17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi
Download 242.72 Kb. Pdf ko'rish
|
1146 (1)
Xalq amaliy san’ati va dizayn. Ma’lumki, mavjud barcha san’at asarlari o‘z o‘quvchisiga,
tinglovchisiga yoki tomoshabiniga o‘tkazadigan badiiy, estetik, ruhiy ta’siri orqali bilim beradi, tarbiyalaydi. Shu o‘rinda amaliy san’at turlarining xususiyatlari o‘ziga xos bo‘lib, ularni boshqa hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydi. Ya’ni bunday san’at asarlari ayni chog‘da ham badiiy, ham amaliy vazifalarini bajara olishi ularning ahamiyatini belgilaydi. Shuning uchun xalq amaliy san’atiga e’tibor kuchayib bormoqda. Mustaqillikdan so‘ng kandakorlik, kashtado‘zlik, zardo‘zlik kabi amaliy san’at turlariga e’tibor ortdi. «Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligini kelgusidagi rivojini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon, «O’zbekiston xalq ustasi» unvonining ta’sis etilishi, sohaga oid xalqaro konferensiyalarning o‘tkazilishi bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Vazirlar Mahkamasining 2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish masalasini Davlat dasturi ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Amaliy-bezak san’ati va hunarmandchilik bozor iqtisodiga moslashib, uning tur va janrlari bozor iqtisodi bilan bog‘liq holda rivojlanmoqda. Shaxsiy ustaxona va korxonalar tashkil etilmoqda. Mustaqillik yillari yog‘och o‘ymakorligi, uning maishiy va monumental turlarining keng rivojlanish davri boldi. Mahobatli yog‘och o‘ymakorligi keng rivoj topdi. Barpo etilgan me’moriy majmualarda bu san’at o'zining salmoqli o‘rnini egalladi. O‘zbekistonda muntazam o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda ham xalq amaliy an’atining bir qancha turlari namoyish etilmoqda. Misgarlik, kashtado‘zlik, yog‘och kandakorligi buyumlarida qadim ustalarimiz an’analarining zamonaviy uslublar bilan uyg‘unlashtirilgani turmush estetikasining yuksalishida katta ahamiyat kasb etadi. Bu buyumlar xorijliklarning ham e’tiborini tortmoqda. Bugun milliy hunarmandchiligimiz nafaqat O‘zbekistonda balki jahonga ham mashhur bo‘lib bormoqda. Hindiston, Xitoy, Shuningdek, Yevropa mamlakatlarida xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari tashkil qilinayotgani fikrimiz dalillidir. Dizayner va ustalarimiz nafaqat respublikamizdagi zamonaviy inshootlarda, balki chet ellarda masjid va madrasalar, islom san’ati muzeylari interyerlarini bezashda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqdalar. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik va xalq amaliy san’ati yodgorliklari o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarning namunalari bo‘lib, xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi. Xalq amaliy san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy-estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o‘zbek xalqi amaliy san’ati kishilarning badiiy, axloqiy, umuminsoniy jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan hisoblanadi. Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar- joylarda amaliy san’atning bir qancha turlarini ko‘rish mumkin. Turar-joylarning turli-tuman badiiy-texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy bezak turlari, O‘zbekiston me’morchiligida ham muhim o‘rin tutadi. Interyerlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Yog‘och o‘ymakorligi faqat intererning sirtida namoyon bo'lib qolmay turli shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu interyer uchun ishlangan stol, stullar, xontaxtaning nafaqat shaklining bejirimligi balki yog‘och fakturasining go‘zalligi va ularga berilgan ishlov hamda naqshlarning betakror va yengilligi kishiga zavq bag‘ishlaydi. Toshkent turar-joy me’morchiligida O‘rta Osiyo me’morchiligi amaliyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch naqqoshligi hamda o‘ymakorligi shular jumlasidandir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling