TMM-1M rusumidagi xamir qorish mashinasi texnik xarakteristikasi
Ish unumdorligi, t/sut.................................................7
Xamir uchun qozon sig’imi, m
3
.............................0,140
Kuraglar aylanish chastotasi, ayl/min ...... ............ 24,9
Elektrodvigatel quvvati, kVt ....................................2,2
Gabarit o’lchamlar, mm .................................1325 × 795 × 1110
Massa, kg ...................................................................293
Xamir qorish mashinasini montajga yig’ilgan holda mexanik uslubda olib
kelinadi va oldindan tayyorlab qo’yilgan tayanchga o’rnatiladi. Gorizontallik va
vertikallik holati obtarozi va shoqul bilan tekshiriladi. Gorizontallikdan uzunlikka
og’ish 0,05 mm , balandlik belgisi bo’yicha ± 5 mm, yuqoridan qaraganda o’qlar
bo’yicha og’ish ± 10 mmdan ko’p bo’lmasligi kerak. Gorizontallik holati fundament
plita tagiga po’lat tiqin qo’yish bilan rostlanadi. Mashina holati yuqoridagi talablarga
javob bergandan keyin tayanchga to’rt dona M20 anker boltlari bilan mahkamlanadi.
Ishlatishdan oldin himoya moylash qatlami olinadi, ponasimon tasmalar tarangligi
tekshiriladi, qorish organi aylanish mexanizmi korobkasiga mashina moyi quyiladi,
boshqa ishqalanish yuzalari moylanadi, tasmali uzatma uchun himoya to’sig’i
qo’yiladi. Qozonni fundament plitasiga ehtiyotlik bilan zarbasiz etaklab qo’yiladi.
Qozonning plitaga to’g’ri o’tirishi va chervyakning qozon chervyakli shesternyasiga
ilashishi tekshiriladi. Qorish organi kuragi va qozonning ichki yuzasi orasidagi oraliq
2-3 mm ni tashkil qilishi kerak. Qorish organini qo’l bilan aylantirish uchun
elektrodvigatel vali ikkinchi uchida maxovik o’rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |