18- mavzu Word, Excel, PowerPoint, Access, yangi versiyalarining oldingi versiyalaridan farqli imkoniyatlari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bloklar bilan ishlash. Nusxa ko’chirish usullari.
«FAYL OTKRO’T…» yoki
(otkro’t) piktogrammasini olib biron-bir faylni oching va uni yopmasdan turib ikkinchisini, uchinchisini oching. Vazifalar panelida uchta fayl panel xosil bo’lganini ko’rasiz. Sichqonchani ko’rsatkichi bilan ularni olib ko’ring. Bunda Siz kerakli faylga oynasiga o’tganingizni ko’rasiz Ochilgan fayllarga ALTQTAB klavishshalar kombinatsiyasi bilan o’tishingiz mumkin. O’ng yuqori burchakdagi piktogrammani olish yo’li bilan oynani vaqtinchalik yopib qo’yish mumkin. Vazifalar panelidan yopilgan panelni olish yo’li bilan uni qayta tiklash mumkin. Uchala oynani xam ishchi stolga ochib, so’ng ularin kaskad xoliga o’tkazib bir vaqtni o’zida uchala oynani xam ko’rish mumkin. Buning uchun o’ng yuqoridagi piktogrammani oling. Piktogramma 2 xil ko’rinishda bo’lishi mumkin va ko’rinishda birinchi xolda, Ishchi oyna kaskad ko’rinishida, ikkinchisida to’la oyna ko’rinishida bo’ladi. Bunda Siz oynaning ixtiyoriy chekkasiga borsangiz kursorning ko’rinishi ga aylanganini ko’rasiz. Sichqoncha chap tugmasini bosib oyna chekkasini kichraytirishingiz va kattalashtirishingiz mumkin. Siz xar bir oynani ixtiyoriy tomonga surib joylashtirishingiz mumkin. Xar bir oyna o’ng yuqori qismida joylashgan yordamida oynalarni to’lik ekran xoliga keltirishingiz mumkin Rasmda yuqoridagi amallar bajarilgandan keyingi xolat ko’rsatilgan. Bloklar bilan ishlash. Nusxa ko’chirish usullari. Ko’pincha yozilgan matnni bir qismini, biron so’zni, boshqa matnda yozilgan qismni Siz yozayotgan matningizga qo’yishingizga to’g’ri keladi. Buning uchun kerakli joy belgilanadi, buferga olinadi, kursor kerakli joyga olib kelinadi va buferdagi ko’chirilgan nusxa kerakli joyga qo’yiladi. Bu ishni amalga oshirish bir necha usullarda amalga oshirilishi mumkin. Klaviatura yordamida kursorni Siz ko’chirmoqchi bo’lgan matn boshiga yoki oxiriga olib boring. SHIFT klavishshasini bosib qo’yib yubormagan xolda navigatsiya klavishshalari () yordamida matnni belgilang. Matnni belgilab bo’lgach SHIFT klavishshasini qo’yib yuboring. Agar Siz matnni ko’p qismini belgilamoqchi bo’langiz kursorni kerakli joyga olib borib F8 klavishshasini bosing va navigatsiya klavishshalari yordamida kerakli joyni belgilang. Kerakli matnni belgilab bo’lgach CTRLQINS klavishshalar kombinatsiyasi yordamida(CTRL klavishshasi bosilib qo’yib yubormasdan turib INS klavishshasi bosiladi) belgilangan matnni buferga olasiz. Bulardan tashkari SHIFTQHOME, SHIFTQEND klavishshalari kombinatsiyalari xam matnni kursor turgan joyidan kator boshigacha va ikkinchi xolda kator oxirigacha belgilash imkonini beradi. Matnni ko’yish kerak bo’lgan joyga kursorni olib borib SHIFTQINS klavishshilar kombinatsiyasini bosing. Siz belgilagan matnni nusxasi ko’chirilganini ko’rasiz. Endi xoxlagan joyingizga borib ushbu nusxa ko’chirilgan qismni bir necha marta qo’yishingiz mumkin. Yodingizda bo’lsin buferda oxirgi marta ko’chirilgan nusxa aktiv xolda turadi. Ba’zan to’g’ri burchakli qismni ko’chirish kerak bo’lib qoladi(masalan: jadval ichidagi bir bo’lakni). Bunday belgilashni amalga oshirish uchun CtrlQShiftQF8 klavishshalar kombinatsiyasi ishlatiladi. Kursor belgilanish kerak bo’lgan joyning past yoki teppa burchak qismiga olib kelinadi CtrlQShiftQF8 klavishshalar kombinatsiyasi bosiladi, navigatsiya klavishshalari yordamida kerakli joy belgilanadi. Belgilashni bekor qilish Esc klavishshasi yordamida amalga oshiriladi. Sichqoncha yordamida matnni belgilash va ko’chirish kuyidagicha amalga oshiriladi: Sichqoncha ko’rsatkichini ko’chirish kerak bo’lgan matn boshiga yoki oxiriga olib borib chap tugmasi bosiladi va qo’yib yubormasdan kerakli matn ustidan yuritiladi. Kerakli joy belgilanib bo’lgach ko’yib yuboriladi. Instrumentlar panelidan (kopirovat) piktogrammasi olinadi. Bunda belgilangan matn buferga olinadi. Matn quyilishi kerak bo’lgan joyga borilib, sichqoncha chap tugmasi bir marta bosib qo’yib yuboriladi va (vstavit) piktogrammasi olinadi. Klaviaturada ishlanilgandagi kabi buferdagi matn xoxlagancha marta qo’yilishi mumkin. Sichqoncha yordamida belgilashda yana bir qancha imkoniyatlardan foydalanish mumkin. A) sichqoncha ko’rsatikichini matn chap tomoniga olib chiqing. Sichqoncha ko’rsatkichi strelka ko’rinishiga o’tganini ko’rasiz. Sichqoncha chap tugmasini bosing. Bunda matnning butun bir qatori belgilanganligini ko’rasiz. Agar o’sha xolatda (chap tugmani qo’yib yubormasdan) sichqoncha ko’rsatkichini tepaga yoki pastga tortib ko’rsangiz bir necha qatorni belgilanganini ko’rasiz. B) Sichqoncha ko’rsatkichini matndagi biron bir so’z ustiga olib borib ikki marta chap tugmasini bosing o’sha so’zni belgilanganini ko’rasiz. V) Sichqoncha ko’rsatkichini matndagi biron bir so’z ustiga olib borib uch marta chap tugmasini bosing butun abzatsni belgilanganini ko’rasiz. G) Ctrl klavishshasini bosib turgan xolda gapning ixtiyoriy so’zi ustida bir marta chap tugmasini bosing. Bunda o’sha so’z joylashgan butun gapning belgilanganini ko’rasiz. D) Kursorni belgilanishi kerak bo’lgan joyning boshi yoki oxiriga olib boring. Shift klavishshasini bosib turgan xolda matnni kerakli joyiga sichqoncha ko’rsatkichini olib boring va chap tugmasini bosing. Matnni belgilanganini ko’rasiz. E) To’g’ri burchakli fragmentni belgilash uchun sichqoncha ko’rsatkichini belgilash kerak bo’lgan joyning biron burchagiga olib boring. ALT klavishshasini bosib turgan xolda sichqoncha chap tugmasini bosib turgan xolda kerakli joyni belgilang. Belgilashni bekor qilish ESC klavishshasi yordamida amalga oshiriladi. Yuqoridagi amallar matndan nusxa ko’chirish va uni boshka joyga qo’yish imkoniyatini beradi. Ba’zan matn ichidagi biron so’zni (bir necha so’zni) bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishga to’g’ri keladi. Bu vazifani bajarish uchun quyidagilarni amallarni bajarishimiz kerak. Ko’chirish kerak bo’lgan fragment belgilanadi Pravka Vo’rezat (yoki (Vo’rezat)) menyusi olinadi Kursorni fragmentni qaerga qo’yish kerak bo’lsa o’sha joyga olib boring. Pravka Vstavit (yoki (Vstavit)) menyusini oling. Sichqoncha yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish uchun ko’chirish kerak bo’lgan fragment belgilanadi, sichqoncha ko’rsatkichini belgilangan matnning ixtiyoriy joyiga olib borilib chap tugmasi bosiladi va qo’yib yubormasdan matn qo’yilishi kerak bo’lgan joyga sichqoncha ko’rsatkichi olib borib qo’yib yuboriladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling