18-ma’ruza. Mahsulotlarni aralashtirish jihozlarining tuzilishi va ishlatilishi. Aralashtitirish jihozlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#246378
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
18-маъруза



18-ma’ruza. Mahsulotlarni aralashtirish jihozlarining tuzilishi va 

ishlatilishi. 

1.  Aralashtitirish jihozlari 

Farsh  aralashtirgichlar.  Konserva  mahsulotlari  ishlab  chiiarishda  go’shtli  va 

sabzavotli  farsh  tashkil  etuvchilarini  aralashtirish  uchun  farsh  aralashtirgichlar 

ishlatiladi.   

Farsh  aralashtirgich  staninadan,  tog’oradan,  aralashtiruvchi  vintlardan, 

qopqog’dan,  aralashtirish  vintlarining  va  tog’orani  to’nkaruvchining  yuritmalaridan 

iborat.  Stanina  profilli  po’latdan  payvandlab  ishlangan,  tog’ora  va  qopqoq 

zanglamaydigan 

po’latdan 

tayyorlangan. 

Aralashtiruvchi 

vint 


yuritmasiga 

elektrodvigatel,  ponasimon  tpsmali  va  tishli  uzatma  kiradi.  Tog’orani  to’nkaruvchi 

yuritmasiga  elektrodvigatel,  chervyakli  reduktor  va  chervyachli  uzatma  kiradi. 

Qopqopni 0,25 ko’targanda aralashtiruvchi vintlar yuritmasi avtomatik tarzda ishdan 

to’xtalishi uchun qurilma mavjud. 

Farsh  aralashtirgich  montajga  yig’ilgan  holda  keladi.  Oldindan  qurilgan 

fundamentga  takelaj  mexanizmlari  bilan  o’tqaziladi  va  obtarozi  yordamida 

gorizontallik holatini tekshiriladi. Bunda gorizontallikdan ruxsat etilgan og’ish qiymati 

uzunlikda 0,1 mm ni tashkil qilishi kerak. Fundamentga mashina M18 fundament 

boltlari  bilan  mahkamlanadi.  Fundamentda  bo’yi  bo’yicha  suv  oqib  tushishi  uchun 

kanalcha o’yilgan bo’lishi kerak. 

Mashinani  sinovdan  o’tkazishdan  oldin  yuritma  tasmalari  tortilganligi,  barcha 

moylanadigan  joylari  moylash  kartasi  bo’yicha  moylanganligi,  aralashtiruvchi 

vintlarning  ikki  yo’nalishda  (soat  strelkasi  bo’yicha  va  unga  qarshi)  aylanishi, 

tog’oraning  to’nkarishi,  qopqog’ni  ochganda  avtomatik  qurilmaning  ishlashi 

tekshiriladi. 




Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling