Geometrik usul.
Jismga ta’sir etayotgan (berilgan yoki noma’lum) kuchlar soni uchtadan oshmasa, faqat geometrik usul qo‘llanilishi tavsiya etiladi. U holda jismga ta’sir etayotgan uchta kuchdan iborat ko‘pburchak yopiq holda bo‘lib, kuch uchburchagini tashkil etadi. Kuch uchburchagini qurishni, qiymati va yo‘nalishi ma’lum bo‘lgan kuchdan boshlanadi. So‘ngra hosil bo‘lgan kuch uchburchagidan noma’lum qiymatlarning yo‘nalishlari va modullari aniqlanadi.
Analitik usul.
Analitik usulni qo‘llashda jismga ta’sir etayotgan kuchlarning soni ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Avvalo tegishli yo‘nalishda koordinata o‘qlarini yo‘naltirish lozim. Agar jismga qo‘yilgan kuchlar bir tekislikda joylashgan Kesishuvchi kuchlardan iborat bo‘lsa, muvozanat tenglamalar sistemasi ikkita (2.12 formulalar), agar jismga qo‘yilgan kuchlar fazoda joylashgan Kesishuvchi kuchlardan iborat bo‘lsa, muvozanat tenglamalar sistemasi uchta (2.11 formulalar) tenglamalardan iborat bo‘ladi. Koordinata o‘qlarini yo‘naltirishning optimal yo‘llaridan foydalanish lozim, buning uchun o‘qlarning yo‘nalishini shunday tanlash lozimki, noma’lumlar iloji boricha faqat bitta o‘qqagina proektsiyalansa, tenglamalarni echish qulayroq kechadi.
Birinchi marta masala echuvchilar uchun maslahatimiz shuki, tenglamalar tuzishlaridan oldin har bir kuchning o‘qlardagi proektsiyalarini avvaldan hisoblab alohida qog‘ozga jadval qilib yozib olsalar (4 -masalaga q.) xatoga yo‘l qo‘yilish kamayadi.
Ba’zi bir qo‘shimcha ko‘rsatmalarni quyidagi masalalarni echish davomida aytib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |