18-Maruza: G‘alla hosilini yig‘ishtirish texnologiyalari. Att. G‘alla kombayni turlari, umumiy tuzilishi va texnologik ish jarayoni


Download 220.92 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi220.92 Kb.
#1470738
  1   2   3
Bog'liq
18-maruza.


18-Maruza: G‘alla hosilini yig‘ishtirish texnologiyalari. ATT. G‘alla kombayni turlari, umumiy tuzilishi va texnologik ish jarayoni.
Respublikamizning don mustaqilligini ta’minlashda yetishtirilgan g’alla hosilini tez va nobud qilmasdan yig’ishtirib olish muhimdir. Buning uchun o‘rim-yig’imni mahalliy sharoitga moslab tashkil etish, mavjud texnikani ishga sifatli tayyorlab, undan unumli foydalanish kerak.
O‘rim-yig’im usulini xo‘jalikning tuproq-iqlim sharoitiga, hosilni yetishtirish usuliga, mavjud texnikaning turi va sonini e’tiborga olgan holda quyidagicha tanlanadi:

  1. Xo‘jalikda g’alla kombaynlari yetarli bo‘lsa, sug’oriladigan yerlarni takroriy ekinlarga tez bo‘shatib berish talab qilinmasa, g’alla to‘liq pishib yetilgandan keyin keng tarqalgan bir fazali usul, ya’ni hosil kombayn bilan o‘rib olinib, bir yo‘la donga ajratiladi, somoni esa dala chetiga chiqariladi.

  2. Namgarchilik ko‘p bo‘ladigan regionlarda esa ikki fazali usuldan foydalanish ma’qul. G’alla dumbul davridan o‘tib yetilgan davrda, ya’ni boshoqdagi don namligi 25 % gacha kamayganida, g’alla o‘rgich yordamida o‘rilib, qatorlarga uyumlar holida tashlab ketiladi. Bir necha (10-15) kundan so‘ng donning namligi 16-18% gacha kamayganda kombaynga yig’gich o‘rnatilib uyumlar yig’ishtiriladi, yanchiladi va don ajratib olinadi. Bu usuldan foydalanish o‘rim-yig’imni bir fazali usulga nisbatan 15-20 kun oldin tugatish va don nobudgarchiligini kamaytirish imkonini beradi. Respublikamiz shimolida sholi o‘rimida mazkur usuldan foydalanilsa, o‘rim-yig’im kuzgi yog’ingarchilik boshlanmasdan tugallanadi.

  3. Xo‘jalikda g’allani tez yig’ishtirib olish uchun texnika yetishmasa va sug’oriladigan yerlarni takroriy ekinlarga tezda bo‘shatib berish kerak bo‘lsa, ko‘p fazali usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda:

  • boshoqdagi don dumbullik davridan otib, yetilayotgan vaqtida, yani namligi 25 % gacha kamayganida oriladi;

  • o‘rilgan g’alla imkoniyat qadar tezroq transportga ortilib, xirmonga yetkaziladi;

  • xirmonga keltirilgan g’alla g’aramlanib boshoqdagi donning namligi 16-18 % ga kamaygunga qadar texnik vositalar yordamida quritiladi;

  • quritilgan g’alla statsionarda ishlayotgan kombayn yordamida yanchiladi.

G’alla o‘rgichlarda o‘rilib, so‘ngra tirkalma yig’ishtirgich yordamida tezda daladan olib chiqib ketilib, xirmonda maxsus tayyorlangan joyga uyumlanadi.
Xirmonga keltirilgan g’allaning eni 4,0-5,0 m, balandligi 3,0-4,0 m, bo‘yi esa cheklanmagan holda g’aram shaklida to‘planishi kerak. Iyun-iyul oylarida havoning tabiiy harorati yuqori, namligi past bo‘lganligi sababli don yanchish uchun tez yetiladi.
Agar uchinchi texnologiyadan foydalanilsa:

  1. Orilgan galla olib ketilganidan song, dalani takroriy ekin ekishga tayyorlashni 15-20 kun ertaroq boshlash mumkin.

  2. Don dumbullik davrida boshoqdan to‘kilishi oz bo‘ladi, demak, nobudgarchilik keskin kamayadi.

  3. G’allani kombaynda emas, nisbatan arzonroq bo‘lgan o‘rgich yordamida o‘rish mumkin.

  4. Hosil quritilgandan so‘ng, g’aramlangan g’allani xirmonda kuzda muayyan fursatda (iyul-sentyabr oylarida) statsionar kombaynda yanchish mumkin. Statsionar kombaynni uzluksiz ishlatilishi e’tiborga olinsa, xo‘jalikdagi kombaynlarning soni ham keskin qisqaradi. Kombaynlardan to‘kiladigan don esa xirmonda qoladi, demak, don nobudgarchiligi kamayadi.





Download 220.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling