Geometrik usul.Jism muvozanat holatda bo‘lgani uchun, unga ta’sir etuvchi , va kuchlard siniq chiziqdan iborat kuch uchburchagini tashkil qiladilar. Kuch uchburchagini qurishni moduli va yo‘nalishi aniq bo‘lgan kuch vektoridan boshlash lozim (23- b shakl). Chizmadan tashqarida bo‘lgan ixtiyoriy joyda a - nuqta tanlab olamiz va tanlangan masshtabda yukning og‘irlik kuchini - vektor shaklda ifodalaymiz, uning oxirini b-nuqta bilan belgilaymiz. Bu vektorning boshidan (a - nuqtadan) -kuchiga parallel, oxiridan (b-nuqtadan) -kuchiga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazamiz, ularning kesishgan nuqtasi, abc - kuch uchburchagining uchinchi nuqtasi, ya’ni s-nuqtani belgilab beradi.
Bu kuch uchburchagining tegishli tomonlarining uzunligi tegishli kuchlarning tanlangan masshtabdagi modullarini aniqlab beradi (Masalan, R=ab, N=bc, F=ca). Kuchlarning yo‘nalishini strelkalarning yo‘nalishiga qarab aniqlanadi. Jism muvozanatda bo‘lgani uchun strelkalar birin-ketin davom etib ketishi lozim (ya’ni birining oxiriga ikkinchisining boshi qo‘yiladi). Ðbac=900, Ðabc=a - ga teng bo‘lgani uchun,
N=R/cosa.
ekanligini aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |