18-mavzu: moliyaviy bozor stavkalari reja: Foiz stavkalari va ularga tas’ir qiluvchi omillar


Foiz stavkasiga hisob-kitob pul birligining ta’siri


Download 0.57 Mb.
bet2/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1165575
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MOLIYAVIY BOZOR STAVKALARI

Foiz stavkasiga hisob-kitob pul birligining ta’siri. Qayd qilingan daromadga ega bo‘lgan instrument (vosita) faqatgina aniq hisob-kitob pul birligiga muvofiq risksiz, ishonchli hisoblanadi. Uning o‘zgarishi bilan foiz stavkasi ham nihoyatda jiddiy ravishda o‘zgarib ketishi mumkin. Keling, bu hodisani aniqroq tushuntirish uchun, nominallari turli xil valyutalarda ko‘rsatilgan obligatsiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, Britaniya Qo‘shma Qirolliklarining davlat obliga-tsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari Yaponiyaning davlat obligatsiyalariga qaraganda ancha yuqori va ular taxminan bir xil qoplash muddatiga ega. Mazkur toifa obligatsiyalari to‘lanmay qolish riskidan ozod ekanligi inobatga olingan holda, mazkur shartlar barcha investorlar Qo‘shma Qirolliklarning obligatsiyalarini afzalroq ko‘rishiga olib kelmaydimi?
Mazkur holatda javob salbiy bo‘ladi. Chunki ushbu obligatsiyalarning nominallari turli valyutalarda: Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari – funt sterlingda,
Yaponiyaniki esa – iyenda aks ettirilgan. Ikki mamlakatning mazkur toifa (klass) obligatsiyalari ishonchli daromadlilik stavkasini ushbu mamlakatlar valyutasida taklif etishiga qaramasdan, daromadlilik stavkasi har qanday boshqa valyutada noaniq bo‘ladi, chunki u kelajakda to‘lovni olish paytida ushbu ikki valyutaning almashish kursiga bog‘liqdir.
Keling, bu fikrga aniq misol keltiramiz. Faraz qiling, Siz ma’lum bir mablag‘ni bir yil muddatga investitsiya qilishga qaror qildingiz. Yaponiya davlat obligatsiyalari bo‘yicha yillik foiz stavkasi 3%ni, Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari bo‘yicha esa 9%ni tashkil etadi. Boshqa valyutaga nisbatan bir valyutaning bahosini o‘z ichiga olgan valyuta kursi (exchange rate), 1 funt sterling 150 iyenaga teng.
Endi, tasavvur qiling, Siz o‘z kapitalingizni iyenda qaysidir ishonchli aktivga investitsiya qilmoqchi bo‘lgan yapon investori hisoblanasiz. Yapon obligatsiyalarini sotib olib, Siz o‘zingizga 3%lik daromadni kafolat-laysiz. Agar Britaniyaning davlat obligatsiyalari sotib olinsa, iyenada daromadlilik stavkasi bir yil o‘tgandan keyin iyena va funt sterlingning almashuv kursi qanday bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi.
Misol. AQSh yoki O’zbekiston davlat obligatsiyalariga mablag’ingizni investitsiya qilmoqchisiz. Ular taxminan bir xil qaytarish muddatiga ega bo’lsin. Ushbu obligatsiyalar nominallari turli valyutalarda ifodalangan: AQSh obligatsiyalari dollarda, O’zbekiston obligatsiyalari – so’mda. O’zbekiston davlat obligatsiyalari bo’yicha yillik foiz stavkasi 16 %, AQSh obligatsiyalari bo’yicha esa 6%. Bir valyutaning boshqasi bilan ifodalangan narxini o’zida aks ettiruvchi valyuta kursi 1 $ =9200 UZS.
Tasavvur qiling, siz o’z kapitalini so’mda qandaydir ishonchli aktivga investitsiya qilmoqchisiz. O’zbekiston obligatsiyalarini sotib olganingizdan so’ng, o’zingiz uchun 16% lik daromadni kafolatlaysiz. Agar AQSh obligatsiyalarini sotib olsangiz, so’mdagi daromadlilik foiz stavkasi bir yil keyin so’m bilan $ ning ayirboshlash kursiga bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib, mazkur operatsiya natijasida olingan real daromadlilik stavkasi quyidagicha bo‘ladi:
𝑺𝒙 ∗ 𝑲𝒐 − 𝑹𝒎 𝟓𝟑𝟎𝟎𝑲𝒐 − 𝟒𝟔𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎
𝒎𝒅 = =
𝑹𝒎 𝟒𝟔𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎
Bu yerda:
𝒎𝒅 - daromadlilik stavkasi (iyen)
Bir yil davomida $ kursi ortib, 1 $ = 9680 UZSni tashkil qildi deb tasavvur qilamiz. U holda AQSh obligatsiyalarida bo’yicha so’mda ifodalangan haqiqatdagi daromadlilik stavkasi quyidagiga teng:

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling