2.3 § Kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanati.
Biror qattiq jismga qo‘yilgan kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanat holatda bo‘lishligi uchun, ularning teng ta’sir etuvchisi, ya’ni ularning bosh vektori nolga teng bo‘lishi zaruriy va etarli shart hisoblanadi . Ushbu muvozanat shartlarning geometrik va analitik ifodalari quyidagicha bo‘ladi:
1. Muvozanatning geometrik sharti
Kuchlar sistemasining bosh vektori kuch ko‘pburchagini yopuvchi vektor bo‘lganligi sababli (15- shaklga q.), -nolga teng bo‘lishi uchun, oxirgi kuchning uchi birinchi kuchning boshi bilan uchrashishi shart bo‘ladi, ya’ni kuch ko‘pburchagi o‘z-o‘zidan yopiladi.
Demak, Kesishuvchi kuchlar sistemasi muvozanatda bo‘lishi uchun, shu kuch vektorlaridan qurilgan kuch ko‘pburchagi o‘z-o‘zidan yopiq ko‘pburchakni tashkil etishi, zaruriy va etarli shart hisoblanadi.
2. Muvozanatning analitik shartlari
Bosh vektorning moduli analitik usulda quyidagi formula bilan aniqlanadi,
Ildiz ostidagi, yig‘indilarning har biri musbat sonlardan iborat bo‘lganligi sababli, har bir yig‘indi bir vaqtni o‘zida Rx=0, Ry=0, Rz=0, ya’ni (10.8) formulaga asosan,
(2.11)
bo‘lgandagina bosh vektor R - ning moduli nolga teng bo‘ladi.
(2.11) tenglamalar sistemasi Kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanat tenglamasi deyiladi, ya’ni fazoda joylashgan Kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanatda bo‘lishi uchun, kuchlarning uchta koordinata o‘qlaridagi proektsiyalarining har bir o‘qdagi yig‘indilari nolga teng bo‘lishlari zaruriy va etarli shart hisoblanadi.
21-shakl
Agar jismga qo‘yilgan Kesishuvchi kuchlar bir tekislikda joylashgan bo‘lsa, unday kuchlar tekislikda joylashgan kuchlar sistemasi deb ataladi va ularning muvozanat tenglamalarining soni ikkita bo‘ladi,
(2.12)
Do'stlaringiz bilan baham: |