1. Muvozanat sharti tekshirilayotgan jismni (yoki jismlarni) aniqlash.
Masalalarni echishdan oldin berilgan yoki izlanayotgan noma’lum kuchlar qaysi jismga qo‘yilayotganligi aniqlanadi. (Masalan, agar tayanchga tushayotgan bosim kuchini aniqlash zarur bo‘lsa, shu tayanchga ta’sir qilayotgan jismning muvozanat shartlarini aniqlash lozim bo‘ladi).
Agar berilgan kuchlar jismning bir qismiga ta’sir etib, izlanayotgan noma’lum kuchlar jismning boshqa qismida bo‘lsa, yoki berilgan kuchlar va izlanayotgan noma’lum kuchlar bir necha qismlardan tashkil topgan jismga ta’sir etayotgan bo‘lsa, jismni bir necha qismlarga ajratish yoki ularning muvozanat shartlarini birin-ketin tekshirish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |