18-mavzu. Kelishmovchilik, o’zgarish va stressni boshqarish. Reja: Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar


-chizma. Nizoning kelib chiqish va to’qnashish jarayoni modeli


Download 99.7 Kb.
bet8/12
Sana17.06.2023
Hajmi99.7 Kb.
#1542469
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Izzatillo

5-chizma. Nizoning kelib chiqish va to’qnashish jarayoni modeli.
Nizoning rivojlanishida va sodir bo’lishida ularning ta’siri deyarli bo’lmaydi.
Nizoli vaziyatning boshqa bir unsuri - bu ayni shu vaziyatni keltirib chiqaruvchi ob’ektdir. Ko’pincha shu ob’ektni “bo’lisha olmaslik” yoki uni “bo’lshidagi” adolatsizlik sababli nizoli vaziyat vujudga keladi. Natijada ziddiyatga boruvchi tomonlar o’zlarining manfaatlari yo’lida hal qiluvchi mavqeni egallashga o’rinadilar.
Nizoli vaziyatning tashqi unsurlari ham mavjud. Bular quyidagilardir:
• haddan tashqari hissiyotga berilish;
• fikrini aniq izhor eta olmaslik;
• bir-birini tushunishni xohlamaslik;
• asosga ega bo’lmagan noshukurlik va hokazo.
Nizo sabablari (2-bosqich) va uning kengayish ehtimoli (3-bosqich)ni o’z vaqtida sezish, (4-bosqich) nizoning yuzaga chiqmaslikka olib keladi. Agar jarayonga e’tiborsizlik bilan qaraladigan bo’lsa, u holda nizoning kelib chiqishi tabiiy (5-bosqich). Endi uni boshqarish (6-bosqich) zaruriyati tug’iladi. Boshqarishning samaradorligiga qarab, nizoning oqibatlari funktsional va disfunktsional ko’rinishlarida bo’lishi mumkin (7-bosqich).
Nizoning yettita funktsional oqibati ma’lum. Bu oqibatlar nizoni boshqarishning ijobiy samara berganligini ifodalaydi. Masalan, birinchi oqibat:
• nizoni hal qilshida har ikkala tomon uchun ma’qul qaror qabul qilinishida namoyon bo’ladi. Qarama-qarshi tomonlar nizo yechimiga teng manfaat nuqtai nazaridan yondoshilganidan mamnun qoladilar. Bunday oqibat o’z navbatida nizo yechimi bo’yicha qabul qilinadigan qaror to’siqlarini, ya’ni qarama-qarshi tomonlarning bir-biriga bo’lgan:
• adovatni;
• xusumatni;
• dushmanlikni;
• adolatsizlik kabi g’arazli to’siqlarni yumshatishga yoki butunlay yo’qotishga imkon beradi.
Funktsional oqibatning boshqa ko’rinishida qarama-qarshi tomonlarning ko’proq hamkorlik qilishga, hattoki kelgusida ham o’rtada nizo chiqarmaslikka bo’lgan moyilliklari namoyon bo’ladi.
Funktsional oqibat qarama-qarshi tomonlarning o’zaro sir saqlashlari, go’yo “aytiladigan fikr ular manfaatlariga zid keladi”, degan gumon bilan atayin aytilmay qolgan fikrlarda ham o’z aksini topishi mumkin. Aslini olganda, bunday oqibat ham qaror qabul qilish sifatini oshirishga undaydi, chunki bunday holat qarshi tomonning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nizo sabablari va ob’ektlarini yanada chuqurroq tahlil qilishga, unga “tashxis” qo’yishga undaydi.
Funktsional oqibat ochiqdan-ochiq ko’rinishdagi noroziliklarda namoyon bo’lishi mumkin. Ular turli nuqtai nazarlar mohiyatini ochishda, qo’shimcha axborotlarni olishda, muqobil yechimlarni topishda tomonlar uchun imkon beradi.
Agar nizolarni boshqarishning samarali yo’llari topilmasa, u holda maqsadga erishishga xalaqit beruvchi quyidagi qo’rinishdaga disfunktsional oqibatlar yuzaga kelishi mumkin, ya’ni:
• qoniqmaganlik, mamnun bo’lmaslik, norozilik;
• yomon ruhiy holat;
• qo’nimsizlikning oshishi;
• mehnat unumdorligining pasayishi;
• kelajakda hamkorlikning susayishi;
• o’zining guruhiga ko’proq sadoqat va boshqa guruhlar bilan raqobatni susaytirish;
• qarshi tomonni faqat “dushman” deb gumonsirash, o’zining maqsadini ijobiy, qarshi tomonning maqsadshsh esa faqat “salbiy” deb o’ylash;
• hamkorlikka chek qo’yish va qarama-qarshi tomonlar bilan nizoga chiqish;
• o’zaro munosabat va hamkorlikni susaytirib, adovatni, xusumatni kuchaytirish;
• urug’ni o’zgartirish: diqqat-z’tiborni ko’proq real muammoni yechishga emas, balki nizo jarayonida “yulib” chiqishga qaratish.
Bu oqibatlar faqat salbiy tomonga ishlaydi va nizo yetilmagan bo’lsa yetiltirishga, to’xtab turgan bo’lsa qo’zg’atishga, jiddiy bo’lmasa jiddiylashtirishga, to’qnashish ehtimol bo’lib turgan bo’lsa uni amalga oshishiga xizmat qiladi. qisqasi, adovat tegarmoniga suv qo’yadi.

Download 99.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling