17-mavzu: metallarga ishlov berish dastgohlari


Metall kesish dastgohlarining asosiy ko‘rsatkichlari


Download 92.37 Kb.
bet2/2
Sana24.06.2023
Hajmi92.37 Kb.
#1653911
1   2
Bog'liq
17-mavzu metallarga ishlov berish dastgohlari

17.2. Metall kesish dastgohlarining asosiy ko‘rsatkichlari.
Metall kesish dastgohlari metall kesish instrumentlari yordamida metal zagotovkaga mexanik ishlov berish uchun qo‘llanadigan ishlab chiqarish mashinalari bo‘lib hisoblanadi. Zagotovkalarga qirindilarni olib tashlash hisobiga kerakli o‘lchamlar, formalar va metall yuzasining tozaligiga erishiladi. Metall kesuvchi dastgohlar bajaradigan ishlari va bu ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan insturmentlariga asosan klassifikatsiyalanadi. 12.1–jadvalda metall kesish dastgohlarining Metall kesish dastgohlari eksperimental ilmiy tekshirish instituti ishlab chiqqan klassifikatsiyasi berilgan.
Dastgohlarning turli organlari harakatlarini tahlil qilish uchun dastgohning kinematik sxemasi tuziladi. Kinematik sxema tuzishda dastgohlar mexanizmlarining shartli belgilaridan foydalaniladi, kinematik sxemalar esa dastgohlarning konstruksiyasi va kinematikasi to‘g‘risida yaqqol tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Dastgohlar mexanizmlarining bunday shartli belgilari GOST 3462–61 da keltirilgan.
Dastgohning kinematik sxemasiga qarab, elektr motoridan tortib, to dastgohning ish organlarigacha borgan harakatlarni ko‘zdan kechirish va aylanishlar soni va surish qiymatlarini bilish mumkin, chunki kinematik sxemada zvenolarning shartli belgilaridan tashqari, elektr motorining aylanishlar soni, shkivlarning diametrlari, tishli g‘ildiraklar tishlarining soni raqamlar bilan ko‘rsatilgan bo‘ladi. Xar xil ishlarni bajarishda foydalaniladigan metall kesish dastgohlari konstruksiyalarining va tiplarining nixoyatda xilma–xil bo‘lishiga qaramay, ularning mexanizmlari va harakatlarida ko‘pgina o‘xshashlik bor. Bu xol dastgohlarda sodir bo‘ladigan harakatlarni asosiy harakatga, surish harakatiga va yordamchi harakatga ajratish imkonini beradi. Metall kesish dastgohlarining klassifikatsiyasi
17.1–jadval

Dast
goh
lar

Gu
ruh

Dastgohlarning tiplari

1

2

3

4

5

6

7

8

9




0



















Tokarlik dastgohlari

1

Avtomatlar va yarim
Avtomatlar

Revol
ver–


dastgohlar

Parmalash qirqib tushirish
dastgohlari

Karusel stanoklar

Tokar
lik va lobovoy
dastgohlar

Ko‘p keskichli
stanoklar

Fason buyumlar uchun
IxtisosLashtirilgan dastgohlar

Xar xil tokarlik dastgohlari

bir shpindelli

Ko‘p shpindelli

Parmalash va teshik kengaytirish dast
gohlari

2

Vertikal parma
lash dastgohlari

Bir shpindelli yarim avtomat

Ko‘p shpindelli yarim avtomatlar

Koordinat–teshik kengay
tirish dastgoh
lari

Radial parma
lash dastgohlari

Teshik kengaytirish dastgoh-lari

Olmosli teshik kengayti
rish dastgoh
lari

Gorizontal–parmalash dastgohlari

Xar xil parmalash dastgohlari

Jil
vir-lash, jilo
lash stanoklari

3

Doira
viy–jilvir-lash dastgoh-lari

Ichki jilvir
lash dastgoh
lari

Dag‘al–jilvir
lash dastgoh
lari

Vallar uchun ixtisos
lashti
rilgan jilvir
lash dastgoh
lari



CHarxlash dastgoh-lari

To‘g‘ri to‘rtbur
chak yoki doiraviy stolli yassi jilvir
lash dastgoh
lari

Pritir
lash va jilolash dastgoh
lari

Abraziv asbob bilan ishlaydi
gan xar xil stanoklar

Kombinatsiyalangan dastgohlar

4

Universal dastgohlar

YArim avtomat
lar

Avtomat
lar













Tish va rez
ba o‘yish dast
gohlari

5

Silind
rik shester
nyalar uchun tish randa
lash dastgoh
lari

Konus shesternyalar uchun tish kesish dastgoh
lari

Silind
rik shestrenyalar

Chervyak g‘ildi
raklar uchun tish freza
lash dastgoh
lari

Shesternya tishlari toretslarini yo‘nish dastgohlari

Rezba freza
lash dastgoh-lari

Tish pardoz
lash dastgoh
lari

Tish va rezba jilvir
lash dastgoh
lari

Tish va rezba ishlaydigan xar xil dastgoh
lar

Freza-lash dast
gohlari

6


Bo‘ylama–randalash dastgohlari



Kopirovkalash, gravir
lash dastgoh
lari

Konsol
siz verti
kal dastgoh-lar

Bo‘ylama stanok
lar

Keng universal dastgoh
lar

Konsoli gorizon
tal dastgoh
lar

Xar xil freza
lash dastgoh-lari

Bir stoyka
li

Ikki stoyka
li

Randa-lash, o‘yish va protyajka
lash dast
gohlari

7

Bo‘ylama–randalash dastgohlari

Ko‘nda
lang randa
lash dastgoh
lari

O‘yish dastgoh
lari

Gorizon
tal protyajka-lash dastgoh
lari




Vertikal protyajka
lash dastgoh
lari



Xar xil randa
lash dastgoh-lari

Bir stoyka
li

Ikki stoyka
li

Kesib ajratish dast
goh
lari

8

Tokar
lik keskichi bilan

Abraziv tosh bilan

Silliq yoki nasechka
li disk bilan

To‘g‘ri
lash kesib tushirish dastgoh
lari

Arralar





Ishlaydigan kesib tushirish dastgohlari

Lentali

Diskli

Arralar







Xar xil dast
Goh
lar

9

Mufta va truba ishlash dastgohlari

Arra tishlash dastgoh
lari

To‘g‘rilash va markaz
lash dag‘al yo‘nish dastgoh
lari





Asbob
larni sinash dastgoh
lari

Bo‘lish mashinka
lari

Muvoza
natlash dastgoh-lari





17.3. Metall kesish dastgohlarining harakatga keltiruvchi mexanizmlari
Metall kesish dastgohlarining ishchi harakatlarini avtomatlashtirish va ba’zi xollarda qo‘lda bajariladigan yordamchi harakatlarni imkoni boricha soddalashtirish, dastgohsozlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi.
Dastgohlardan foydalanish sifati, ya’ni unumdorligi qulayligi va ishonchli ishlashi birinchi navbatda dastgohning mexanizmlarini boshqarish tizimiga bog‘liq. Dastgohning qo‘llanilish sohasi, konstruksiyasi va texnologik jarayonning xarakteriga asosan, dastgohni boshqarish tizimi bir qator elektr zanjirlarga bo‘linib, ular o‘zaro mustaqil yoki bir–biri bilan bog‘liq yoki blokirovkalangan ko‘rinishda ishlashlari mumkin.
Dastgohlarning boshqarish tizimlariga quyidagi talablar ko‘rsatiladi: 1) boshqarishni qulayligi–boshqarish organlarini dastgohning boshqarish uchun qulay joylariga o‘rnatish; 2) boshqarishni tezligi–dastgohda biror operatsiyani bajarish uchun kam vaqt sarflanishi; 3) boshqarish tizimining aniqligi–tizimni bajaradigan funksiyasiga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Metall kesish dastgohlarida gidravlik, pnevmatik va elektrik boshqarish tizimlari qo‘llanadi. Boshqarishning gidravlik tizimi agregatli, nusxalash dastgohlarida keng qo‘llanadi. Gidravlik tizim boshqa tizimlardan oddiyligi, tezligi, gidroyuritma elementlarining silliq harakati, ya’ni dastgohning titrashini kamaytirish kabi ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Gidravlik boshqarish tizimi ham o‘ziga xos kamchiliklarga ega: boshqarish elementlari orasidagi aloqa richaglar va masloprovodlar yordamida amalga oshiriladi; dastgohning gidravlika tizimida doim ko‘p moy bo‘lib, uni belgilangan muddatida almashtirish lozim.
Boshqarishning pnevmatik boshqarish tizimlari va metall kesish dastgohlarida qo‘llaniladi. Pnevmatik elementlar va tizimlar elektrik va gidravlik elementlar bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Keyingi paytlarda metall kesish dastgohlarida boshqarishning elektrik tizimlari keng qo‘llanilmoqda. Boshqarishning elektrik elementlarini va qurilmalarini qo‘llash hisobiga dastgohlarning uzellarini standartlashtirish imkoni paydo bo‘lib, dastgohning tannarxini kamaytirishga yordam beradi.
Dastgohlarni elektrik avtomatlashtirish, avtomatlash-tirishning boshqa usullariga nisbatan ancha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega: foydalanishda qulaylikni yaratadi va dastgohni sozlashni engillashtiradi. Boshqarishni elektr tizimlarini qo‘llash dastgoh–avtomatlarni yaratish va ularni qo‘llash imkoniyatlarini beradi.


Nazorat savollari

  1. Metall kesish dastgohlariga qanday talablar qo‘yiladi?

  2. Siz metall kesish dastgohlarining qanday turlarini bilasiz?

  3. Metall kesish dastgohlarining elektr yuritmalari qanday tuzilgan?

  4. Metall kesish dastgohlarining asosiy ko‘rsatkichlari nimalardan iborat?

  5. Dastgohlarning boshqarish sxemalari qanday prinsip asosida tuziladi?

  6. Dastgohlarni avtomatik boshqarish qanday amalga oshiriladi?

Tokarlik vint kesish dastgohi qanday qismlardan tashkil topgan?
Download 92.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling