18-mavzu. Kelishmovchilik, o’zgarish va stressni boshqarish. Reja: Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar


Download 99.7 Kb.
bet6/12
Sana17.06.2023
Hajmi99.7 Kb.
#1542469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Izzatillo

Yopiq nizolar o’ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga o’xshatsa bo’ladi. Agar nizo hali “etilmagan” yoki ularni odamlar nigohidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar “ichida” bo’lsa, bilingki, bu nihoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin.
Yopiq nizolar ko’pincha fitna, ig’vo, hiyla-nayrang, fisq-fasod shaklida rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga nifoq solish, buzg’unchilikka qaratilgan bo’lib, yolg’on-yashiq, uydirma, bo’xton gaplar muxoliflar uchun asosiy qurol vazifasini bajaradi.
Ochiq nizolar ko’pincha nido, chaqiriq shaklida rivojlanishi oqibatida vujudga keladi. Ular ochiqdan-ochiq chaqiriq, tovush chiqarish, da’vat etishda o’z ifodasini topadi. Bunda bir guruh xodimlar o’zlariga qarama-qarshi bo’lgan rasmiy yoxud norasmiy guruhlarning manfaatini o’zining manfaati tomon burishga harakat qiladi.
Xarakteriga qarab nizolar ob’ektiv yoki sub’ektiv nizolarga bo’linadi.
Ob’ektiv nizolarga korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog’liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, rahbarlik uslubini takomillashtirish, korxonada normal “ruhiy iqlim”ni yaratish uchun xizmat qiladi.
Sub’ektiv nizolarga kishilarning u yoki bu voqelikka bo’lgan shaxsiy fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar tabiati bo’yicha his-tuyg’uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko’ra olmaydigan yoki bir-birini tushunmaydigan, yoxud tushunishni xohlamaydigan kishilarning qarama-qarshi fikrlari oqibatida vujudga keladi.
Oqibat natijasiga qarab, nizolar konstruktiv va destruktiv nizolarga bo’linadi.
Konstruktiv nizolar korxonada maqsadga muvofiq o’zgartirishlar qilinishini, oqibatda esa nizo chiqadigan ob’ekg (sabab)ni bartaraf etishni nazarda tutadi. Agar nizo hech qanday asosga ega bo’lmasa, unda bu nizo destruktiv nizo deb yuritiladi. Bunday nizolar xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni barbod etadi, so’ngra ishlab chiqarish jarayonini, boshqaruvchilarni izdan chiqarish payida bo’ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, har qanday konstruktiv nizo, agar o’z vaqtida oldi olinmasa, destruktiv nizoga aylanadi, ya’ni kishilar bir-biriga nisbatan nafratlarini namoyish etish, bo’lar-bo’lmasga tirnoq ostidan kir izlash, har bir so’zdan ilgak topish, atrofdagalarning qadr-qimmatini yerga urish, o’zining fikrini zo’rlab tirkash, yetilgan muammolarni hal qilishdan bosh tortish harakatida bo’laveradilar.
Aksariyat hollarda konstruktiv nizolarning destruktiv nizolarga aylanishi nizoda qatnashuvchilarning shaxsiy xislatlari bilan bog’liq bo’ladi. Mutaxassislar kishilar o’rtasida ortiqcha nizolarni tarqatishga sababchi bo’luvchi olti toifadagi “nizoli” shaxslarni ajratishadi:

Download 99.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling