18-amaliy mashg‘ulot. O‘zga gapli qurilmalar tahlili


Download 27.45 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi27.45 Kb.
#1160822
Bog'liq
18-amaliy. O‘zga gapli qurilmalar tahlili


18-amaliy mashg‘ulot. O‘zga gapli qurilmalar tahlili



  1. Qanday gaplarga o’zga gapli qurilmalar deyiladi?

  2. O’zga gapli qurilmalar qanday tinish belgisi bilan yoziladi?

  3. Muallif gapi va o’zga gapining joylashishi haqida gapiring.

  4. O’zga gapli qurilmalar qanday qismlardan tashkil topadi?

  5. Muallif gapi deb qanday gapga aytiladi?

  6. Qanday gapga o’zganing gapi deyiladi?

  7. O’zga gapli qurilmalarda muallif gapi bilan o‘zga gapi qanday tinish belgilari bilan ajratilishi haqida so‘zlang.

  8. Quyidagi topshiriq va mashqlarni bajaring.



Topshiriq. Muallif gapi va ko‘chirma gapni, ularning joylashish o‘rnini aniqlang. Tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor bering.
1. «Rahmat, ona qizim», – dedi muharrir mehri tovlanib. (Murod Muhammad Do‘st) 2. «Ke, picha dam ol, chirog‘im, toza charchabsan», – dedi bobom. (Oybek) 3. Kampir oyoq ostida o‘sgan o‘tdan yulib, kiyik tomon yura boshladi: «Ma, jonivor, ma!» (Said Ahmad) 4. «Shoshmang, Ahmadjon», – dedi yigit. (Abdulla Qahhor) 5. Xalil bobo nevarasiga girgitton bo‘lib: «Hoy bolam, senga nima bo‘ldi? A? Nima qildi, toychog‘im-a?», – der edi. (A. Muqimov) 6. «Zab yigit ekansiz-da, Tursunalijon. Barakalla, barakalla», – dedi u. (A. Muqimov)


1-mashq. Ko‘chirma gap va muallif gapini aniqlab, tinish belgilarini qo‘yib, ko‘chiring.
1. Odob o‘rgatsalar, quloq sol deydi Yusufiy Birov odob o‘rgatsa, o‘rganmagan kishi hayvon kabidir. 2. Alisher Navoiy deganlar Befoyda so‘zni ko‘p aytma va foydalig‘ so‘zni ko‘p eshiturdan qaytma. 3. Navbat o‘ziga kelganda, ayvondan turib Maxdum baqirdi Ra’no, akangning qo‘liga suv quy! (Abdulla Qodiriy) 4. Ha dedi Nafisa qat’iy qilib aytmoqchi emas edim, endi aytadigan bo‘ldim. (Asqad Muxtor)


2-mashq. Ko‘chirma gap va muallif gapini topib, ularning o‘rnini aniqlang. Tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor bering.
1. «Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan, – deydi Mahmud Koshg‘ariy, – baxt va davlat ketadi». 2. Abu Rayhon Beruniy aytadi: «Yaxshi xulq yaxshilikning alomatidir». 3. Alisher Navoiy shunday demish: «Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur, Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur». 4. «Temur tuzuklari»da shunday deb bitilmish:
«Tajribamdan ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdur».


3-mashq. Matnni o‘qing. O‘zga gapli qurilmalarni aniqlang.
Sinf bo‘yicha faqat Xolmatda motorli velosiped bor. U bolalarni velosipedi yoniga yo‘latmas, menga bo‘lsa hammaga eshittirib: «Ilhom, bir kataysa qilib kelmaysanmi?» – derdi. Bilaman, vazifani mendan ko‘chirayotgani uchun shunday qiladi.
Bir kuni qiziq bo‘ldi. Yozma ishimni u ko‘chirayotganida, Iskandar aka payqab qoldi:
«Sen do‘st emassan, – dedi Iskandar aka, – do‘st o‘rtog‘ini yengilning ostidan, og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmaydi».
Tanaffusda Xolmatni bir chetga tortdim-da: «Bundan keyin o‘qi. Endi daftar berish yo‘q», – dedim. (A. Ko‘chimov)


Uyga vazifa: Yuqoridagi savol va topshiriqlar asosida konspekt qiling va mavzuni o‘zlashtiring.
Download 27.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling