18- mavzu Word, Excel, PowerPoint, Access, yangi versiyalarining oldingi versiyalaridan farqli imkoniyatlari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Yangi List qo’shish, uni nomini va rangini o’zartirish. Excel 2013 yangi ishga tushgan vaqtda unda faqat
1 ta List mavjud bo’ladi (Agar foydalanuvchi Excel ni sozlash parametridan bu sonni o’zgartirmagan bo’lsa). Yangi List qo’shish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin. Excel oynasining pastki qismidan List1 yonida joylashgan plyus tugmasini olish kifoya. Natijada yangi List2 xosil bo’ladi. Uni yordamida 255 tagacha List qo’shish mumkin. Glavnaya menyusidan Yacheyki bo’limidagi Vstavit bo’limini o’ng tomonidagi pastga qaragan tugmani bosamiz va u erdan Vstavit list ni oling. Ixtiyoriy List ni tanlang va uning ustida sichqoncha o’ng tugmasini bosing. Xosil bo’lgan oynadan Peremestit ili skopirovat bo’limini oling. Keyingi oynadagi Sozdat kopiyu bo’limiga sichqoncha yordamida belgi qo’ying (Sichqoncha ko’rsatkichini to’rtburchak ustiga olib borib bir marta bosing). So’ng OK tugmasini bosing. Natijada Siz tanlagan List ning nusxasi paydo bo’ladi. Bu endi yangi aloxida List bo’lib u boshqa List lar bilan teng kuchlidir. List larni nomini o’zgartirish uchun quyidagi usullardan foydalaning: List nomi ustida sichqoncha o’ng tugmasini bosing va xosil bo’lagan menyudan Pereimenovat bo’limini tanlang. Mavjud list nomini o’chirib yuboring va yangi nomini kiriting. List nomi ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosing va uni nomini o’zgartiring. Mavjud list nomini o’chirib yuboring va yangi nomini kiriting. Glavnaya menyusining Yacheyki bo’lmidan Format tugmasi yonidagi uchburchakni oling va xosil bo’lgan menyudan Pereimenovat list bo’limini tanlang. Mavjud list nomini o’chirib yuboring va yangi nomini kiriting. List nomi foni va rangini o’zgartirish uchun List nomi ustida sichqoncha o’ng tugmasini bosing va xosil bo’lgan menyudan Tsvet yarlo’chka bo’limini oling va kerakli rangni tanlang. Boshqa List lar uchun xam shu amalni bajarib ko’ring. List lar nomi joylashgan joy rangi o’zgarganini kuzating. Xuddi shu narsani Glavnaya menyusining Yacheyki bo’lmidan Format tugmasi yordamida xam amalga oshirish mumkin. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling