17. Quduqlarni o'rganishning geofizik metodlari va ularning tutgan o'rni
Undalgan qutblanish karotaji (VP)
Download 137.15 Kb.
|
17. Қудуқларни ўрганишнинг геофизик методлари ва уларнинг тутган ўрни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yadro – fizikaviy karotaj
- Gamma – karotaj
- Gamma – gamma karotaj (GGK)
Undalgan qutblanish karotaji (VP)
Bu karotaj turida tok yuborilgan vaqtda potentsiallar ayirmasi o't va tok o'chirilgandan so'ng undalgan ВП o'lchanadi. Shuning uchun VP karotajida impul`sli tok (bir sekundda 10-20 impulslar) ishlatiladi. Ma'danlarni izlashda qo'llaniladi. Yadro – fizikaviy karotaj Yadro – fizikaviy karotaj – jinslarning tabiiy radioaktivligini va sun'iy gamma va neytron nurlanishlar ta'sirida hosil bo'lgan ikkilamchi gamma va neytronlar nurlanishlarining keskinligini o'rganishga asoslangan. Elektrik karotajga nisbatan yadroviy karotajni temir quvurlar bilan mustahkamlangan va quvursiz quduqlarda o'tkazish mumkin. Gamma – karotaj Gamma – karotaj - (GK) quduqdagi tog' jinslarining tabiiy - nurlanishini o'lchashga asoslangan. GK ning maqsadi quduqlarning geologik kesimini o'rganish va taqqoslash hamda chuqurlikda yotgan radioaktiv ma'danlarni aniqlashdir. GK quduq radiometri (zond) yordamida o'tkaziladi. Radiometrning stsintillyatsion schyotchigi zond ichida joylashgan holda quduqda harakat qilgan paytida, qog'oz tasmasiga - nurlanishning keskinligi qayd etiladi. Gamma – gamma karotaj (GGK) GGK – tog' jinslarini sun'iy - nurlanish ta'sirida sochilgan ikkilamchi - kvantlarning keskinligini o'lchashga (o'rganishga) asoslangan. GGK nurlantiruvchi - kvantlarning energiyasi bo'yicha ikkita usulga bo'linadi. Energiyasi 0,5 dan 2 Mev gacha bo'lgan - kvantlar bilan jinslarni nurlantirish natijasida kompton – sochilish jarayoni sodir bo'ladi. Sochilgan ikkilamchi - kvantlar keskinligi, jinslar zichligiga bog'liq. Agar, jinsning zichligi katta bo'lsa, sochilgan - kvantlar keskinligi past bo'ladi; agar, zichlik kichik bo'lsa – sochilgan - kvantlar keskinligi yuqori bo'ladi. Bu usulda tog' jinslarining zichligi aniqlanadi va GG karotaj zichligi bo'yicha deb ataladi. Gamma – kvant manbaalari sifatida Со60(1,25 Мev) vа Сs137 (0,66 Мev) izotoplar ishlatiladi. 1) Ikkinchi usulda jinslarning va rudalarning tarkibi aniqlanadi. Energiyasi 0,1 dan 0,3 Mev gacha bo'lgan - kvantlar bilan jinslarni nurlantirish natijasida fotoelektrik yutilish jarayoni sodir bo'ladi. Gamma – kvantlarni yutilishi jinslardagi elementlar atom yadrolarining og'irligiga bog'liq. Agar, jinslarning tarkibida atom nomeri yuqori bo'lgan elementlar (temir, qurg'oshin, bariy, volfram, simob va boshqalar) bo'lsa - kvantlar kuchli yutiladi va natijada ikkilamchi sochilgan - kvantlar keskinligi past bo'ladi. Bu karotaj usuli selektiv gamma – gamma karotaj deb ataladi va jinslarning tarkibida og'ir elementlar borligi aniqlanadi. Bu usulda - kvant manbaalari sifatida Со57, Se75 izotoplar ishlatiladi. GGK egri chiziqlari GK chiziqlariga o'xshagan bo'ladi. Shuning uchun qatlamlarning chegaralarini ajratish usuli bir xil bo'ladi. G'ovakligi, zichligi past bo'lgan jinslar GGK diagrammalarida yuqori qiymatga ega (max) bo'lgan anomaliyalar bilan kuzatiladi. Zich jinslar qatlamlari minimum (min) past qiymatlar bilan kuzatiladi. Download 137.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling