17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi
Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi
Download 242.72 Kb. Pdf ko'rish
|
1146 (1)
Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi. Globallashuv jarayonida yangi estetik qadriyatlar
qaror topib bormoqda. Bu insonning tabiatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatida aks etadi. Nemis faylasufi Immanuil Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: «Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyat mavjudligidan dalolat beradi», - deydi u. Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan marksizm ta’limotida keng e’tirof etildi. Natijada uzoq yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz me’moriy obidalarni asrash, tiklash haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga chiqarib qo'ydik.Hozirgi kunda shu narsa aniq boldiki, tabiatni eng ulug‘ va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib tuigan estetik savodsizlikdir. Aniqrog'i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin emas. XXI asrda olamni bilish, voqelikni estetik o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni qadriyat sifatida e’zozlashga alohida e’tibor berilmoqda. Endilikda odamlarning yaratuvchanlik faoliyati yuksalishi barobarida estetik qadriyatlarga nisbatan munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Bu o‘z navbatida inson mohiyatan eng oliy qadriyat ekanligi, inson manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash barcha islohot va evrilishlarning bosh maqsadiga aylanganligi bilan belgilanadi. Insoniyatni o‘rab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-muhit, tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Bunday qadriyatlar jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan, abadiy, mutlaq va muqaddas qadriyatlardir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling