9- sinflar uchun algebra fanidan “Hodisalar” mavzusida tayyorlagan video darsi


Download 0.51 Mb.
Sana16.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1358976
Bog'liq
9 sinf algebra 87.hodisalar

9- SINFLAR UCHUN ALGEBRA FANIDAN “Hodisalar” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN VIDEO DARSI


Darsning rejasi:
. 1. Ehtimolliklar nazariyasi nimani o’rganadi?
5. Mustahkamlash
3. Birgalikda bo’lishi mumkin va birgalikda bo’lmagan hodisalar.
4. Teng imkoniyatli hodisalar.
2. Mumkin bo’lmagan , muqarrar va tasodifiy hodisalar.
9-SINF ALGEBRA . MAVZU: HODISALAR
Ehtimolliklar nazariyasi nimani o’rganadi? Kishi moddiy dunyoda ro’y beradigan hodisalarni kuzatar ekan , ko’pincha uni shu hodisalarni ro’y berish-bermasligi ham qiziqtiradi. Hayoda ro’y berish –bermasligi oldindan aytib bo’lmaydigan , ya’ni tasodifiy ro’y beradigan hodisalar, qisqacha tasodifiy hodisalar ham uchraydi. Lotereya o’yinida yutuq chiqishi, bir marta otilgan o’qning nishonga tegishi , tayyorlangan buyum sinalganda standart bo’lib chiqishi- eng sodda tasodifiy hodisalardir .
Yuqorida ko’rsatlgani kabi aniq shartlar qo’yilib , sifatini tekshirishlar , sodir bo’lish – bo’lmaslikni sinab – hisoblab ko’rishlar , o’q otilishi va hokazolar qisqacha tajriba o’tkazildi , sinaldi deyiladi. Tajriba natijasi esa hodisadir.
Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika tasodifiy hodisalar orasidagi bog’lanishlarni , qonuniyatlarni o’rganish va ulardan kelib chiqadigan
xulosalarni amaliyot masalalarini yechishga qo’llashga bag’ishlangan fandir.
9-SINF ALGEBRA . MAVZU: HODISALAR
Tabiatda hodisalar uch turli bo’ladi. Mumkin bo’lmagan , muqarrar va tasodifiy hodisalar.
Mumkin bo’lmagan hodisa deb , berilgan sharoitlarda ro’y berishi mumkin bo’lmagan hodisaga aytiladi . Mumkin bo’lmagan hodisalarga misol keltiraylik :
  • ko’lning suvi +30 gradus seltsiyda muzlaydi;
  • Tomonlari 1 dan 6 gacha raqamlar bilan belgilangan o’yin kubigi tashlanganda 8 raqamining paydo bo’lishi.

9-SINF ALGEBRA . MAVZU: HODISALAR
Muqarrar hodisa deb , berilgan sharoitlarda , albatta, ro’y berishi aniq bo’lgan hodisaga aytiladi.
Masalan:
  • Qishdan keyin bahor keldi;
  • O’yin kubigini tashlaganda oltidan katta bo’lmagan (noldan farqli) raqam tushdi.

  • Tasodifiy hodisa deb, berilgan sharoitlarda ro’y berishi ham ro’y bermasligi ham mumkin bo’lgan
    hodisaga aytiladi.
    Masalan:
  • 1 dan 50 gacha sonlar orasidan tasodifan tanlangan son 7 ga bo’linadi .
  • Tashlanga tanga gerb tomoni bilan tushdi.

9-SINF ALGEBRA . MAVZU: HODISALAR
Birgalikda bo’lishi mumki va birgalikda bo’lmagan hodisalar.
Berilgan sharoitlarda bir vaqtda ro’y berishi mumkin bo’lgan ikki hodisa birgalikda bo’lishi mumkin bo’lgan hodisa deyiladi bir vaqtning o’zida ro’y bera olmaydigan esa birgalikda bo’lmagan hodisa deyiladi .
Masalan, “quyosh chiqdi” va “kun sovuq” birgalikda bo’lishi mumkin hodisalar, “kun botdi”va “quyosh chiqdi” birgalikda bo’lmagan hodisalardir.
9-SINF ALGEBRA . MAVZU: HODISALAR
O’yin kubigi bilan bog’liq quyidagi hodisalarni qaraylik :
  • 3 achko tushdi; 2) 4 achko tushdi; 3) 3 achkodan ko’proq tushdi;

  • 4) 3 ga karrali achko tushdi.
    Bu hodisalar ichida quyidagi uch juftlik birgalikga bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalardir:
    1- va 4- (3 soni 3 ga karrali bo’lgani uchun);
    2- va 3-(4 achko 3 achkodan katta bo’lgani uchun); 3- va 4- (masalan 6 achko).
    Quyidagilar esa birgalikda bo’lmagan hodisalardir:
    1- va 2- (bir vaqtning o’zida iikita turli son tushishi mumkin emas);
    1- va 3- ( 3 achkodan yuqori , ya’ni 2, 5, 6 achkolari 3 achko bilan bir vaqtda tusha olmaydi;
    2- va 4- ( 4 soni 3 ga karrali emas).

9-SINF ALGEBRA . MAVZU: HODISALAR
Teng imkoniyatli hodisalar.
Quyidagicha hodisalar guruhlariga misollarni qaraylik:
  • Tangani bir marta tashlanganda “raqamli tomonining tushishi” va “gerbli tomonning tushishi”
  • O’yin kubigi bir marta tashlanganda “1 achkoning tushishi” , “2 achkoning tushishi”… “6 achkoning tushishi”
  • Bir tomoni ko’k , qolgan tomonlari qizilga bo’yalgan kubik tashlanganda “ko’k tomoni yuqorida bo’lib tushishi” va “qizil tomoni yuqorida bo’lib tushishi”
  • Ichida 10 ta oq va bitta qora shar bo’lgan qutidan bitta shar olinganda uning “oq shar chiqishi” va “qora shar chiqishi”

  • 1- va 2- misollarda hodisalardan birortasining ro’y berishi uchun hodisalardan birida boshqasiga nisbatan ustunlik yo’q. Bunday hodisalar teng imkoniyatli deyiladi.
    3- va 4- misollarda imkoniyatlar teng emas. Sababi bo’yalgan kubikning 5 ta tomini qizil , 1 ta tomoni ko’k, demak, qizil tushish imkoniyati ko’proq. Shu kabi oq shar chiqish imkoniyati qora shar chiqishi imkoniyatidan ko’p.

9-SINF ALGEBRA . MAVZU: HODISALAR
455- MASALA. Bugun Samarqandda barometr normal atmosfera bosimini ko’rsatmoqda. Bunda: 1) samarqanddagi ayolning qozonidagi suv 70 gradusda qaynaydi;
2) Havo harorati -5 gradusga pasayganda , ko’lmakdagi suv muzlaydi.
YESHISH:
1 – Mumkin bo’lmagan hodisa chunki, suv normal atmosfera bosimida 100 gradusda qaynaydi.
2- Bu muqarrar hodisa. Sababi suv normal atmosfera bosimida 0 gradusda muzlaydi.
9-SINF ALGEBRA . MAVZU: HODISALAR
UYGA VAZIFA 452- 456- MASALALARNI YECHISH.
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling