda, maket yoki modellarda ham o‘tkazilishi mumkin.
Real oboektlarni sinashda ekspluatatsiya qilinayotgan konstruksiyalarning haqiqiy ishchi holatini aniqlash vazifasi belgilanishi mumkin. Bunda buzmasdan sinash usullari keng qo‘llaniladi. Tajriba uchun tanlangan tuzilmalarni buzmasdan sinash usullari bilan bir qatorda buzib sinash ham o‘tkaziladi. Bunda inshoot tuzilmasi yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotguncha sinov davom ettiriladi.
Maket - sinov ob’ektining soddalashtirilgan holatini aks ettiradi. Maket va model ko‘rinishidagi sinov ob’ektlari ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi.
Model - sinov oboekti yoki uning bir qismini ma’lum bir masshtabda aks ettiradi. Uxshashlik nazariyasini qo‘llagan holda modellar bilan haqiqiy inshoot parametrlari o‘rtasida sonli bog‘lanish o‘rnatish lozim bo‘ladi.
Sinov usulini aniq tamoyillarga asoslangan sinov qoidalari majmui belgilaydi. Bu qoidalar bo‘yicha tashqi ta’sirni hosil qilish, o‘lchov uskunalarini tanlash, natijalarni qayta ishlash uslublari ishlab chiqiladi. Hozirgi sharoitda har bir sinov bir qator maqsad va vazifalarni o‘z ichiga olgani, qimmatbaho dastgoh uskunalar ishlatilishi sababli, sinovni o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim.
Real bino, inshoot va tuzilmalarning tekshiruvi bilan bog‘liq bo‘lgan sinovlar naturaviy ob’ektlarda o‘tkaziladi.
Tajriba uchun tanlangan ob’ektlar sinov poligonlaridagi sinov stendlarida, real ekspluatatsiya sharoitiga yaqin sharoitlarda o‘tkaziladi. Sinov ob’ektini belgilangan holda o‘rnatish, yuklama hosil qilish, asboblardan sanoq olish va sinov jarayonini boshqarish uchun maxsus sinov stendlaridan foydalaniladi.
Maket va modelda sinash ilmiy-tadqiqot institutlarining laboratoriyalarida, standart sinov uskunalarida o‘tkaziladi. Sinov o‘tkazishdan oldin texnik topshiriq (ishchi dastur) tuziladi va bunda sinov maqsadi, ishchi texnikasi xavfsizligi va boshqa texnik hujjatlar keltiriladi. Asosiy e’tiborni mehnat muhofazasi va qaratish lozim. So‘ngra sinov ob’ektini sinovga tayyorlash bosqichi, ya’ni yuklash tuzilmalari va o‘lchov uskunalari o‘rnatish amalga oshiriladi. Agar sinovdan so‘ng sinov ob’ekti ekspluatatsiyaga topshiriladigan bo‘lsa, sinovni shunday tashkil qilish kerakki, sinovdan so‘ng ham ob’ekt ishga yaroqli holatda bo‘lishi lozim. Shuning uchun sinov yuklamasi belgilangan chegaradan oshmasligi lozim. Agar buzib sinov o‘tkaziladigan bo‘lsa, sinov yuklamasining yuqori chegarasi belgilanmaydi. Lekin oldindan buzuvchi kuch miqdori, kerakli sinov yuklamasi hosil qiluvchi tuzilmalar va asboblarni tanlash uchun hisoblar o‘tkaziladi.
Yuklanishning 2 turi: dinamik va statik yuklanishlar mavjud. Amalda har qanday yuklanish jarayoni qandaydir vaqt oralig‘ida amalga oshadi. Shuning uchun haqiqiy statik yuklanish mavjud emas. Yuklamani vaqt bo‘yicha qo‘yilish tavsifini baholash uchun yuklamaning eng katta qiymatiga yetish vaqti bilan qaralayotgan ob’ektning xususiy tebranish davrini solishtirish lozim. Agar yuklama chiziqli o‘zgarsa va o‘zining eng katta qiymatiga qandaydir  vaqt oraligida erishsa, xususiy tebranish davri T ning ma’lum qiymatida, agar /T>10 tensizlik o‘rinli bo‘lsa, kuch inersiyasi ta’siri yetarli darajada kichik hisoblanadi. Bu holda dinamik koeffitsient Kd=Ud/Us (Ud-yuklash tezligini hisobga olgandagi salqilik, Us -konstruksiyaning statik yuklanishidan hosil bo‘lgan salqilik) kuchning so‘nishini hisobga olmaganda ham 1,03 qiymatdan oshib ketmaydi.
Statik yuklamalar konstruksiyada joylashish tavsifiga ko‘ra: keltirilgan, chiziqli va yuza bo‘yicha taqsimlangan bo‘ladi. Dinamik yuklamalar turi juda xilma-xildir. Ular o‘zgaruvchan amplitudali va o‘zgarmas amplitudali bo‘lishi mumkin. Uzgarmas amplitudali dinamik yuklamalar qiymati vaqt bo‘yicha muayyan qonun asosida o‘zgaradi. Bunday yuklamalar muvozanatlashmagan massali mexanizmlar, generatorlar, elektrodvigatellar, ventilatorlar ishi natijasida hosil bo‘ladi.
Uzgaruvchan amplitudali dinamik yuklamalarning o‘zgarish tavsifi sinov o‘tkazgunga qadar nomaolum bo‘ladi.
Dinamik yuklamalar harakatlanuvchi va qo‘zg‘almas bo‘ladi. Statsionar o‘rnatilgan uskunalar taosiridan hosil bo‘lgan dinamik yuklamalar qo‘zg‘almas; odamlar, elektrokaralar, kranlar harakatidan hosil bo‘lgani esa harakatlanuvchi bo‘ladi.
Vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga ko‘ra dinamik yuklamalarning davriy va davriy bo‘lmagan, garmonik va impulpsli turlari mavjud.
Laboratoriya sharoitida namunalarni sinash uchun standart sinov uskuna(press)lar va sinov mashinalari qo‘llaniladi.
Yukni osib yuklama hosil qilish usuli keltirilgan yuklama hosil qilishning eng sodda usuli hisoblanadi. Lekin bu usul ko‘p mehnat talab qiladi.
Konstruksiyalar laboratoriya sharoitida va poligonlarda sinalganda, keltirilgan yuklamani hosil qilish uchun domkratlar foydalaniladi. Ular ixchamligi, yuklama hosil qilish va o‘zgartirishning soddaligi, kerakli yo‘nalishda yuklamani hosil qilish mumkinligi bilan e’tiborlidir. Sinov amaliyotida elektr yuritmali va qo‘l nasosli gidravlik domkratlar keng qo‘llaniladi.


Download 29.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling