17. Quduqlarni o'rganishning geofizik metodlari va ularning tutgan o'rni


Download 137.15 Kb.
bet2/6
Sana18.12.2022
Hajmi137.15 Kb.
#1027404
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17. Қудуқларни ўрганишнинг геофизик методлари ва уларнинг тутган ўрни

Elektrik karotaj usullari
Elektrik karotaj – bunda quduqlarda elektr usullari bilan tadqiqotlar o'tkaziladi. Quduqlarda tabiiy elektr maydonlar (PS), undalgan potentsiallar (VP), tuyuluvchi solishtirma qarshilik (КS) o'lchanadi.
Elektrik karotaj o'lchovlarini faqat quvurlar bilan mahkamlangan (quvursiz) quduqlarda o'tkazish mumkin.
Elektr karotajning har xil usullarida har xil zondlar ishlatiladi. Zond quduqqa tushiriladi.
Eng oddiy zondda karotaj kabeliga bitta, ikkita yoki uchta qo'rg'oshindan ishlangan elektrodlar mahkamlangan bo'ladi. Bunday zondlar burg'ilash eritmasi yoki suv bilan to'ldirilgan quduqlarda qo'llanadi. Quriq quduqlarda sirg'anuvchi elektrodlar ishlatiladi. Ularning har bittasi metallik cho'tkadan iborat bo'lib, tekis metallik prujina ustida izolyator oboymasiga mahkamlanadi. Bu prujinalar quduq devorlariga elektrodlarni siqib turadi.
O'lchanayotgan potentsiallar ayirmasi qayd etuvchining maxsus o'zgartiruvchi mexanizmi bilan kompensatsiya qilinadi. Bu mexanizm diagramma tasmasi ustiga o'rnatilgan yozgich (qalam) bilan ulangan. Kompensatsiya paytida qalam tasmaga ko'ndalang, o'lchangan kuchlanishga proportsional masofaga siljiydi. Tasma harakat qilganda potentsiallar ayirmasining egri chizig'ining chuqurlik bo'yicha o'zgarishi chiziladi.
Elektrik karotaj o'tkazilganda ta'minovchi elektrodlarga past chastotali o'zgaruvchan tok yuboriladi. Bunda bir vaqtda bir nechta parametrlarni yozish va halaqit etuvchi elektr signallarni so'ndirishga imkon tug'diriladi.
Tabiiy maydon usuli bilan karotaj o'tkazish (karotaj PS)
Bu usul quduq bo'yicha tabiiy (o'zidan – o'zi hosil bo'lgan) potentsiallarni o'lchashga asoslangan. O'zidan – o'zi hosil bo'lgan potentsiallar keskinligiga, ishorasiga jinslar tarkibi va elektr kimyoviy aktivligi, burg'ilash eritma yoki suvning minerallashganligi, qatlamdagi va burg'ilash eritmasining bosimlari farqi katta ta'sir etadi. Potentsiallar ikkita qabul qiluvchi elektrodlar yordamida o'lchanadi.
PS karotajni quduq burg'ilangandan so'ng 12 soat oralig'ida o'tkazish shart.
Bo'lmasa o'lchanayotgan tabiiy potentsiallar quduq bo'yicha (o'zgarmaslik kuzatiladi) barqaror bo'lib qoladi.
Ko'pincha, karotaj PS potentsiallar usuli bilan bajariladi, ya'ni quduq yonida (og'zi yonida) bitta o'zgarmas qabul qiluvchi (N) elektrod yerga tutashtirilgan va ikkinchisi quduqda harakat qiladigan qabul etuvchi (M) elektroddan iborat bo'lgan zond (qurilma) bilan o'tkaziladi (79–rasm).
Agar, elektr halaqit beruvchilar bo'lsa, karotaj PS potentsiallar gradienti usuli bilan o'tkaziladi. Bu holatda quduqda ikkita M va Nelektrodlar orasidagi masofa (1 – 2 sm) doimiy bo'lib ko'chiriladi. Natijada millivoltda o'lchanadigan manfiy va musbat tabiiy potentsiallar (PS) anomaliyalari kuzatiladi. Bu PS anomaliyalari bo'yicha elektrkimyoviy aktivligi har xil bo'lgan qatlamlar ajratiladi.

Download 137.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling