17-mavzu: metallarga ishlov berish dastgohlari
Download 92.37 Kb.
|
1 2
Bog'liq17-mavzu metallarga ishlov berish dastgohlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.1. Metall kesish dastgohlari haqida ma’lumotlar.
17-MAVZU: METALLARGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARIREJA: 17.1. Metall kesish dastgohlari haqida ma’lumotlar. 17.2. Metall kesish dastgohlarining asosiy ko‘rsatkichlari. 17.3. Metall kesish dastgohlarining harakatga keltiruvchi mexanizmlari. Tayanch iboralar: metall, kesish, dastgoh, mexanizm, zagotovka, gidravlik boshqarish. 17.1. Metall kesish dastgohlari haqida ma’lumotlar. Mashinasozlik sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning konstruksiyalari murakkablashib, turlari ko‘payib bormoqda, ularni ishlab chiqarish ob’ektlari tez–tez almashib, ularni o‘zlashtirish muddati qisqarmoqda. Metall kesish dastgohlarida ishlashda ish unumini oshirish uchun asosiy texnologik va yordamchi vaqtni kamaytirish lozim. Tayyor buyum olish maqsadida zagotovkani kesib ishlashning texnologik jarayonini amalga oshirish uchun metall kesish stanogida zarur harakatlar hosil qilish, zagotovkani va kesuvchi asbobni o‘rnatish hamda mahkamlash uchun tegishli mexanizm va moslamalar bo‘lishi kerak. Dastgoh o‘zaro bog‘langan va ish harakatlarini (asosiy harakat va surish harakatini) hosil qiladigan bir qator mexanizmlardan iborat bo‘lishi zarur; bundan tashqari, dastgohda kerakli aylanishlar soni olish, kerakli surish qiymati hosil qilish, zagotovkani siqish va bo‘shatish moslamalarini o‘rnatish, kesuvchi asbobni zagotovkaga keltirish va zagotovkadan chetlatish mexanizmlari va bir qator boshqa mexanizmlar ham bo‘lishi lozim. Dastgohlardan foydalanish jarayonida ishlab chiqarilayotgan buyum va mexanizmlar sifatli bo‘lishi uchun ularga quyidagi talablar qo‘yiladi: a) dastgohlar aniq, puxta va bikr ishlashlari lozim; b) dastgohda operatsiya tamom bo‘lgandan keyin dastgohni yoki ayrim organlarini ishchisiz, avtomatik ravishda to‘xtatadigan mexanizmlar ko‘zda tutilishi lozim, bunday avtomatik mexanizmlar ishchining bir vaqtning o‘zida bir nechta dastgohda ishlashiga imkon beradi. v) dastgohni boshqarish oson va xavfsiz bo‘lishi kerak. Download 92.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling