18-mavzu: bolaning ijodiy rivojlanish sohalari bo`yicha innovatsion texnoligiyalardanfoydalanish


Download 254 Kb.
bet8/12
Sana06.04.2023
Hajmi254 Kb.
#1333073
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
18-mavzu bolaning ijodiy rivojlanish sohalari bo`yicha innovats (1)

Tarqatma materiallar – ta’lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (1-2 varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar mashg‘ulotni qiziqarli qilish imkonini berib, ko‘‘ hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda o‘qib chiqib, muhokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo‘llashda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:

  • ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘‘ tarqatma materiallar bermaslik kerak;

  • sarlavhalarni bosh harflar bilan yozish, bir mashg‘ulot uchun ikkita tarqatmali material zarur bo‘lsa, ularga kod-nom berib ularni ajratishni osonlashtirish kerak;

  • matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak;

  • bir betda 80 tadan ko‘‘ belgi (harf, qavs, undov belgisi va h.k.) ishlatmaslik kerak;

  • matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo‘lishi kerak;

  • varaq dizayni e’tiborni o‘ziga tortishi kerak.

Ishchi varaqalarguruhlarda, juft bo‘lib va individual mashqlar bajarishda qo‘llaniladi. Ular turli jadvallar shaklida bo‘lib, ta’lim oluvchilar tomonidan to‘ldirish talab qilinadi.
Nazorat varaqalari – mashg‘ulot yakunida ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirishda qo‘llanilib, ular test savollari, masalalar va shu kabi shakllarda bo‘lishi mumkin.
Matnlar – mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishda, mashg‘ulot davomida shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.
Tarbiyalanuvchi uchun vosita darslik, o‘quv qo‘llanma yoki o‘qituvchining ma’ruza matnlari, jadvallar, yo‘l yo‘riq xaritalar, to’shiriq kartochkalar va hokazolar.
Dars o‘tkazish uchun ‘lakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar, etalonlar, namoyish qilish jihozlari, laboratoriya amaliy ishlarni o‘tkazish uchun jihozlar, audiovizual vositalar, diafilm, videoyozuvlar, dio’ozitivlar.
Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to‘ldirishi ya’ni uyg‘unlashuvi kerak. Yuqorida sanab o‘tilgan ta’lim vositalaridan samarali foydalanish uchun o‘qituvchi qaysi vositani qachon qo‘llashini mashg‘ulot maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir.

Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling