18-mavzu. Kelishmovchilik, o’zgarish va stressni boshqarish. Reja: Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar


Umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar


Download 99.7 Kb.
bet10/12
Sana17.06.2023
Hajmi99.7 Kb.
#1542469
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Izzatillo

Umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar. Bu usulning mohiyati — barcha qatnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadning amalga oshishiga safarbar qilish. Masalan, ishlab chiqarish bo’limining uchala smenasi o’rtasida nizoli vaziyat sodir bo’ladigan bo’lsa, uning oldini olish uchun darrov smenalar maqsadlari asosida bo’limning umumiy maqsadi aniqlab olinadi. Endi har bir smenaning rahbari bevosita smena manfaati nuqtai nazardan emas, balki bo’limning umumiy maqsadi nuqtai nazaridan qaror qabul qiladi.
Mukofotlanishning tarkibiy tizimi. Disfunktsional oqibatlardan holi bo’lish hamda kishilarning xatti-harakatlariga ijobiy ta’sir o’tkazish tufayli, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning oldini olish va ularni boshqarish uchun mukofotlash tizimi keng qo’llaniladi. Umumtashkilot, umumkorxonaning kompleks maqsaddariga erishishda jonbozlik ko’rsatgan, muammoning yechimiga kompleks yondoshib yon tarafdagilarga yordam ko’rsatishga harakat qilganlar albatta:
• tashakkurnoma;
• mukofot;
• xizmat lovozimini ko’tarish kabilar bilan taqdirlanishlari lozim.
Bu o’rinda faqat mukofotlash emas, balki g’ayri qonuniy ish tutgan, yoki umumkorxona manfaatiga zid xatti-harakat qilgan xodim va bo’limlarga tegashli jazolarni belgilash ham kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning oldini olishda hal qiluvchi rol o’ynashini ta’kidlamoq joizdir.
Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatishning beshta strategik usuli ma’lum
Uzoqlashish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishiga manfaatdor bo’lmagan va o’zaro manosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qo’llaniladi. Bunday holatli ziddiyat hali yetilmagan yoki ziddiyatga chiquvchilarning lavozim darajalari yaqin bo’lgan hollarda kuzatiladi.
Agar ziddiyat sub’ektiv sabablar tufayli bo’lgan bo’lsa, u holda uzoqlashish strategiyasi ma’qul strategiyadir. Chunki u tomonlarga tinchlanishga, vaziyat ustida yana bir bor fikr-mulohaza yuritib, fahm-farosat ila anglab olish, oqibatda esa qarama-qarshilikka borishga, uni davom etgirishga hech qanday asos yo’q degan xulosaga kelishiga imkon beradi. Agar ziddiyat ob’ektiv sabablar tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, uzoqlashish strategiyasi har ikkala tomonni mag’lubiyatga olib boradi. Chunki uzoqlashish davrida vaqt cho’ziladi, nizoli vaziyatni chaqiruvchi sabablar chuqurlashadi, qisqasi “yara gazak” oladi.

Download 99.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling