18-ma’ruza. Mahsulotlarni aralashtirish jihozlarining tuzilishi va ishlatilishi. Aralashtitirish jihozlari
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
18-маъруза
2. FM-140 qiyma aralashtirgichi. Mashina (1-rasm) ikki quyma cho’yan ustunlar 1-dan iborat. Ular o’zaro ko’ndalang detal bilan ulangan. Stoykada ikki yelkada (sapfada) zanglamas po’latdan yasalgan tog’ora (deja) 2 o’rnatilgan. Deja o’q atrofida yuklash vaqtida ushlagich 7 yordamida aylantirilishi mumkin. 140 kg sig’imli dejani aylantirishni osonlashtirish uchun deja bilan biriktirilgan rolik orqali o’tgan trossda o’rnatilgan qarshi og’irlikdan foydalaniladi.
1-rasm. FM-140 qiyma aralashtirgichi: 1-ustunlar; 2- tog’ora (deja); 3- parraklar; 4- elektrodvigatel; 5 -chervyakli reduktor; 6 – yuritma shesternyasi; 7 –tog’orani ag’darish ushlagichi. Deja ichida ikki Z- shaklidagi qalay bilan qoplangan parraklar o’rnatilgan. Yetakchi parrakni harakatga keltirish elektrodvigatel 4 dan amalga oshiriladi. Uning quvvati 2,8 kVt, aylanish tezligi 1420 ayl/min. Harakat uzatilishida uzatish soni i= 15 bo’lgan chervyakli reduktor 5 ishlatiladi. Ikkinchi parrak ularning valiga kiydirilgan silindrik shesternyalar 6 yordamida harakatga keltiriladi. Yetakchi parrakning harakat tezligi 95 ayl/min, yetaklanuvchisiniki esa 44-ga teng. O’qlarning oraliq masofasi 264 mm. Rasmda yuritmaning kinematik sxemasi keltirilgan. Parraklar vallari o’tgan joylarda tog’ora yon devorlari orqali maxsus germetiklash salniklari o’tkazilgan. Bu Podshipnik moyini mahsulot ichiga tushishiga yo’l qo’ymaydi. Salniklar maxsus flanetslar yordamida tortiladi. Mashinaning barcha aylanuvchi detallari (Parraklardan tashqari) g’ovlar (ixota) bilan to’silgan. Mahsulot dejaga uning egilgan holida solinadi, so’ngra u vertikal holatgacha to’g’rilanadi va elektrodvigatel ishga tushiriladi. Aralashtirish tugagach, deja qiya holatga keltiriladi va mahsulot tushiriladi. Bu vaqt elektrodvigatel o’chirilmaydi, uni Parraklarining aylantirilishi mahsulotni tushirish uchun ishlatiladi. So’ngra mashina yana yuklanadi va yangi tsikl boshlanadi.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling