18- mavzu Word, Excel, PowerPoint, Access, yangi versiyalarining oldingi versiyalaridan farqli imkoniyatlari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Jadvallar bilan ishlash. Word 2013 matn bilan bir qatorda jadval ko’rinishidagi informatsiyalar bilan xam ishlash imkoniyatini beradi. Jadval qo’yish uchun Vstavka menyusiga kiring. U erdan lineykada joylashgan Tablitsa tugmasini bosing. Bu oynadan yuqorida qismidan katakchalar yordamida ustunlar soni va qatorlar sonini tanlashingiz mumkin. Buning uchun katakchalar ustida sichqoncha ko’rsatkichini yurgizish kifoya. Avtomatik tarzda ishchi oynada jadval xosil bo’lganini ko’rasiz. Agar bu narsa Sizga ma’qul bo’lmasa yoki ustunlar va qatorlar soni u erdagida ko’p bo’lsa Vstavit tablitsu menyusidan foydalanishingiz mumkin. Bunda rasmda ko’rsatilgan oyna xosil bo’ladi va uning yordamida Chislo stolbtsov xamda Chislo strok bo’limlardan foydalanib ustunlar soni va qatorlar sonini kiritishingiz mumkin. OK tugmasini bosing. Natijada Siz kiritgan sondagi ustun va qatorlardan iborat bo’lgan jadval xosil bo’ladi. Jadvalni xoxlagan yacheykasiga matn yozish imkoniyatiga egasiz. Yacheykalar cho’ziluvchan bo’lib ularga xoxlagancha informatsiya kiritish mumkin. Xosil qilingan jadval ustunlarini xajmini o’zgartirishingiz mumkin. Buni ikki usulda amalaga oshirish mumkin. Birinchisi jadvalni ichiga kursorni joylashtirining. Yuqori lineykada xar bir ustun uchun aloxida bo’laklar rasmda strelkalar yordamida ko’rsatilgan xosil bo’ladi. Ularni ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib boring va chap tugma yordamida ustun xajmini o’zingizga keragidek o’zgartiring. E’tibor bersangiz jadvalning umumiy (ustunlar buyicha) o’zgarganini ko’rasiz. Ikiinchisi sichqoncha ko’rsatkichini jadvalni ichida joylashgan ustun chizig’i ustiga olib boring bunda sichqoncha ko’rsatkichi shakli ikki tomonga qaragan strelka va vertikal ikkita chiziqdan iborat shaklga aylanadi. Sichqoncha chap tugmasini shu xolda bosib ustun kengligini o’zgartiring. Ikkinchi xolda ustunlar bo’yicha jadvalning umumiy kattaligi o’zgarmaydi. MICROSOFT EXCEL 2013 DASTURIDA ISHLASH Microsoft Excel 2013 dasturi elektron jadvallar ustida ishlash uchun yaratilgan amaliy dasturdir. Informatsiyalar ustida ishlayotganda jadval ko’rinishidagi informatsiyalarga murojaat qilishga to’g’ri keladi. Bunda dastlabki ma’lumotlarga asoslanib natijalar olinadi. Tablitsali informatsiyalar olingan ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Hozirda Microsoft Office firmasining Windows (7,8) qobig’ida ishlovchi Microsoft Excel 2013 dasturlari ishlab chiqilgan bo’lib u keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Microsoft Office eng ommalashgan programma vositalariga ega bo’lib, bu programma vositalari ihtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkoniyatini beradi. Excel 2013 dasturi elektron jadval ko’rinishidagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, u jadvallar ustida turli amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Bu dastur Windows 7 va 8 operatsion qobig’i boshqaruvi ostida ishlaydi. Excel 2013 hujjatlarni fayl holatida xotirada saqlaydi va fayllarning kengaytmasi .xlsx ko’rinishida bo’ladi. Excel da bu kabi fayllar “Ishchi kitoblar” (Workbook) deb nomlanadi. Har bir faylda 1 dan 255 ta elektron jadval List ko’rinishida joylashgan bo’lishi mumkin va ularning har biri “Ishchi varaq” (Sheet) deb ataladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling