18-Maruza: G‘alla hosilini yig‘ishtirish texnologiyalari. Att. G‘alla kombayni turlari, umumiy tuzilishi va texnologik ish jarayoni
G’alla yig’ishtirishda mahalliy sharoitlarga mos keladigan usuldan foydalanib don nobudgarchiligini kamaytirish mumkin
Download 220.92 Kb.
|
18-maruza.
Agrotexnik talablar.Ikki fazali yig’ish usulidan foydalanish uchun balandligi 60 sm, zichligi har bir m2 ga kamida 250- 300 tup o‘simlik ekilgan dala ajratiladi. Bunday usul bilan o‘rilgan ekin massasi tezroq shamollab qurishi uchun ang’iz balandligi 12-25 sm, har metr uyumdagi g’allaning massasi kamida 1,5 kg, qalinligi 15-20 sm, kengligi esa 1,4-1,6 m bo‘lishi kerak, aks holda uni yig’ishtirgich bilan yig’ib olish qiyinlashadi. O‘rgich tik turgan ekinni o‘rganda, don isrofgarchiligi 0,6 % dan, yotib qolgan ekinni o‘rganda esa 5% dan oshmasligi kerak. Yig’ishtirgich o‘rnatilgan kombayn bilan qator uyumlarini yig’ib olishda don isrofgarchiligi 1% dan oshmasligi lozim. G’allani bir fazali usul bilan o‘rib-yig’ib olganda, don isrofgarchiligi 1% gacha, yotib qolgan g’allani yig’ishtirishda esa 1,5% gacha yo‘l qo‘yiladi. Kombayn yanchish apparatida boshoqlarning chala yanchilishi natijasida bo‘ladigan don isrofgarchiligi g’alla uchun 1,5% va sholi uchun 2% dan oshmasligi kerak. Urug’lik donning shikastlanishi 1%, ozuqabop don uchun 2%, dukkakli va yirik don uchun 3%, sholi uchun 5% dan oshmasligi kerak. 2-§.G’alla kombaynning umumiy tuzilishi G’alla hosilini kombayn bilan yig’ishtirishdan maqsad, bu muhim ishni tez va albatta, don nobudgarchiligini me’yoridan oshirib yubormasdan bajarishdir. G’alla turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirilishi sababli, tabiiyki, uning hosildorligi har xil bo‘ladi. Don nobudgarchiligi minimal bo‘lishi uchun, har xil hosildorlik va dala relyefiga mos keladigan kombayn turlari ishlab chiqariladi. Kombaynning asosiy ko‘rsatkichi sifatida uning ish unumi, ya’ni bir sekunddagi yanchish qobiliyati (sifatli yancha oladigan g’alla miqdori, kg/s) yoki bir soatda boshoqlardan yanchib olinayotgan don miqdori (t/soat) qabul qilingan. Shu sababli, kombaynlar 5-6 kg/sekunddan 11-12 kg/sekundgacha toifalarga bo‘linadi. Kombayn yanchish apparatiga tushayotgan g’allaning 40% don, 60% somon, ya’ni donning somonga nisbati 1:1,5 bo‘lishi qabul qilingan. Serunumli, yanchish qobiliyati katta bo‘lgan kombayn narxi qimmat bo‘lib, undan foydalanish o‘rim-yig’im tannarxini ko‘tarib yuboradi. Bundan tashqari, yanchish qobiliyatidan to‘liq foydalanilmasdan ishlatilganda kombayn ishida don nobudgarchiligi ortib ketadi. Hozirgi davrda yanchish qobiliyati 5-6 kg/s bo‘lgan ,,Niva“, ,,Yenisey“ , Vektor (Rossiya), “Dominator -130” (Germaniya), 9—10 kg/s bo‘lgan „Don—1500 B“ (Rossiya), ,,Nyu-xolland“ (Italiya), 11—12 kg/s bo‘lgan ,,Lexion“ (Germaniya), ,,Keys“ (AQSH), ,,Vestern“ (Kanada) kabi kombaynlar ishlatilmoqda. Yanchish qobiliyati 10 kg/s gacha bo‘lgan kombaynlar oddiy barabanli yanchish apparati bilan, yanchish qobiliyati o‘ta katta bo‘lgan („Keys—2366“, „Don— 2600“, “Torum -740”...) kombaynlar aksial-rotorli yanchish apparati bilan jihozlangan. Har qanday oddiy g’alla kombayni o‘rgich, yanchish apparati, somon elagich, don tozalagich, don bunkeri va somon to‘plagich kabi qismlardan iboratdir. G’alla kombaynining texnologik ish jarayoni quyidagi tartibda bajariladi (217- rasm). Bo‘lgich 2 kombayn qamrov kengligiga teng keladigan poyalarni o‘rilmagan daladan o‘rgichga ajratib beradi. O‘rgich motovilosi 3 ning parraklari poyalarni to‘plab, o‘rish apparati 1 ga engashtirib beradi. O‘rish apparati 1 ning segmentlari o‘rgandan so‘ng, poyalar o‘rgich tubiga tushadi. O‘rilgan g’allani shnek 4 kurakchalari yordamida ikki chetdan o‘rtaga surib, to‘plab, moslanuvchan transportyor 5 ga uzatadi.Transportyor esa g’allani qabul biteri 6 ga yetkazadi.Biter g’allani yanchish apparatining barabani 7 bilan uning tagligi (deka) 25 orasidagi tirqishga uzatib beradi.Baraban g’allani katta tezlikda tor tirqishdan siqib olib o‘tayotib, taglik ustida intensiv ravishda sidirib yanchadi.Natijada donning 80-85% boshoqlardan ajralib, aralashma holida taglik teshiklaridan o‘tib, suruvchi transport taxtasi 24 ga tushadi. Yanchilgan somon don qoldiqlari bilan birgalikda baraban tagidan otilib chiqayotib qaytaruvchi biter 11 ga uriladi, natijada don qoldiqlarining bir qismi ajralib tushadi. Somon elagich 14 ning somonni silkitib orqa tomonga surishida don va boshoq qoldiqlarining qolgan qismi ham elanib, ajralib pastga, transport taxtasiga tushadi. Elangan somon to‘plagich 16 da zichlanib to‘planadi. Ayrim kombaynlarda somon to‘planmasdan maydalanib dalaga sepiladi. Transport taxtasining ilgarilanma-qaytarma harakati natijasida uning ustiga tushgan don aralashmasi g’alvirlarga surib keltiriladi. Transport taxtasining taroqsimon qismi don va chorini ustki g’alvir 19 sirtining birinchi yarmiga bir tekis taqsimlab tushiradi. Ustki 19 va pastki 20 g’alvirlar donni elash uchun tebranma harakat qiladi. Ustki g’alvirning ko‘zlaridan don va mayda xas- cho‘plar pastga tushadi, chorining yirigi ustki g’alvirning uzaytirgichida qo‘shimcha elanadi va undan boshoqlar ajratib olinib, pastga — boshoqlar shnegi 18 ga tushiriladi. Bu shnek boshoqlarni kombaynning chap chetiga surib, boshoqlar elevatori 21 ga yo‘naltiradi. Elevator boshoqlarni qayta yanchish uchunqaytaruvchi biter 11 ning ustiga eltadi. Pastki va ustki g’alvirlar ustidagi chorining yengil bo‘laklari pastdan yuqoriga ventilator 23 ning havo oqimi ta’sirida uchirilib, somon to‘plagichga yetkaziladi. Pastki g’alvirdan tushgan don elevator 12 yordamida don bunkeriga tushadi. Bunker to‘lgach, undagi don maxsus shnek 10 yordamida transport vositasiga ortiladi. Download 220.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling