17. Quduqlarni o'rganishning geofizik metodlari va ularning tutgan o'rni


PS karotaj ma'lumotlarini talqin qilish


Download 137.15 Kb.
bet3/6
Sana18.12.2022
Hajmi137.15 Kb.
#1027404
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17. Қудуқларни ўрганишнинг геофизик методлари ва уларнинг тутган ўрни

PS karotaj ma'lumotlarini talqin qilish
Gilli jinslar ro'parasida musbat maksimum PS anomaliyalari kuzatiladi; g'ovaklik singdiruvchan jinslar (qumlar, qumtoshlar, darzli ohaktoshlar) – manfiy anomaliyalari bilan belgilanadi.
Sulfidlar, antratsit, grafit qatlamlari kuchli musbat va manfiy anomaliyalar bilan kuzatiladi.
Zich qumtoshlar, ohaktoshlar, otqindi jinslar kuchsiz anomaliyalar bilan
kuzatiladi.
Quduqdagi burg'ilash eritmasi yoki suv oqib ketgan joylar manfiy anomaliyalar bilan belgilanadi. Suv oqib keladigan joylar – musbat anomaliyalar bilan belgilanadi.
PS chiziqlarda nolli chiziq bo'lmaydi. PS diagrammalarida shartli nolli chiziqlar o'tkazish mumkin: gillar «nolli» chiziq va qumtoshlar «nolli» chiziq. Gillar «nolli» chiziq qalin bir jinsli gilli qatlamlar ro'parasidagi « » potentsiallarining maksimal musbat qiymatlari bo'yicha o'tkaziladi. Bu shartli chiziq o'ng tamonda joylashadi. Qumtoshlar «nolli» chiziq maksimal manfiy potentsiallar qiymatlari bo'yicha o'tkaziladi va u chap tomonda joylashadi.
PS anomaliyalar bo'yicha qatlamlar qalinligi aniqlanadi. Agar, qatlam qalinligi 2-4 marta quduq diametridan katta bo'lsa (qalin qatlam), unda uning ustki qismi va tagi ro'parasida PS anomaliyasi qatlam markaziga mos bo'lgan maksimal qiymatining yarmiga teng bo'ladi. PS potentsialning gradienti diagrammalarida qalin qatlamning ustki qismi va tagi aniq ekstremumlar bilan kuzatiladi. Yupqa qatlamlar ingichka ekstremumlar bilan belgilanadi.
PS karotaji geologik kesimni ajratishga va ularni qo'shni quduqlarda kuzatishga, yaxshi singdiruvchan qatlamlarni (qum, g'ovakli ohaktoshlar) va yomon singdiruvchan qatlamlarni (gillar, gilli slanetslar), sulfidlarni, polimetallik ma'danlarni, ko'mirni, grafitni ajratishda hamda jinslar g'ovakligini va singdiruvchanligini baholashda qo'llaniladi.
Tuyuluvchi qarshilik usuli karotaji (KS karotaji).
Elektrik karotajning asosiy usuli. Tuyuluvchi qarshilik karotajida quduq atrofidagi jinslar solishtirma elektrik qarshiliklari bo'yicha o'rganiladi va ajratiladi.
Jinslarning tuyuluvchi qarshilik kuzatuvlariga ( )har xil omillar ko'p ta'sir etadi: qatlamning qarshiligi ( ),singish zonasining va yuvilib ketgan zonaning qarshiliklari, qatlamning atrofidagi jinslarning qarshiligi , burg'ilash eritmasining qarshiligi , qatlamning qalinligi , quduqning va singish zonasining ( )diametrlari va o'lchov ishlarining olib beruvchi zondlarning uzunligi kiradi.



Download 137.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling