Neytronli – gamma karotaj (NGK)
Neytronli – gamma karotaj (NGK) – tog' jinslarini neytron – nurlanish ta'sirida hosil bo'lgan ikkilamchi - kvantlar keskinligini o'lchashga asoslangan. NGK jinslarda vodorod borligi, ularning g'ovakligi va quduqlarning texnik holatini kuzatish uchun qo'llaniladi.
Manbaadan tarqalgan tez neytronlar vodorod yadrosi bilan uchrashganda energiyasini yo'qotadi va kichik masofani bosib (15-30sm) iliq neytronlarga o'tib atom yadrolari bilan yutiladi. Neytronning yutilishi natijasida ikkilamchi - kvantlar chiqariladi. Agar, tarkibida vodorod bo'lgan jinslarni tez neytronlar bilan nurlantirilsa, manbaa yonida iliq neytronlar ko'p bo'ladi va ikkilamchi - kvantlar keskinligi ortadi, manbaadan katta masofada esa (>40 sm) iliq neytronlar kam bo'ladi va ikkilamchi - kvantlar keskinligi past bo'ladi.
Akustik karotaj (AK)
AK – elastik to'lqinlar tebranish manbai va qabul etuvchi yoki ikkita qabul etuvchilar (priemnik) orasida joylashgan jinslardan tarqalish vaqtini o'lchashga asoslangan.
Tebranish manbai va qabul etuvchi, quduqda bir-biridan doimiy masofada (0,5 – 1 m) joylashgan holda ko'chiriladi.
Elastik to'lqinlar manbai qabul etuvchining orasidagi aniq masofada tarqalgan vaqtini belgilab, ularning shu oraliqdagi tarkalish tezligi aniqlanadi. Akustik karotajda aniqlangan tezlik qatlam yoki oraliq tezligi deb ataladi. Bu tezlik oraliqda aniqlangani uchun haqiqiy tezlikka yaqin bo'ladi.
Manbadan tarqalgan to'lqin bir qism yo'lini tezligi past bo'lgan gilli eritma va gilli po'stidan o'tgani uchun, kuzatuvlarga hatolar kiritiladi.
Qatlam tezligini aniqlash hatosini kamaytirish uchun ikkita qabul etuvchilar orasidagi masofani to'lqin o'tish vaqti (ikkita qabul etuvchilarga to'lqin kelgan vaqtlarning ayirmasi) o'lchanadi. Qabul etuvchilar orasidagi masofaning kuzatilgan vaqtga nisbati tezlikka teng bo'ladi.
Quduqlarning texnik holatini o'rganish usullari
Quduqlarning texnik holatini o'rganish uchun inklinometriya, kavernometriya va boshqa tadqiqotlar o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |