17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi
Zamonaviy shaharsozlik estetikasi
Download 242.72 Kb. Pdf ko'rish
|
1146 (1)
Zamonaviy shaharsozlik estetikasi inson kamolotida muhim o‘rinni egallaydi. Har bir
viloyat, shaharning o‘ziga xos shaharsozlik an’analari mavjud bo‘lib, ular davrlar mobaynida takomillashib, milliy va zamonaviy an’analarni uyg‘unlashtirib boradi. Mustaqillik yillarida shaharsozlik beqiyos o‘zgarishlarga, taraqqiyotga yuz tutdi. Shaharlarda nafaqat tarixiy obidalar qayta tiklandi, balki ziyoratgohlar obodonlashtirildi, qator zamonaviy kasb-hunar kollejlari, maktablar, zavodlar, fabrikalar, sport maydonlari, shifoxonalar, mehmonxonalar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, bozorlar, yo‘llar, ko‘priklar, savdo majmualari, favvoralar, gulzorlar barpo etildi. Ayniqsa keyingi yillarda bu sohada muhim o‘zgarishlar bo‘ldi. Turar-joylarni takomillashtirish, badiiy loyihasini muhandis, dizayner mutaxassislar yordamida qulay, chiroyli, shinam bolishiga erishish uchun maxsus loyihalar qabul qilinmoqda. Zamonaviy shaharsozlik dizaynini takomillashtirish uchun «Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, Shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish» taqozo etiladi. Bugun O‘zbekistonning barcha shaharlarida katta hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat markazlari Nukus, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Buxoro, Guliston, Qarshi, Termiz kabi shaharlarni zamonaviy me’morlik talablari asosida tubdan qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday keng ko'lamli ishlar natijasida Samarqand shahri jahondagi inson o‘z umri davomida albatta borib ko‘rishi zarur bolgan 50 shaharning biriga aylandi. Buyuk Britaniyaning «Ekonomist» jurnalida e’lon qilinishicha Toshkent shahar obodligi va yashash uchun qulayligi jihatidan dunyo reytingida 140 ta shahar orasida 58 o‘rinni egalladi. Bu misollarning barchasi madaniy makonda dizaynning o‘rni va roli ortib borayotganini ko‘rsatadi. Nafaqat Toshkent, balki butun O‘zbekistonning go'zalligi dunyoga namoyon qilinmoqda. Bunda funksionallik va badiiylik, foydalilik va go‘zallik, tejamkorlik va ta’sirchanlik, qulaylik va shinamlik kabi dizayn paradigmalari madaniy makonni shakllantirishning asosiy omili boladi va dizaynning insonparvarlik maqsadini namoyon etadi. Bu milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligi, urf-odat va an’analar, tarixiy tajribaga asoslangan holda sog‘lom turmush tarzi va qulay sharoit yaratib berish, bir so‘z bilan aytganda yurtimizdagi obodlik va farovonlik bilan belgilanadi. Dizaynning estetik xususiyatlari. Italyanchada loyiha, rasm ma’nolarini anglatuvchi disegno so‘zi o‘rta asrlarda inson tabiatida mavjud bolgan ijodkorlik xususiyatlarini ham ifodalagan. Ammo, «ingliz tilidagi design so‘zi birinchi marta 1919-yil ingliz rassomi Djozef Sinelo tomonidan sanoatda ishlab chiqarilgan narsalar namunasiga nisbatan qollanilgan. Bunda u aniqroq ifodalash uchun industrial so‘zini kiritib «industrial design» sanoatga, uning taraqqiy etgan mashina texnikasi va seriyali ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi badiiy predmetli ijod sohasini anglatuvchi so‘z birikmasini qollaydi. Vaqt o‘tishi bilan bu termin xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib bordi». Dizayn avval narsa va buyumlar olamini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati bo‘lsa bugunga kelib inson faoliyatining barcha yo‘nalish va ko‘rinishlarini qamrab olib, nufuzli, keng tarqalgan ijodiy faoliyatga aylandi. Narsa va predmetlar, atrof-muhitni loyihalar ekan dizayner ayni paytda inson va uning hayot tarzini ham loyihalaydi. Dizaynning eng asosiy estetik xususiyatlaridan biri, mahsulot sifatini oshirishning ta’sirchan vositasi ekanligidadir. U ilmiy tafakkurning so‘nggi muvaffaqiyatlarini o‘zida gavdalantiradigan, eng yuksak texnikaning iqtisodiy, estetik va boshqa iste’molchilik talablariga javob beradigan, jahon bozorida raqobatbardosh bolishi kerak, bunda esa hal qiluvchi omil dizayndir. Dizayn bu ijodiy faoliyat bolib, uning maqsadi sanoat mahsulotlari shakli va sifatini beigilab berishdir. Bu xususiyatlar mahsulotning tashqi belgilarini qamrab oladi, shu bilan birgalikda mahsulotni xaridor-iste’molchi nuqtayi nazarida ham, tayyorlab yetkazib beruvchi nuqtayi nazaridan bir butunlikka olib keluvchi funksional va strukturaviy aloqadorligini ham o‘z ichiga oladi. Dizayn amaliy san’at sohalarini sanoat olamiga ham tatbiq etib, mahsulot shaklini faqat mantiqiy tuzilish, maqsadga muvofiq emas balki, hissiyotlarga ta’sir etishini ta’minlaydi. Dizayn bugun jamiyatning ilmiy-texnik va estetik darajasini ham ko‘rsatadi. Bu biz kundalik amaliyotimizda qo‘llaydigan mehnat qurollaridan tortib, uy jihozlari-yu, kommunikatsion vositalar televizor, kompyuterlarda ham namoyon bo‘ladi. Bugungi kunga kelib dizayn kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Shaharsozlikdan tortib, xonadonimiz interer (ichki ko‘rinishi) va ekstereri (tashqi ko‘rinishi), transportdan tortib, mehnat vositalarigacha, maishiy turmush buyumlar olamidan tortib, liboslar, daftar-kitobdan tortib, gazeta-jurnallargacha ularning ishtiroki zaruriyatga aylanib qolgan. Dizayn so‘zining o‘zi inglizcha chizish, loyihalash ma’nosini anglatadi. U inson moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol buyumlari olamini uyg‘unlashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyatdir. Mustaqillikdan so‘ng aholi turmush darajasining yuksalayotganligi, estetik madaniyatning takomillashib borayotganini kuzatish mumkin. Bunda dizayn katta rol o‘ynamoqda. Bugungi dizayn moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurish, uni xalqimiz manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat qilmoqda. Download 242.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling