4. Noma’lumlarni aniqlash, masalaning echimini tekshirish.
Masalalarni echishda, jismlarning va ularga qo‘yilgan kuchlar sistemasining chizmasini sifatli qilib chizilishi katta ahamiyatga ega. Yaxshi qilib chizilgan chizma muvozanat tenglamalarini tuzishda sodir bo‘ladigan xatoliklarni kamayishiga va echimni to‘g‘ri yo‘ldan borishligiga katta yordam beradi.
Barcha hisoblash ishlarini algebraik tenglamalar orqali olib borishlik tavsiya etiladi. Umumiy holda olib borilgan hisoblar, keyinchalik tenglamalarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tezda aniqlash uchun katta yordam beradi (tenglamalardagi qiymatlar bir xil o‘lchovli bo‘lishlari shart). Kuchlarning son qiymatlarini faqat masalani echib bo‘lgandan keyingina qo‘yishlik tavsiya etiladi.
Ushbu paragrafda faqat Kesishuvchi kuchlar qo‘yilgan jismlarning muvozanatiga oid masalalarni ko‘rib chiqamiz xolos. Ularni echish uchun geometrik yoki analitik usuldan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |