18-mavzu Axborot xavfsizligi va axborotlarni ximoyalash usullari


Download 310.63 Kb.
bet8/17
Sana15.06.2023
Hajmi310.63 Kb.
#1485772
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Axborot xavsizligi

Neyron tarmoqlari. Xujumlarni aniqlash usullarining aksariyati qoidalar yoki statistik yondashish asosida nazoratlanuvchi muhitni tahlillash shakllaridan foydalanadi. Nazoratlanuvchi muhit sifatida qaydlash jurnallari yoki tarmoq trafigi ko‘rilishi mumkin. Bunday tahlillash ma’mur yoki xujumlarni yaniqlash tizimi tomonidan yaratilgan, oldindan aniqlangan qoidalar to‘plamiga tayanadi.
Xujumni vaqt bo‘yicha yoki bir necha niyati buzuq odamlar o‘rtasida har qanday bo‘linishi ekspert tizimlar yordamida aniqlashga qiyinchilik tudiradi. Xujumlar va ular usullarining turli-tumanligi tufayli, ekspert tizimlari qoidalarining ma’lumotlar bazasining hatto doimiy yangilanishi ham xujumlar diapazonini aniq identifikatsiyalashni kafolatlamaydi.
Jinoiy (kriminal) biznes
Garazli maqsadlarda atayin zararli dasturlar yaratuvchi yakka-xaker yoki xakerlar guruhlari virus yaratuvchilarining eng xavfli toyifasi hisoblanadi. Buning uchun ular bank hisoblariga kirish kodlarini o‘g‘irlovchi virusli va Troyan dasturlarini yaratadilar. Qandaydir mahsulot yoki xizmatlarni yolg‘on reklama qiladilar, zararlangan kompyuter resurslaridan noqonuniy (yana pul uchun spam-biznesni yo‘lga qo‘yish yoki tovlamachilik qilish maqsadida taqsimlangan tarmoq hujumini tashkil qilish uchun) foydalanadilar. SHu toifa fuqarolar faoliyatlari miqyosi juda keng.
Parolli himoya va ularning zamonaviy turlari.
Parollar asosida autentifikatsiyalash


Login tushunchasi. Login – shaxsning, o‘zini axborot kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo‘lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.
Parol tushunchasi. Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi mahfiy so‘zdan iborat.

Download 310.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling