17. Quduqlarni o'rganishning geofizik metodlari va ularning tutgan o'rni
Download 137.15 Kb.
|
17. Қудуқларни ўрганишнинг геофизик методлари ва уларнинг тутган ўрни
17. QUDUQLARNI O'RGANISHNING GEOFIZIK METODLARI VA ULARNING TUTGAN O'RNI Burg'ilash quduqlar devorini tashkil qilgan har xil tog' jinslarining fizik parametrlarini o'rganuvchi geofizik usullarni karotaj deb ataladi. (Karotaj) – frantsuz tilida – kernsiz (namunasiz) burg'ilash deb tarjima qilinadi. Geofizik usullarini Yer yuzasida va burg'ilash quduklarda qo'llanishida farq bor. Farqi shundan iboratki, quduq sharoitida o'lchov asbobi fizik maydon manbasiga yaqin joylashadi va karotaj usullari jinslarni ajratish qobiliyati bo'yicha qadrlanadi (dala usullari esa o'rganiladigan chuqurligi bo'yicha qadrlanadi). Quduqdagi geofizikaviy tadqiqotlar kernsiz (namunasiz) burg'ilashda kesimlarni geologik xujjatlantirish uchun hizmat qiladi va kesimning litologik, qatlamlar qalinliklari, kollektorlik va filtratsion xususiyatlari bo'yicha ma'lumotlar beradi. Karotajning asosiy maqsadi – quduq bo'yicha kesimning xususiyatini katta aniqlik bilan o'rganishdir. Karotaj o'lchovlari tog' jinslarining o'zgarmagan tabiiy holatda yotgan joylaridagi fizik xossalari bo'yicha tasavvur beradi. Bunday ma'lumotlarni boshqa hech qanday usul bermaydi. Shuning uchun quduqdagi geofizik tadqiqotlar kernni o'rganish bilan quduqdagi geologik kesimni o'rganishda va foydali qazilmalarni izlashda asosiy usullardan biri bo'lib qoladi. Bundan tashqari, karotaj dala geofizik ishlariga nisbatan tayanch usuli bo'lib qoladi. Ko'pincha dala geofizik ma'lumotlarini talqin qilish aniqligini oshirish uchun karotaj dalillaridan olingan jinslarning solishtirma qarshiligi, to'lqin tarqalish tezligi va boshqalar ma'lum parametrlar sifatida ishlatiladi. Parametrlar, karotaj kabelida o'rnatilgan o'lchov asbobini (maydon sezgirgich) quduqdan ko'targan paytida avtomatik o'lchanadi. Quduqlarda qo'llaniladigan geofizik usullar tog' jinslarining fizik xossalari farqiga asoslangan. Tog' jinslarining fizik xususiyatlarini o'rganishda quduqlarda elektrik, yadro – fizikaviy, seysmik va seysmoakustik, termik, magnit va boshqa usullar qo'llaniladi. Burg'ilash jarayonida quduqlarni texnikaviy holatini o'rganish uchun maxsus o'lchovlar olib boriladi (quduqlarni diametrini va qiyshayishini, quduqlar devorini sementlanishini, quduqqa suv oqib kelish joyini aniqlash va boshqa). Karotajda ishlatiladigan apparatura (asbob) ikkita asosiy bloklardan iborat: Quduq asbobi (zond deb ataladi) va Yer ustidagi boshqarish va qayd etish pul`ti hamma bloklar to'plami – karotaj stantsiyasi deb ataladi. Karotaj stantsiyalar komplektiga: 1) Chuqurlik asbobi (karotaj zondi); 2) Bitta, uchta yoki ko'p tomirli kabel; 3) Potentsiallar ayirmasini o'lchaydigan asboblar; 4) Elektr tok manba'lari; 5) Karotaj kabelini quduqqa tushirish va ko'tarish uchun lebyotka; 6) Kabelni quduqqa yo'naltirish uchun va chuqurlik asbobining joylashish chuqurligini qayd qiluvchi tasmani tortuvchi mexanizmiga sinxronli o'tkazish uchun, quduq oldida blok – balans o'rnatiladi. Karotaj stantsiya har xil usullar bilan o'lchovlarni olib borishi mumkin, faqat komplektga kiradigan zondlar almashtiriladi yoki kompleksning ko'p kanalli zondlari ishlatiladi. Quduqqa karotaj kabelini va zondlarni tushirish va ko'tarish uchun lebyotka, blok – balans, chuqurlik datchiklari (asboblar) ishlatiladi. O'lchanayotgan parametrlarni analog shaklida diagramma qog'oz tasmasiga yoki raqam kodida chuqurliklar 1:5000 dan 1:20 gacha mashstabida yoziladi. Karotaj stantsiyalar avtomabillarda o'rnatiladi. Karotajda bitta, uchta yoki ko'p tomirli maxsus kabellar ishlatiladi. Kabellar karotaj zondiga ulanadi. Chuqur bo'lmagan quduqlarni o'rganishda yengil, qo'lda olib yuradigan asboblar ishlatiladi. Quduqlarda geofizikaviy tadqiqotlar (QGT) o'tkazish sharoitlari QGT (ruscha GIS) o'tkazish jarayonida, o'lchov natijalariga tog' jinslarining va burg'ilash eritmalarining ta'siri katta bo'ladi. Undan tashqari, burg'ilash jarayonida quduqning diametri o'zgaradi ( kamayadi yoki oshadi). Ko'pincha burg'ilash jarayonida burg'ilash eritmalari ishlatiladi. Ushbu burg'ilash eritmalari gil zarralarining suvli aralashmasidan tayyorlanadi va shunday eritmalar gilli burg'ilash eritmasi deb aytiladi. Burg'ilash jarayonida quduqni ichidagi burg'ilash eritmaning gidrostatik bosimi qatlam bosimidan yuqori bo'lishi kerak. Shuning uchun g'ovakli, singdiruvchan tog' jins – qatlamlarida burg'ilash eritmaning fil`trati qatlamga singib ketadi, gil, zarralarining bir qismi esa quduq devorida yopishib qoladi va ular (loy) gilli po'stni tashkil etadi. Burg'ilash jarayonida quduq atrofidagi tog' jinslarda ikkita asosiy zona ajratiladi: 1) Singish zonasi – bu burg'ilash eritma fil`tratining jinslarga singib yetib borgan joyi (sohasi); 2) Yuvilib ketgan zonasi – bu burg'ilash eritmaning fil`trati bilan tog' jinslarining to'liq to'yingan zonasi. Burg'ilash eritma filtratining va Yer osti suvlarining elektr qarshiligi har xil bo'lgani uchun, jinslarning qarshiligini orttiradigan va pasaytiradigan singish kuzatiladi. Agar, singish zonasidagi elektr qarshilik, singish zonasidan tashqaridagi jinslarning qarshiligidan yuqori bo'lsa, u holda burg'ilash eritmasining fil`trati, qatlamga orttiradigan singish deb hisoblanadi. Agar, singish zonasidagi elektr qarshilik, singish zonasining tashqaridagi elektr qarshiligidan past bo'lsa, unda burg'ilash eritmasining fil`trati, qatlamga pasaytiradigan singish deb hisoblanadi. Download 137.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling