18-mavzu. Ijtimoiy muhit, diniy an’analar va komil insonning shakllanishi (2soat) Reja


Download 352.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.04.2023
Hajmi352.09 Kb.
#1343855
Bog'liq
5-MAVZU



18-mavzu. Ijtimoiy muhit, diniy an’analar va komil insonning shakllanishi (2soat) 
Reja: 
1.Ijtimoiy muxitning psixologik iqlimi xakida.
2.Jamoa, gurux va gurux turlarini din psixologiyasida o’rganilishi.
3.Diniy va nodiniy aloqalarni etnopsixologiya va sotsial psixologiyada o’rganilishi. 
Tayanch so`zlar: Etnografiya, etnos, etnopsixologiya, urf-odat, milliy ong, etnik 
xususiyatlar, milliy psixologik kiyofa, etnik qatlam. 
Turli tarixiy davrlarda jamiyatlarda dinga qanday munosabat bo’lishidan qanday nazar, 
doimo ular oldida bir savol ko’ndalang bo’lib turgan.Ya’ni insonlarda diniy e’tiqod qanday 
paydo bo’ladi? Bu e’tiqodlarning tug’ilishiga vasaqlanishiga ta’sir etuvchi omillar nimalardan 
iborat? 
Din va diniy e’tiqodlar vujudga kelishining sabablarini o’rganayotganda psixologik-ruhiy 
va gnosologik (gnosis- bilish) holat va jarayonlarning o’zaro munosabatlarini o’rganish talab 
etiladi. Ko’pgina tadqiqotchilar gnosologik tushuncha mazmuniga inson ruhiy faoliyatining 
barcha jarayonlarini kiritishadi.Darhaqiqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, tushuncha va 
tasavvurlar olamini bilish asoslari hisoblanadi.Bu ruhiy jarayonlar esa,borliqni inson qanday 
bilib olishiga ta’sir etib,shu jumladan,diniy e’tiqodlarning vujudga kelishiga ham ta’sir 
etadi.Psixologik tushunchaga esa aksariyat mualliflar asosan, shaxsning emotsional holatlari-
tuyg’ular, kechinmalar va kayfitlarini kiritishadi xolos.Aslida bu ancha jo’n va tor yondoshish 
hisoblanadi.Chunki insonning bu emotsional xolatlari, uning bilish va irodaviy jarayonlarisiz 
vujudga kelmaydi.Shuningdek, xissiy xolatlar shaxsning bilishga bo’lgan munosabatlarini
bildirib, “Fan ” rolini o’ynab, jarayonlarigi uning tashqi tasviri va belgilari sifatida namoyon 
bo’lishi mumkun.Masalan,sizni anchadan beri qiynab kelayotgan muammoning echimini 
kitobdan o’qib yoki ustozan bilib oldingiz.Sizda qoniqish, xursandlik kayfiyati vujudga keldi 
yoki aksincha, biror narsani o’qib tushunmayapsiz...norozilik,qoniqmaslik kabi kechinmalar 
tug’iladi. 
Ayni vaqtda shu fan u yoki bufaoliyat turi bilan shug’ullanishiga keyinchalik shaxsning 
dunyo qarashlari vujudga kelishiga asos bo’ladi. Shuning Bilan birgalikda emotsional holatlarni 
faqat gnosologik jarayonlarning tashqi belgilari, ko’rinishlari bilan hamcheklab 
bo’lmaydi.Chunki emotsional xolat-shaxsning individual xususiyatlar bilan o’zviy bog’langan 
bo’lib.namoyon bo’lish dinamikasi jihatdan bir-biridan farqlanadi. Ruhiy xolatda emotsiyalar 
Bilan birga shaxsning ruhiy avzoi (nastroy) emotsional xolatdan farqli ravishda bunda inson 
ijtimoiy burch nuqtai nazaridan o’ziga yoqmaydigan faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin. 
Shaxsning ruhiy avzoi-bu bir qancha ruhiy jarayonlar, xolat va qonunyatlarni birlashtirgan 
to’zilma bo’lib, shaxs ruhiyatining ayni paytdagi biror narsaga yo’nalganlik (napravlennost) 
darajasini belgilaydi. 
Shaxsning ruhiy avzoi bir qancha vazifalarni bajaradi. U avvalo, individ tomonidan qabul 
qilinayotgan, qayta ishlanayotgan alumotlarni to’plash (akkumlyator), shaxs faolligini tartibga 
keltiruvchi, uyg’unlashtiruvchi shuningdek informatsiyalarni qabul qilish faoliyatlarni tashqil 
etish uchun ustanovka (attitude), rolini o’ynaydi, va nihoyat, shaxsning qadriyatlariga 
yo’nalganligini belgilovchi faktor vazifasini bajaradi. Ruhiy avzoining vujudga kelishida ma’lum 
vaziyat Bilan birga, shaxs e’tiqodi, dunyoqarashi, hayotiy pozitsiyasi asosda vujudga keluvchi 
konstantlik (turg’unlik) qonuniyatiga ham ta’sir etadi. Deylik, sizda diniy e’tiqod kuchli 
shakllangan, ya’ni konstantlik darajasida mustahkamlangan, shuning uchun din haqida daxriylar 
qanchalik dalillari Bilan gapirmasin, sizning e’tiqodingiz bu ma’lumotlarni qabul qilmaydi. 
Shulardan ko’rinib turibdiki, psixologik xolatni faqat emotsialar Bilan belgilab bo’lmaydi. 
Individda dinga munosabat va diniy e’tiqodlarning vujudga kelishida ta’sir etuvchiruhiy holatlar 
va ijtimoiy omillar rolining o’zaro munosabatiga e’tibor qilish kerak.Buni tushuntirishda 3 xil 
qarash mavjud: 


1.Individning diniy e’tiqodi immanent(immanents-ichki sabab), xususiyat Bilan uning 
ruhida mavjud bo’ladi, ya’ni ilohiy yo’l bilan berilgan bo’ladi. 
2.Diniy e’tiqodga individuallik ayrim shaxslardagi dinga nisbatan ichki ruhiy ya’ni 
biologik ehtiyoj bilan belgilanadi.Bu xil qarash chet eldagi din psixologiyasini o’rganuvchilar va 
freydizm yo’nalishida uchraydi. 
3.Marksizm nazariyasi bo’lib, unga ko’ra, individ ruhiyati o’z-o’zidan diniy e’tiqodni 
tug’dirmaydi, balki ma’lum hayotiy sharoitlari ta’sirida tashqi muhitda individga diniy 
e’tiqodlarni o’zlashtirib olishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. 
Lekin shu tashqi muhitning o’zida diniy e’tiqod qachon va qaerdan kelib qolgan? degan 
savolga… 
Dastlabki nazariyani ko’rib, chiqadigan bo’lsak diniy e’tiqodning ilohiyligi,uning 
manbasi XUDO dargohi Bilan bog’lanishligi faqat turli dinlarda dindorlar tomonidan 
aytilmadan, shuningdek dinshunoslik va din psixologiyasi bilan shug’ullanadigan olimlar 
tomonidan ham ta’kidlanadi.Masalan, nemis faylasufi va dinshunosi Rudolf Otto (1869-1937) 
fikricha, diniy e’tiqoddagi individuallik odamning o’z yaratuvchisi Xudo bilan uchrashuvi 
asosida bo’lib, bu uchrashuv uning ruhida irrotsional “irrationals-aqldan tashqari, aql 
etmaydigan” sodir bo’ladi va shunga mos ravishda diniy kechirmalar yo’zaga keladi.
Diniy e’tiqodlarni individning ruhiy yoki biologik ehtiyoji sifatida tushintiradigan 2-
nazariya g’arbda ko’pchilikni tashqil qiladi.Ularning ko’zga ko’ringani Freydizm nazariyasiga 
ko’ra diniy e’tiqodlar asosida, bialogik gentinptlar va odamning tug’ma hohish-istaklari 
yotadi.Ular ijtimoiy normalarga mos kelmasligi , ularning taqiqlanishi va bostirilishi natijasida 
ular diniy ehtiyojlarga aylanadi. 
3.Freydning “Edip kompleksi” degan nazariyasi mavjud. 
Unga ko’ra, bolada otasiga nisbatan qarama-qarshi (ambivalent) kechinmalar tuyg’ular 
bo’ladi.Bolada boshqa jinsga nisbatan biologik jihatdan xirsiy mayl bo’lganligi uchun otasidan 
onasini qizg’anadi. Bir tomondan otasidan qo’rqadi va ymon ko’radi.Shuning Bilan birga 
otasidagi kuch qudratga tan berib, undan himoya va homiylik ko’tadi.Ibtidoiy davrda, deb 
tushuntiradi Freyd, ota tomonidan jamoadan quvilgan o’g’illar, uning o’rnini egallash uchun 
birgalashib otani o’ldirishgan.Lekin ota himoyasi va panohidan mahrum bo’lgach, 
qilmishlariuchun aybdorlik, gunohkorlik tuyganlar. Va otalari qabriga sig’inish (totem) orqali bu 
gunohlaridan mosuvo bo’lmoqchi bo’lganlar.Keyinchalik totem rivojlanib Xudoga 
ko’chgan.Shusababli diniy e’tiqodning asosyuida insonlarga tug’ma ravishda beriladigan hohish, 
xirslar 
va 
instinktiv 
ehtiyojlar 
yotadi.Bu 
bioligizatorlik 
nazariyasi 
hisoblanadi. 
Biologizatorlikning nazariyasining ayrim ko’rinishlari sotsiofreydizm nazariyasining yirik vakili 
Erix Fromlua (1900-1980) ham uchraydi. 
U dinni keng ma’noda, avvvlo, insonning hayotiy yo’nalishlari tizimidagi bir zveno va 
qandaydir ob’ektlarni e’zozlash, hurmatlash tarzida tushungan. Uning fikricha, dinning 
zaruriyati insonda dixotomiya (dichotomia-ikkiga bo’linish) faktining mavjudligi Bilan kelib 
chiqadi.Bir tomondan inson tabiatning bir bo’lagi, ikkinchi tomondan esa aql uni tabiatdan ustun 
qo’yadi.Natijada tabiiy bir butunlik va birlikdan mahrum qiladi.Inson esa har doim o’zidan va 
atrofdagilardan norozi, u o’zining mavjudlik va yashash sirarini echishga xarakat qiladi, lekin 
turmushdagi ekzistentsial (exsistentia- tiriklik mavjudlik) qarama-qarshiliklar qayta-qayta 
takrorlanaveradi.Aynan shu qarama-qarshiliklar, ayniqsa uning ruhi Bilan tiriklik asosi bo’lgan 
vujud,ya’ni tana ehtiyojlari o’rtasidagi to’qnashuv dinning mavjudlik asosidir.Yashash uchun eb-
ichish kerak.Bu biologik ehtiyoj emas balki,takomillashish uchun biologik ehtiyojlardan voz 
kechish...mana shu qarama-qarshilik. 
Ekzistentsializm- tiriklik,mavjudlik ma’nolarini berib, insonni o’rganayotganda uni 
yaxlit, bir butunlikda o’rganish, yashashdan maqsad, mavjudlik mohiyatini bilish zarurligi 
ta’kidlanadi. 
Inson hayotidagi ish-xarakatlar, azob-uqubatlar,ishq-muhabbat, hayot va o’lim kabi 
qarama-qarshiliklarni anglab, o’zini bilib boradi.Yashash mohiyatini anglagan sari, u erkin bo’lib 
boradi.Jamiyatga, odamlarga,o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlar shakllana boshlaydi.Ya’ni 


o’zining
yo’l-yo’riqlarini belgilaydi.Bu esa uning borliqda bo’layotgan narsalarga nisbatan 
ham unda masuliyat hissini tug’diradi.Butun borliqning bir a’zosi sifatida anglashga olib keladi. 
Ba’zan biryoqlamaliklariga yo’l qo’yish hodisalari ham uchrab qoladi.Insonning butun 
o’y-hayoli, faoliyati bu dunyoga emas,oxiratga yo’naltirilgan bo’lish kerak.Bu dunyodagi rohat-
farog’at oxiratga to’sqinlik qiladi degan tushunchani singdirishga xarakat qilishadi.
But arki dunyochilikka yaqinroq tushuncha... . 
Inson bu dunyoda bola-chaqa,xovli-joy, orzu-xavas Bilan yashaydi.... 
Tarki dunyochilik islomda qoralanadi.Katta ulomalar ma’lum yoshga borgach, bu dunyo 
orzu-xavaslaridan etak silkab, faqat ilm bilan ibodat bilan mashg’ul bo’ladi. 
Boshqalarga ilm-ma’rifat tarqatadi. Bu boshqa masala…. 
Xar ikkala olamni qo’sha olishi kerak. 
SAVOLLAR 
1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak ? 
2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi ? 
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating ? 
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz ? 
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y. 
2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y. 
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y. 
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 . 
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y. 

Download 352.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling