18-mavzu: moliyaviy bozor stavkalari reja: Foiz stavkalari va ularga tas’ir qiluvchi omillar
Download 0.57 Mb.
|
MOLIYAVIY BOZOR STAVKALARI
18-MAVZU: MOLIYAVIY BOZOR STAVKALARI REJA: Foiz stavkalari va ularga tas’ir qiluvchi omillar. Inflyatsiya va real foiz stavkalari. Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar. 1. Foiz stavkalari va ularga tas’ir qiluvchi omillar Olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlik stavkasiga foiz stavkasi deb ataladi. Olin(ayot)gan mablag‘larning turiga qarab, turli xil foiz stavkalari mavjud. Masalan, uy sotib olish uchun qarz oluvchi kishi ushbu qarzni garov bo‘yicha foiz stavkasi deb nomlanuvchi foiz stavkasi bo‘yicha to‘laydi. Kreditning har qanday turi yoki qayd qilingan daromadga ega vosita bo‘yicha foiz stavkasi miqdori bir qator omillarga bog‘liq. Bulardan eng muhimlari hisob-kitob pul birligi, to‘lov muddati va kredit kelishuvi, defolt riskidir. Ushbu omillarning har birini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. •Hisob-kitob pul birligi to‘lovlar amalga oshiriluvchi pul birligini o‘z ichiga oladi. Hisob-kitob birligi bo‘lib, qoidaga ko‘ra, u yoki bu mamlakatning valyutasi hisoblanadi: dollar, yevro, frank, funt, rubl, so‘m, peso va hokazolar. Ba’zida birlik sifatida qandaydir bir tovar qo‘llaniladi, masalan, oltin, kumush yoki tovar va xizmatlarning standart “savati”. Foiz stavkasi hisob-kitob pul birligiga bog‘liq holda o‘zgaradi. •Qayd qilingan daromadga ega bo‘lgan vosita bo‘yicha to‘lov muddati – bu davomiyligida jami olingan summani to‘lash lozim bo‘lgan vaqt. Qisqa muddatli instrument (vosita)lar bo‘yicha foiz stavkasi, uzoq muddat-lilarining foiz stavkasidan yuqori, past yoki teng bo‘lishi mumkin. •To‘lanmaslik riski qayd qilingan daromadga ega instrument (vosita) bo‘yicha qarzning asosiy summasi yoki foizning qandaydir bir qismi qarz oluvchi tomonidan to‘lanmaslik ehtimolini o‘z ichiga oladi. Bu riskning darajasi qanchalik baland bo‘lsa, qarz oluvchi o‘z investorlariga uning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga rozilik bildirishlari uchun shunchalik yuqori foiz stavkasini va’da qilishi lozim. Endi, keling, ushbu uch omil amalda qanday qilib foiz stavkasi darajasi (o‘lchami)ga ta’sir etishini ko‘rib chiqamiz. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling